Elektrolitik dissotsilanish. Tuzlar gidrolizi

Elektrolitik dissotsilanish. Tuzlar gidrolizi

O'quvchilarga / Kimyo
Elektrolitik dissotsilanish. Tuzlar gidrolizi - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Elektrolitik dissotsilanish. Tuzlar gidrolizi Reja: 1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi. 2. Dissotsilanish darajasi va kanstantasi. 3. H ko'rsatkich. 4. Tuzlar gidrolizi 1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi Svanta Arrenius (1959-1927) Elektrolitlar suvdagi eritmalarining o'ziga xos xususiyatlarini tushuntirish uchun shved olimi S. Arrenius 1887- yilda elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif etdi. 1. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy ionlarga ajraladi (dissotsilanadi). 2. Elektr toki ta'sirida ionlar bir yo'naIishda barakatlanadi:musbat zaryadlangan ionlar katodga, manfiy zaryadlanganlari -anodga tomon harakatlanadi. Shu sababli musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlanganlari - anionlar deyiladi. 3. Dissotsilanish - qaytar jarayon: molekulalarning ionlarga ajralishi (dissotsilanishi) bilan bir vaqtda ionlarning birikish jarayoni (assotsilanish) ham sodir bo'ladi. Eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o'tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Eritmasi yoki suyuqlanmasi elektr tokini o'tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi. Kimyoviy bog'lanishni o'rganish nima uchun elektrolitlar ionlarga ajraladi degan savolga javob topishga yordam beradi. Ionli bog'lanishli moddalar osonlik bilan ajralib chiqadi, chunki ular allaqachon ionlardan iborat. Ular eriganida, suv dipollari musbat va manfiy ionlar atrofida joylashgan. Ion va suv dipollari o'rtasida o'zaro tortishish kuchlari paydo bo'ladi. Natijada ionlar orasidagi bog'lanish zaiflashadi va ionlarning kristaldan eritmaga o'tishi sodir bo'ladi. Elektrolitlarning ionlarga ajralishi 2.Dissotsilanish darajasi va konstantasi. Ionlarga ajralgan molekulalar sonining umumiy molekulalar soniga nisbati dissotsiyalanish darajasi deyiladi. Kuchli elektrolitlar eritmasida molekulalar ionlarga to'la dissotsiyalangan. Ularda a ning qiymati 30 % dan yuqori bo'ladi.kuchli elektrolitlarga: 1)kuchli kislotalar HCl, HBr, HJ, HNO3, H2SO4, HClO4, HMnO4, H2CrO4, H2Cr2O7 lar kiradi; 2)kuchli asoslarga 1 va 2 guruh metallarining asoslari olnishi mumkin Be(OH)2 va Mg(OH)2 dan tashqari; 3)barcha suvda eruvchan tuzlar ham kuchli elektrolitlarga kiradi. Dissotsilanish konstantasi Elеktrolitlarning dissotsiyalanish protsеssi qaytar bo'lganligi uchun bu protsеss ma'lum vaqtdan kеyin muvozanatga kеladi. Dеmak, muvozanat yuz bеrganda ionlar konsеntratsiyalari ko'paytmasining dissotsiyalanmagan molеkulalar konsеntratsiyasiga nisbati o'zgarmas kattalikdir. Masalan, sirka kislotasi quyidagicha dissotsiyalanadi: 3.H ko'rsatkich. Vodorod ko'rsatkich yoki pH deb , vodorod ionlari konsentrasiyasini teskari ishora bilan olingan o'nli logarifmi tushuniladi. pH = - lg [H+] Shunga o'xshash pOH= - lg [OH-] Toza suvning pH qiymati pH= - lg[10-7]= -( -7) lg 10= 7 ga teng. Hisoblashlarga ko'ra kislotali muhit uchun pH qiymati 0 dan 7 gacha o'zgaradi. Ishqoriy muhitda esa pH qiymati 7 dan 14 gacha sonlar qabul qiladi. PH atamasi birinchi marta Daniya biokimyogari Søren Piter Lauritz Sørensen tomonidan 1909 yilda tavsiflangan. PH o'lchashning bir nechta usullari mavjud. Eng keng tarqalgan metod pH metridir, bu pH sezgir elektrod (odatda shisha ishlab chiqarilgan) va mos yozuvlar elektrodini o'z ichiga oladi. Kislota-tayanch ko'rsatkichlari turli pH qiymatlariga javoban rangi o'zgartiradi. Litmus ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:32 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.77 MB
Ko'rishlar soni 123 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga