Ekvivalentlik qonuni 7-sinf Kimyo darsligi asosida 50 - mavzu Reja: 2 3 4 Ekvivalentlik qonuni 1 Elementning ekvivalentligi Ekvivalent hajm Murakkab moddaning ekvivalenti Tarkibning doimiylik qonuniga ko'ra, birikmalar hosil bo'lishida uning tarkibiy qismlari bir-biri bilan qat'iy miqdoriy nisbatlarda birikadi. Shuning uchun kimyoda ekvivalent (E) va ekvivalent massa MEQ degan tushunchalar muhim ahamiyatga ega. Elementning ekvivalentligi deb, 1 mol (1g) vodorod atomlari bilan qoldiqsiz birikadigan yoki kimyoviy reaksiyalarda shuncha vodorod atomlarining o'rnini oladigan miqdoriga aytiladi. Elementning 1 ekvivalentining massasi uning ekvivalent massasi deb ataladi (vodorod uchun 1 gmol). Ekvivalentlik tushunchasi fanga 1820-yilda ingliz olimi Volloston tomonidan kiritilgan. Masalan, suv molekulasidagi kislorod atomining ekvivalent massasi esa 16-- gmol= 8 gmol ga teng. Ekvivalent va ekvivalent massani odatda birikmalarning tarkibini o'rganib, bir elementning o'rnini boshqa elementdan qanchasi egallashini tekshirib aniqlanadi. Masalan, CaO - ohakda kalsiyning ekvivalent massasini topishda O - kislorodning bir ekvivalent massasi 8 gmol ekanligini bilsak, 40 gmol Ca ga 16 gmol O to'g'ri kelsa, 8 gmol O ga 20 gmol Ca ekvivalent massasi to'g'ri keladi. Ko'p elementlar turli nisbatlarda bir-biri bilan birikib, bir nechta birikma hosil qiladi. Demak, elementlar qaysi birikmada qancha miqdorda bo'lishiga qarab hisoblangan ekvivalentligi va ekvivalent massasi turlicha qiymatlarga ega Shunday hollarda ayni bir elementning turli birikmalardagi ekvivalenti (ekvivalent massasi) bir-biriga nisbatan uncha katta bo'lmagan butun sonlardan iborat bo'ladi. Uglerodning ikki birikmasi bo'lgan is gazi - CO va karbonat angidrid - CO2 da uning ekvivalent massasi mos ravishda 6 gmol va 3 gmol, ularning nisbati esa 2:1 ni tashkil etadi. Murakkab moddaning ekvivalenti uning 1 ekvivalent vodorod bilan qoldiqsiz ta'sirlashadigan yoki boshqa har qanday moddaning bir ekvivalenti bilan ta'sirlashadigan miqdoridir. Demak, moddalar bir-biri bilan o'z ekvivalentlariga mos ravishda o'zaro ta'sirlashadi. Bu ekvivalentlik qonuni deb ataladi. Ekvivalent hajm - moddaning 1 ekvivalenti egallaydigan hajm bo'lib, gazs imon holat uchun qo'llanadi (1 ekvivalent hajm H2 - 11,2 lmol, O2 - 5,6 lmol). ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.57 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:31
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.57 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:31 ]
Arxiv ichida: pptx