Elektrolitlarning eritmalari Reja: 1. Elektrolitlar haqida tushuncha. 2. Izotonik koeffitsiyent. 3. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi. 4. Dissotsiyalanish darajasi va doimiysi. 5. Suvning ion kupaytmasi. rN haqida tushuncha. Kupchilik tajribalar shuni kursatadiki, aksariyat kislota, asos va tuzlarning eritmalari osmotik bosimi, kaynash temperaturasining ortishi, muzlash tumperaturasining pasayishi va eritma bug bosimining nisbiy pasayishi ularning molyar kontsentratsiyalari qiymatiga nisbatan ikki, uch va bir necha marta yuqori bo'ladi. Masalan: osh tuzi 1% li eritmasining tajribada topilgan t(muz) qiymati Raulning krioskopik qonuni formulasi bo'yicha hisoblangan qiymatdan kariyib ikki marta, MgCl2 uchun - 3 marta va Al2(SO4)3 eritmasi uchun - 5 marta katta chikadi. Buning sababi shuki, bu moddalarning suvli eritmasida yoki suyuklanmasida zarrachalarning soni 2,3, 5 marta ko'p, yani kislota, asosiy tuzlar eriganda yoki suyuklanmaga utganda musbat va manfiy zaryadli ionlarga parchalanadi: NaCl Na+ + Cl-; MgCl2 Mg2+ + Cl- Al2(SO4)3 2Al3+ + 3SO4 2- Moddalarni qarama - qarshi zaryadli ionlarga parchalanishi elektrolitik dissotsiyalanish (parchalanish) deyiladi. Eritmada va suyuklanmada musbat va manfiy zaryadli ionlarga parchalanib elektr tokini o'tkazish xossasiga ega bo'lgan moddalarni elektrolitlar deyiladi. yuqoridagi misollardan kurinib turibdiki, NaCl dissotsiyalansa uning 1 molekulasi 2 ta ionga, MgCl2 -3 ta (1 ta Mg va ikkita - Sl ) ionlariga, Al2(SO4)3 esa - 5 ta ( 2 ta - Al, 3 ta -SO4 ) ionga parchalanadi. Shu sababli bu moddalarning eritmalari t(muz) qiymati Raul qonunidan 2,3 va 5 marta chetga chikadi. Bu chetlanishlarni etiborga oluvchi kattalik - izotonik koeffitsiyent tushunchasi kiritilgan. Izotonik koeffitsiyenti i-xarfi bilan belgilanib, uning qiymati elektrolit eritmasining osmotik bosimi, to'yingan bug bosimi, kaynash va muzlash temperaturalarining tajribada topilgan qiymati ayni kontsentratsiyali eritma uchun nazariy hisoblangan qiymatdan necha marta farq qilishini kursatadi va kuyidagicha hisoblanadi: Izotonik koeffitsiyentning tarjimasi izos-bir xil teng, tonos - kuch, bosim degan manoni bildiradi. Elektrolitlar eritmasida xam osmos hodisasi ruy beradi. Lekin bu osmotik bosimning qiymati elektrolitmas moddalarning osmotik bosimidan farq qiladi va kuyidagicha matematik ko'rinishida ifodalanadi: Posm. = iCRT yoki Xuddi shuningdek elektrlit eritmalarining kaynash va muzlash temperaturalarining o'zgarishi va formulalar bilan hisoblanadi. yuqoridagi fikrlarning isboti sifatida quyidagi jadvalni keltiramiz: Bazi tuzlarning 0,2 n eritmasi uchun i-ning qiymatlari: Shuni etiborda tutish kerakki, yuqoridagi singari osmotik bosimning yuqori bo'lishi nafaqat elektrolit eritmalariga xos bo'lib kolmay, balki bazi gazsimon va gazga aylanadigan moddalar uchun xam xosdir. Masalan, PCl5 fosfor pentaxlorid kizdirilganda PCl5 Cl3 + Cl2 tenglama bo'yicha termik dissotsiyalanadi va sistemadagi zarrachalar soni ikki marta ortadi. Shu tufayli sistemaning tajribada aniqlangan osmotik bosimi Raul qonuni bo'yicha hisoblanganidan ikki marta yuqoridir. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.42 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.42 KB
Ko'rishlar soni
73 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:32 ]
Arxiv ichida: doc