Dispers sistemalarning barqarorligi Reja: Dispers sistemalarnig agregativ va sedimentatsion barqarorligi. o'z-uzidan boradigan koagulyatsiya koalestsenziya va izotermik xaydash jarayonlaridan sistemalarnig agregativ barqarorligini buzilishi. Rebinderni strukturali-mexanik barqarorligi. Suspenziya aerozollar ko'pik va emulsiyalar. Aerozollar va ularning ahamiyati. Dispers sistemalarnig agregativ va sedimentatsion barqarorligi Kolloid sistema fazasining solishtirma sirti katta bo'lganligi sababli sistema erkin sirt energiyasi xam katta bo'ladi. Shuning uchun kolloid sistemalar termodinamik jihatdan barqaror bo'lmaydi. Termodinamikaning ikkinchi uonuniga muvofiq, erkin energiya minimumga intilishi kerak. Kolloid zarrachalar bilan suyuqlik orasidagi chegara sirt kamayganidagina kolloid sitemada erkin sirt energiya minimumga erisha oladi. Ayniqsa, dispers fazasi bilan dispersion muhiti orasida kuchsiz o'zaro ta'sir mavjud bo'lgan liofob kolloid sistemalar barqaror bo'lib, vaqt utishi bilan ularning disperslik darajasi o'zgaradi, yani yiriklashadi. Iriklashish jarayonining tezligi turli kolloid sistemalarda turlicha bo'ladi. Misol tariuasida disperslik darajasi 20-30 yil davomida o'zgarmaydigan oltin zollarini va biror modda uushilganida bir necha sekund mobaynida emirilib, kolloid holatini yo'qotadigan sistemalarni keltirish mumkin. Liofob zollarda disperslik darajaning kamayishi ikki yo'l bilan sodir bo'lishi mumkin: bir uayta kristallanish natijasida mayda zarrachalarning yirik zarrachalarga birikish yoki singish jarayoni bo'lsa, ikinchisi - dispers faza zarrachalarining bir-biriga yopishib yiriklashuvidir. Kolloid zarrachalarining molekulyar kuchlar ta'sirida o'zaro birlashib yiriklasha borish jarayoni koagulyatsiya deyiladi. Yiriklashish jarayoni bazi kolloidlarda juda tez, bazilarida esa ancha uzoq vaqt davomida sodir bo'ladi. Koagulyatsiyaga uchragan sistemada dispers faza zarrachalari suyuqlik va qattiq jismning solishtirma massalariga qarab idish tubiga cho'qishi, sedimentatsiya, yoki emulsiyadan iborat suyuq qavat xolida ajralib uolishi mumkin. Dispers fazasining zarrachalari og'irlik kuchi ta'sir ostida sezilarli darajada cho'kmaydigan dispers sistemalari sedimentatsion barqaror sistemalar deyiladi. Professor N.P.Peskov fikricha dispers sistemalarning barqarorligi ikki xil: agregativ va kinetik bo'ladi. Dispers sistemalarning agregativ barqarorligi dispers sistemaning o'ziga xos disperslik darajasini saulash, yani koagulyatsiyaga uchramaslik xususiyatidir. Agregativ barqarorlikning sababi ikkita: birinchidan, kolloid zarrachalar bir xil zaryadga ega bo'ladi, ikkinchidan, kolloid zarrachani erituvchining molekulalari uurshab olib, zarracha atrofida solvat uobiular hosil qiladi. Sistemaning agregativ barqarorligi zol tarkibiga uning zarrachalari tuzilishiga va kolloid eritma qanday holatda ekanligiga bog'liq. Dispers sistemaning sedimentatsion barqarorligi dispers faza zarrachalarining og'irlik kuchi yoki markazdan uochuvchi kuch ta'sirida dispersion muhitdan ajralmaslik uobiliyatini ko'rsatadi. Sedimension barqarorlik diffuziyaga va broun harakati bog'liq. Zarrachalarning dispersion muhitdan ajralib chiuish tezligi xam ularning broun harakati intensivligiga va solishtirma massasiga bog'liq. Suspenziya va emulsiyalarda zarrachalarning o'lchamlari ancha katta bo'lganligidan ular o'z-uzicha harakat qila olmaydi, yani ularda diffuziya deyarli sodir bo'lmaydi. Shuning uchun suspenziya va emulsiyalar sedimentatsion jihatdan barqaror emas. Demak, dag'al dispers sistemalar sedimentatsion jihatda nom barqaror bo'lmagan mikrogeterogen sistemalardir. Kolloid eritmalarning disperslik darajasi yuqori bo'lganligidan ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.05 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.05 KB
Ko'rishlar soni
106 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:31 ]
Arxiv ichida: doc