Elektr yurituvchi kuch (EYUK) galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchi

Elektr yurituvchi kuch (EYUK) galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchi

O'quvchilarga / Kimyo
Elektr yurituvchi kuch (EYUK) galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchi - rasmi

Material tavsifi

Elektr yurituvchi kuch (eyuk) galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchi Kimyoviy reaksiya natijasida elektr energiyasi hosil qiladigan, ya'ni kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantiradigan asboblar galvanik elementlar deyiladi. Galvanik element tuzish uchun bir-biriga tegib turgan (yoki bir-biri bilan sifon orqali tutashtirilgan) ikki elektrolit eritmasiga ikki xil metall tushirilib, ularning uchlari tashqi zanjir orqali bir-biriga ulanadi. Ikkala elektrod birgina metalldan yasalgan bo'lishi ham mumkin, u holda bir elektrodni suyultirilgan eritmaga, ikkinchisini konsentrlangan eritmaga tushirib, konsentratsion galvanik element hosil qilinadi. Volta mis va ruh plastinkalarini sulfat kislotaga tushirib, misni ruh bilan tutashtirilganda elektr toki hosil bo'ladi, elektr tokining bu manbai Volta elementi deb ataladi. Volta elementining elektr yurituvchi kuchi dastlabki vaqtda taxminan 1 voltga yetadi. So'ngra, bu elementning musbat qutbi bo'lgan misda vodorod ajralib chiqishi (qutblanishi) sababli, uning elektr yurituvchi kuchi kamayib ketadi. Galvanik elementga Yakobi-Daniel taklif qilgan element misol bo'la oladi. Bu element mis sulfat va ruh sulfat eritmalariga tushirilgan mis va ruh plastinalaridan iborat. Galvanik elementlarda elektr tokining hosil bo'lish mohiyati quyidagicha: agar biror metall parchasi suvga botirilsa, metall ionlari suvning polyar molekulalariga tortilishi sababli eritmaga o'ta boshlaydi. Buning natijasida musbat ionlarining bir qismini yo'qotgan metall ortiqcha elektronlarga ega bo'lib qoladi va manfiy zaryadlanadi, eritma esa musbat zaryadlanadi. Metallda hosil bo'lgan manfiy zaryad metalldan eritmaga o'tgan musbat ionlarni torta boshlaydi, sistema muvozanat holatga keladi. Vaqt birligi ichida metalldan necha ion eritmaga o'tsa, xuddi o'shancha ion eritmadan metallga o'tadi. Metalldan eritmaga o'tgan ionlar eritmaning butun hajmiga bab-barobar taqsimlanmay, metallga tortiladi va metall sirti yaqinida joylashib, qo'sh elektr qavat hosil qiladi (3-rasm.). rasm. Qo'sh elektr qavat hosil qilish. Buning natijasida metall bilan eritma orasida potensiallar ayirmasi vujudga keladi. Bu potensiallar ayirmasi metallning muvozanat potensiali deb yuritiladi. Muvozanat potensialining qiymati metall tabiatiga, elektrod tushirilgan eritmadagi ionlar konsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi. Eritmada ionlar konsentratsiyasi yuqori bo'lsa, kationlarning metalldan eritmaga o'tishi qiyinlashadi. Shu sababli ionlar konsentratsiyasi oshganda, metall bilan eritma orasidagi avvalgi muvozanat holati buzilib, uning o'rniga boshqa muvozanat yuzaga chiqadi, metalldan eritmaga o'tayotgan kationlar soni kamayadi, lekin muvozanat dinamik xarakterga ega bo'lgani uchun vaqt birligi ichida metalldan eritmaga o'tgan kationlar soni, eritmadan metallga o'tgan kationlar soniga teng bo'lib qoladi, natijada metallning manfiy potensiali kamayadi. Elektrod eritmadan olinganda qo'sh elektr qavatni hosil qilgan kationlar yana qaytadan metallning kristallik panjarasiga o'tadi va eritma elektr jihatdan neytral bo'lib qoladi. Musbat va manfiy elektrodlar orasidagi ayirma shundaki, musbat elektrod erishgan manfiy muvozanat potensial manfiy elektrod erishgan manfiy potensialga qaraganda kichikroq bo'ladi. Shu sababli, bu ikki metallni bir-biri bilan o'tkazgich orqali ulanganda, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.26 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:31 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 63.26 KB
Ko'rishlar soni 117 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga