Donor - akseptor bog'lanish

Donor - akseptor bog'lanish

O'quvchilarga / Kimyo
Donor - akseptor bog'lanish - rasmi

Material tavsifi

Donor-akseptor bog'lanish 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 18-mavzu Reja: Donor-akseptor bog'lanish Atomlarning kimyoviy bog'lanishi Suv molekulasidagi kislorod atomi Ayrim molekulalar tarkibiga kiruvchi atomlarda kimyoviy bog'lanishda ishtirok yetmagan, xususiy taqsimlangan elektron juftlari bo'ladi. Masalan, suv - H2O da ikkita juft, ammiak - NH3 da bir juft xususiy elektronlar mavjud. Ayrim atom va ionlarda yoki molekulalarni tashkil etuvchi atomlarda bo'sh orbitallar bo'ladi. Atomlarning kimyoviy bog'lanishda ishtirok yetmagan xususiy electron juftlari bilan bo'sh orbitalga ega bo'lgan atomlar orasida kimyoviy bog'lanish paydo bo'ladi. Bu bog'lanish kovalent bog'lanish kabi umumiy elektron juftlari hisobiga hosil bo'ladi. Ammo, umumiy elektron juft faqat bitta atomga taalluqli, bu atom donor (beruvchi), ikkinchi atom esa akseptor (qabul qiluvchi) hisoblanadi: NH3 + H+ → NH4+ Ammiak molekulasida bir juft azot atomiga tegishli xususiy juft electron bor, vodorod ionida esa bo'sh orbital mavjud. Ammoniy ioni donor-akseptor bog'lanishliiondir. N atomi donor, vodorod ioni akseptor. Donor Akseptor Bir atomning kimyoviy bog'lanishda ishtirok yetmagan, ya'ni taqsimlanmagan elektron jufti va ikkinchi atomning bo'sh orbitali o'rtasida hosil bo'lgan bog'lanish donor-akseptor yoki koordinatsion bog'lanish deyiladi. Suv molekulasidagi kislorod atomining kimyoviy bog'lanishda ishtirok yetmagan juft elektronlari bor. Suv molekulasidagi kislorod vodorod ionini H+ o'zining xususiy juft elektroni hisobiga biriktirib oladi va gidroksoniy ionini hosil qiladi. (H+ vodorod ionida 1s orbital bo'sh, ya'ni elektronsiz). Suv molekulasidagi kislorod atomi donor, vodorod ioni akseptor. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.24 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:31 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.24 MB
Ko'rishlar soni 105 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga