Donli ekinlarni va sabzavot ekinlarini o'g'itlash Reja: 1. Kuzgi bugdoy va javdarni va bahorgi don ekinlarini o'g'itlash. 2. Makkajo'xorini va dukkakli don ekinlarini o'g'itlash. 3. Sabzavot ekinlari oziqlanishining o'ziga xos tomonlari mineral va mahalliy o'g'itlarni qo'llash. 4. Sabzavot ekinlarini (karam, pomidor, bodring, sabzi va piyozni) o'g'itlash. 5. Poliz ekinlarni o'g'itlash. 6. Kartoshkani o'g'itlash. Tayanch iboralar: Donli ekinlar, bugdoy, javdar, suli, makkajo'xori, arpa, kartoshka pomidor, bodiring, sabzi, karam, piyozni o'gitlash muddati, me'yori 1. Kuzgi don ekinlari barqaror mul hosil beradi va o'g'itlarga nixoyatda talabchanligi bilan xarakterlanadi. Kuzgi bugdoy kuzgi javdarga karaganda neytral reaksiya muhitga tuproq unumdorligiga bir muncha talabchan. Kuzgi bugdoy va kuzgi javdar tovar mahsuloti birligi hisobiga yerdan chikib ketadigan ozik elementlar jiіatidan bir-biriga yaqin turadi. Lekin bugdoyning qiyin eriydigan birikmalaridan ozik elementlarini uzlashtirib olish xususiyati javdarnikiga karaganda kamrok shuningdek, vaqtinchalik buladigan past haroratga va kurgokchilikka xam unchalik bardosh bera olmaydi. Kuzgi don ekinlari tuplanish davrigacha ozik moddalarni uncha ko'p talab kilmaydi, lekin ular, ayniqsa fosforning tanqisligiga o'ta sezgir urug unib chikkandan toki nixollar kishlovga kirguncha eng mas'uliyatli davr hisoblanib, bu davrda tuproqda etarli miqdorda ozik moddalar bo'lishini takozo qiladi. Kuzgi ekinlar yaxshi usib rivojlanish, kishlashi uchun kuzda fosforli, kaliyli o'g'itlarni kuprok, azotli o'g'itlarni kamrok qo'llash kerak. Ayni xol o'simliklarning yaxshi tuplanishiga, baquvvat ildiz otishi, tanasida ko'p miqdorda kand moddalar tuplanishiga va albatta sovukka chidamligi oshishiga yordam beradi. Kuzgi don ekinlariga o'g'itlash me'yorini belgilashda ulardan olinadigan hosil miqdori, o'tmishdosh ekin va tuproq-iqlim sharoitlari hisobga olinadi. Madaniylashtirilgan, oldingi ekin yaxshi o'g'itlangan va ko'p yillik utlardan bushagan dalalarda ustiriladigan kuzgi ekinlarga fosfor kaliyli o'g'itlarning xammasi fakat azotli o'g'itlarni ozginasi kuzda solinadi. Azotning asosiy kismi bahorda qo'shimcha oziqlantirishda beriladi. Agar kuzgi ekinlarga gung solinadigan bulsa, kuzda azotli va kaliyli o'g'itlar berilmasa xam bo'ladi (mexanik tarkibi yengil kamunum yerlar bundan mustasno). bahorgi don ekinlari ichida bahorgi bugdoy va arpa nisbatan unumdor, muhiti mutadil yoki mutadilga yaqin tuproqlarda yaxshi usib rivojlanadi. Bu ekinlarning hosildorligi issiqlik rejimi uncha yaxshi bo'lmagan ogir mexanikaviy tarkibli tuproqlarda va shuningdek, yengil mexanikaviy tarkibli tuproqlarda keskin kamayadi. Sulining ildiz tizimi yaxshi rivojlangan bo'lib, bahorgi bugdoy va arpaga nisbatan tuproqning ancha chuqur katlamlariga tushib boradi. U tuproqdagi qiyin eriydigan birikmalarni xam nisbatan kuprok uzlashtirish qobiliyatiga ega. Bir tonna don bilan bahorgi don ekinlarni tuproqdan kuyidagicha miqdorda ozik moddalarni olib chikib ketadi. bahorgi bugdoy-37 kg azot, 12 kg fosfor, 25 kg kaliy. Arpa -27 kg azot, 11 kg fosfor, 24 kg kaliy. Suli-30 kg azot, 13 kg fosfor, 29 kg kaliy. bahorgi don ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:31
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.63 KB
Ko'rishlar soni
85 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:31 ]
Arxiv ichida: doc