Dizel yoqilg'isiga qo'yiladigan talablar. Yoqilg'ini o'z-o'zidan yonib ketishini baholash

Dizel yoqilg'isiga qo'yiladigan talablar. Yoqilg'ini o'z-o'zidan yonib ketishini baholash

O'quvchilarga / Kimyo
Dizel yoqilg'isiga qo'yiladigan talablar. Yoqilg'ini o'z-o'zidan yonib ketishini baholash - rasmi

Material tavsifi

Dizel yoqilg'isiga qo'yiladigan talablar. Yoqilg'ini o'z-o'zidan yonib yonib ketishini baholash Reja: 1. Dizel yonilg'isiga qo'yilgan foydalanish talablari. 2. Dizel yonilg'isining qovushqoqligi va uning dvigatel ishiga ta'siri. 3. Dizellarda yonilg'ining yonishi. Tsetan soni. 4. Dizel yonilg'isi navlari, markalari va xossalari. Dizel yonilg'isiga qo'yilgan foydalanish talablari. Dizel dvigatellarining ish jarayoni karbyurator dvigatellarnikidan bir muncha farq qiladi, jumladan, dizel dvigatellarida so'rish taktida silindrlarga toza havo so'rilsa, karbyurator dvigatellarida yonilg'i aralashmasi so'riladi. Dizel dvigatellarda yonilg'i o'z-o'zidan alangalanadi, karbyurator dvigatellarda esa majburiy yondiriladi Shu boisdan dizel yonilg'ilariga o'ziga xos talablar qo'yiladi. Tezyurar dizellarning siqish darajasi yuqori (8 = 1620). Ularda silindrda 3,0-5,0 MPa (30-50 kgksm2)gacha siqilgan va siqilish hisobiga 600-800°S gacha isigan havoga yuqori bosim ostida ishlaydigan forsunka orqali yonish portsiyasi purkaladi. silindrda yonilg'i issiq, havo bilan aralashadi. Qisqa vaqt ichida (tirsakli val 20-250 burilguncha) aralashma hosil bo'lishi va yonilg'i yonishi bilan bog'liq, barcha murakkab jarayonlar ro'y beradi. Tezyurar dvigatellarda bu jarayonlarning qisqa vaqt ichida sodir bo'lishi tabiiydir. Tirsakli valning aylanish chastotasi bir xil bo'lgani holda karbyuratorli dvigatellarda aralashma hosil bo'lishi va yonishiga dizellardagiga nisbatan 10-15 marta ko'p vaqt ketadi. Shunday qilib, tezyurar dizel dvigatellarida juda qisqa vaqt ichida yonilg'i yaxshilab tuzitilishi, yonish kamerasiga berilishi va issiq havo bilan aralashtirilishi zarur. Aralashma hosil bo'lgandan so'ng yonilg'i bug'lanadi, uglevodorodlar kimyoviy oksidlanadi, alangalanishdan oldingi reaksiyalar sodir bo'ladi, natijada yonilg'i o'z-o'zidan alangalanadi va yonadi. Dizel dvigatellarida yonilg'ining to'la va sifatli yonishi uchun ular quyidagi foydalanish talablariga javob berishi kerak: - yuqori bosim nasosi uzluksiz va puxta ishlashi uchun yonilg'i yaxshi so'rilishi va haydalishi (maqbul qovushoqlikka, zarur past harorat xossalariga ega bo'lishi, tarkibida suv hamda mexanik ara- lashmalar bo'lmasligi) lozim; - mayin to'ziydigan va yaxshi aralashma hosil qiladigan bo'lishi, buning uchun esa qovushoqligi va fraksion tarkibi maqbul bo'lishi zarur; - dvigatel oson yurgazib yuborilishi va yumshoq ishlashi uchun tutun hosil qilmasdan batamom yonishi kerak (yonilg'ining tsetan soni, qovushoqligi va fraksion tarkibiga bog'liq); - klapanlarda, porshenlarda va porshen halqalarida ko'p qurum hosil bo'lmasligi, ninalar osilib qolmasligi hamda forsunka- larning to'zitkichlari kokslanmasligi lozim (yonilg'ining kimyoviy hamda fraksion tarkibiga, tozalash usuli va darajasiga bog'liq); - rezervuarlarni, yonilg'i quvurlarini, yonilg'i berish tizimi- ni va dvigatel detallarini korroziyalamasligi kerak (oltingu- gurtli birikmalar, organik hamda mineral kislotalar, suv miqdo- riga bog'liq); - barqaror yonishi hamda yonganda mumkin qadar ko'p issiqlik chiqarishi (uzoq muddat saqlanganda xossalarini o'zgartirmasli- gi) zarur. Dizel yonilg'isining qovushqoqligi va uning dvigatel ishiga ta'siri. Qovushoqlik xossalari. Qovushoqlik tashqi kuch ta'sirida su-yuqlik zarrachalari harakatlanganda bir-biriga ko'rsatadigan ichki qarshilikdir. Suyuqlikning ichki xossalarini belgilaydigan mutlaq qovushoqlik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.81 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:31 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 42.81 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga