Elektrolitlar va noelektrolitlar 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 24-mavzu Reja: Elektrolitlar Noelektrolitlar Moddalar elektr tokini o'tkazish Metallarning elektr tokini o'tkazish xususiyati borligini siz yaxshi bilasiz. Quyidagi tajribani o'tkazish bilan turli moddalarning elektr tokini o'tkazish xususiyati haqida bilib olamiz. Osh tuzini suvda eritib, eritmaga asbobning elektrodlarini tushiramiz. Bunda lampochka yonadi. Demak, osh tuzining suvdagi eritmasi elektr tokini o'tkazadi. Rasmda tasvirlanganidek asbob yig'ib olamiz va asbob elektrodlarini quruq osh tuziga qo'yamiz. Lampochka yonmaydi. Asbobning elektrodlarini distillangan suvga tushiramiz, bunda ham lampochka yonmadi. Demak, quruq osh tuzi va distillangan suv elektr tokini o'tkazmaydi. Istalgan moddani shu yo'l bilan elektr tokini o'tkazish yoki o'tkazmaslik xususiyatini tekshirib ko'rish mumkin. Moddalar elektr tokini o'tkazish yoki o'tkazmasligiga qarab ikki guruh - elektrolitlar va noelektrolitlarga bo'linadi. elektrolitlar noelektrolitlar Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o'tkazadigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga suvda eriydigan kislotalar, ishqorlar va tuzlar kiradi. kislotalar ishqorlar tuzlar Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o'tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar (noelektrolitlar) deyiladi. elektrolitmaslar katod anod Elektrolitmaslarga qutbsiz kovalent bog'lanishli moddalar, metan, karbonat angidrid, shakar, spirtlar va distillangan suv kiradi. Elektrolitlar faqat suvda eritilganda yoki yaxshilab suyuqlantirilgandagina elektr tokini o'tkazadi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.64 MB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.64 MB
Ko'rishlar soni
144 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:32 ]
Arxiv ichida: pptx