O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash vazirligi Tosh PMI No'kis filiali fakulteti Kafedra MUSTAQIL ISH Mavzu: Tayorlagan: . Qabul qiluvchi: . Nukus - 2017 REJA: Tarkibida efir moylar bo'lgan dorivor o'simliklar va mahsulotlar. Efir moylarini olish usullari, ularning fizik xossalari, kimyoviy tarkibi va tahlil qil1sh usullari. Efir moylarini fizik konstantalarini aniqlash. TARKIBIDA EFIR MOYLAR BO'LGAN DORIVOR O'SIMLIKLAR VA MAHSULOTLAR Efir moyi deb, o'simliklardan suv bug'i yordamida haydab olinadigan, o'ziga xos hidi va mazaga ega bo'lgan uchuvchan organik moddalar aralashmasiga aytiladi. Xushbo'y hidli o'simliklar va ulardan olinadigan ba'zi mahsulotlar (tarkibida efir moyi bo'lgan o'simliklardan oiingan xushbo'y suvlar, smolalar va efir moylar) qadimdan ma'lum. Odamlar bu mahsulotlardan turli kasalliklarni davolashda, ovqat tayyorlashda keng foydalanib kelganlar. O'rta asrlarda arablar o'simliklardan efir moylarini suv bilan haydab olish va ularni suvdan ajratish usullarini yaxshi bilar edilar. Efir moylari tarkibini o'rganishda, tarkibida efir moyi bo'lgan o'simliklarni qidirib topishda hamda chet mamlakatlardan keltirilgan efir moyli o'simliklarni o'stirishda B.N.Rutovskiy, G.V.Pigulevskiy, I.P.Sukervanik, N.G.Kiryalov, E.V.Vulf, V.I.Nilov, S.N.Kudryashov, M.I.Goryaev kabi olimlar va ular-ning shogirdlarini xizmati katta. EFIR MOYLARNING KIMYOVIY TARKIBI Efir moylari organik moddalar aralashmasidan iborat bo'lib, tarkibiga barcha to'yingan va to'yinmagan birikmalar, alifatik, siklik hamda aromatik uglevodorodlar, terpenlar, spirtlar, yog' kislotalar, fenollar, murakkab efirlar, aldegidlar, ketonlar, laktonlar va tarkibida azot hamda oltingugurt bo'lgan boshqa organik moddalar kiradi. Efir moy tarkibiga kiradigan birikmalar kimyoviy jihatdan bir-biridan keskin farq qiladi (ochiq halqali - alifatik va yopiq halqali - terpenlar hamda aromatik uglevodorodlar), lekin formulalari solishtirilsa, bir-biriga nihoyatda yaqinligi ko'rinadi. Masalan, atirguldan olinadigan efir moyi tarkibidagi geraniol spirtining formulasi quyidagicha: Agar shu formulani boshqacharoq yozilsa, siklik terpenlarga (limonen) va aromatik birikmalarga (simol) yaqinligi aniq ko'rinadi. EFIR MOYLARINING KIMYOVIY KONSTANTALARINI ANIQLASH Efir moylarining kimyoviy konstantalariga kislota, sovunlanish va efir soni kiradi. Bu sonlarning qoidasi, aniqlash usullari va hisoblash formulalari yog'lar tahlili bo'limida to'liq bayon etilgan bo'lib, quyidagilar bilan ulardan farq qiladi: 1. Kislota sonini aniqlashda tahlilga olingan 1,5-2 g (analitik tarozida tortilgan) efir moyi 5 ml neytral spirtda eritiladi va muntazam chayqatib turib, kaliy ishqorining spirtdagi 0,1 mol1 eritmasi bilan titrlanadi.1 1 Efir moyi tarkibida fenollar ko'p bo'lsa, ishqorning bir qismi fenolat hosil qilishga surf bo'ladi, natijada kislotalar miqdori sun'iy ravishda ko'payib ketadi. Shuning uchun titrlashda fenolftalein o'rnida fenol-qizil indikatori ishlatiladi. Kislota soni yordamida efir moyi tarkibida sof holda bo'ladigan birorta ma'lum kislota miqdorini aniqlash mumkin. Buning uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Efir va sovunlanish sonlari yordamida efir moyi tarkibidagi ma'lum murakkab efirlarni hamda shu efirni ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
73.11 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:31
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
73.11 KB
Ko'rishlar soni
92 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:31 ]
Arxiv ichida: ppt