Mavzu: Elektroliz va uning ahamiyati mavzusini o'qitishda pedagogik texnologiyalarning o'rni Bilimga chanqoq, iste'dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir. Islom Karimov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan MDH davlatlarida birinchi bo'lib O'zbekiston Respublikasida, ta'lim sohasida qat'iy islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ayniqsa Ta'lim to'g'risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining amalga kiritilishi yangi bosqichni boshlab berdi. Natijada ta'lim tizimi va mazmun-mohiyati, bozor munosabatlari sharoitidan kelib chiqib takomillashtirildi. Mavzuning dolzarbligi: Kelajakda kimyogar talabalarimiz Elektroliz va uning ahamiyati mavzusini yaxshi o'zlashtirgan holda, qazilma boyliklarning tarkibidagi rudalardan kamyob va nodir metallarni ajratib olish, olinayotgan metallarni sifat va miqdoriy jihatidan tahlilini, qoplamalar va shakllar tayyorlash jarayonlarini yaxshi bilishlari va bu metallarni ajratib olish texnologiyasi bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borishi hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Bitiruv loyiha ishining maqsadi - kimyo (umumiy va noorganik) fanidan Elektroliz va uning ahamiyati mavzusini o'qitishning nazariy va amaliy masalalarini tadqiq etish, mavzu yuzasidan elektron o'quv moduli ishlanmasini shakllantirish hamda o'qitishni takomillashtirish bo'yicha xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv loyiha ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: - o'rganilayotgan umumiy va noorganik kimyo fanida Elektroliz va uning ahamiyati mavzusini nazariy va amaliy tahlil qilish; - Elektroliz va uning ahamiyati mavzusini o'qitishda yangi pedagogik ta'lim texnologiyalari va ilg'or xorijiy tajribalardan foydalanish; - Elektroliz va uning ahamiyati mavzusi orqali umumiy va noorganik kimyo fani o'quv dasturi mazmun mohiyatini ochib berish; Elektroliz va uning ahamiyati mavzusi orqali umumiy va noorganik kimyo fanidan elektron o'quv moduli ishlanmasini tayyorlash; - oliy ta'lim muassasalarida Kimyo (umumiy va noorganik) fanini o'qitishni yanada takomillashtirish bo'yicha xulosalar va tavsiyalar ishlab chiqish. Mavzu: Elektroliz va uning ahamiyati Reja: 1. Elektroliz jarayonining borishi, eritmalarda va suyuqlanmalarda sodir bo'ladigan elektroliz jarayonlari. 2. Eruvchan anod elektrolizi. 3. Faradeyning 1 va 2 - qonunlari. 4. Elektroliz jarayonining sanoatdagi amaliy ahamiyati. MAVZUNI O'ZLASHTIRISH UCHUN ADABIYOTLAR: Elektroliz jarayoni Elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali o'zgarmas elektr toki o'tkazilganda elektrodlarda boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari elektroliz deb ataladi. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori Elektroliz va uning ahamiyati mavzusini nazariy va amaliy o'qitishda qo'llaniladigan interfaol metodlar Mavzuni nazariy o'qitishda o'tilgan mavzuni takrorlash va yangi mavzu bilan bog'lash uchun Davra suhbati metodi, Tushunchalarning tahlili metodi, Blits so'rov metodi, SWOT tahlil va FSMU metodlaridan foydalanish mumkin. YAngi mavzuni mustahkamlash va talabalarning yangi mavzuni o'zlashtirganlik darajasini aniqlash uchun Assesment usulidan foydalanish mumkin. Tushunchalar tahlili metodi Metodning maqsadi: Talabalarini mavzu bo'yicha tayanch tushunchalarni o'zlashtirish darajasini aniqlash, o'z bilimlarini mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo'yicha dastlabki bilimlar darajasini diagnostika qilish ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.47 MB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.47 MB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:32 ]
Arxiv ichida: pptx