ELEKTROLIT ERITMALARNING XOSSALARI. ELEKTROLITIK DISSOTSIALANISH ELEKTROLITIK DISSOTSILANISH Suvdagi eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr oqimini o'tkazadigan moddalarga elektrolitlar deyiladi. Kislota, asos va tuzlar elektrolitlardir. Suvdagi eritmalari elektr oqimini o'tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi. Noelektrolit moddalarning eritmalari Vant-Goff va Raul qonunlariga bo'ysunadi. Elektrolitlarning eritmalari esa bu qonunga bo'ysunmaydi. Elektrolitlar eritmalarining tajribada topilgan osmotik bosimlari Vant-Goff qonuniga muvofiq hisoblab topilgan osmotik bosimdan hamma vaqt ortiq bo'ladi. Noelektrolit moddalarning eritmalari uchun Vant-Goff tenglamasi Р = СRT shaklida yozilar edi. Bu tenglamani elektrolit eritmalariga tatbiq etish uchun tenglamaga izotonik koeffitsient (i) ni kiritish kerak bo'ladi. bu yerda: i - Vant-Goff kiritgan izotonik koeffitsient, u tajribada topiladi. Р = i CRT Bu koeffitsient doimo 1 dan ortiq bo'lib, eritmaning tajribada kuzatilgan osmotik bosimi Р1 ning, muzlash temperaturasining tajribada kuzatilgan pasayishi t1МУЗ ni va qaynash temperaturasini ko'tarilishi tКАЙ ni Vant-Goff va Raul qonunlariga asosan hisoblab chiqilgan qiymatlaridan i marta kattaligini ko'rsatadi: i= Krioskopik va ebulioskopik usullar bilan hisoblangan molekulyar massa haqiqiy molekulyar massadan i marta kichik. Bular eritmaning kontsentratsiyasi. i marta ortayotganini ko'rsatadi. Bu faktlarni tushuntirish uchun 1887 yilda shved olimi Svante Arrenius eritmalarning elektr o'tkazuvchanligini o'lchash asosida elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq kislota, asos va tuzlar suvda eriganda qarama-qarshi zaryadli ionlarga ajraladi. Arreniusdan ilgari, Klauzius, Grotgus, Faradey va boshqa olimlarning fikricha faqat eritmada elektr oqimi o'o'gandagina ionlar hosil bo'lishi, elektr oqimi o'tishi to'xtagach ionlar yana bir - biri bilan birikishi lozim. Arrenius fikricha, molekulalarning ionlarga ajralishi uchun elektr oqimining hech qanday ahamiyati yo'q, elektrolitlar suvda erish jarayonida ionlarga ajraladi. Buning natijasida eritmalardagi zarrachalarning soni ortadi va shuning uchun elektrolit eritmalarining osmotik bosimi xuddi shunday kontsentratsiyadagi noelektrolit modda eritmasining osmotik bosimidan bir necha marta ko'p bo'ladi. Elektrolit molekulalarning ionlarga ajralishi qaytar jarayondir, masalan: СН3СООН → СН3СОО- + Н+ DISSOTSILANISH DARAJASI Elektrolitik dissotsilanish qaytar jarayon bo'lgani sababli elektrolitlarning eritmalarida ionlar bilan birga molekulalar ham bo'ladi. Shu sababli elektrolitlarning eritmalari dissotsilanish darajasi (yunoncha alfa harfi bilan belgilanadi ) bilan tavsiflanadi: Dissotsilanish darajasi - bu ionlarga ajralgan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soni N ga nisbatidir. Dissotsilanish darajasi elektrolit tabiatiga, temperatura va kontsentratsiyaga bog'liq. Eritma kontsentratsiyasi pasayganda dissotsilanish darajasi ortadi. Masalan, sirka kislotaning 0,1n. eritmasi uchun = 0,0134 yoki 1,34 % bo'lib, 0,03n. eritma uchun 2,45 % dir. Shu sababdan elektrolit eritmasining dissotsilanish darajasi bilan birga eritma kontsentratsiyasini ham ko'rsatish kerak. KUCHLI VA KUCHSIZ ELEKTROLITLAR. Har xil kontsentratsiyadagi eritmalarda ham sezilarli darajada yaxshi dissotsilanadigan birikmalar kuchli elektrolitlar deb ataladi. Kuchli elektrolitlar suvda eriganda ionlarga to'liq dissotsilanadi. Ularning dissotsilanish darajalari ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
533.31 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:32
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
533.31 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:32 ]
Arxiv ichida: ppt