Elektroliz. Elektrolizning mohiyati

Elektroliz. Elektrolizning mohiyati

O'quvchilarga / Kimyo
Elektroliz. Elektrolizning mohiyati - rasmi

Material tavsifi

Elektroliz. Elektrolizning mohiyati. Elektroliz. Suyuqlanma elektrolizi Eritma elektrolizi Katodda boradigan jarayonlar Anodda boradigan jarayonlar Elektrolizdan amalda foydalanish Elektrolizning mohiyati: Katodda:Na⁺+e⁻=Na°- qayarilish Anodda:2Cl⁻- e⁻= Cl₂-oksidlanish 2Na⁺+ 2Cl⁻=2Na+Cl₂ yoki 2NaCl=2Na+Cl₂ Elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali elektr toki o'tganda elektrodlarda sodir bo'ladigan oksidlanish-qaytarilish jarayoni elektroliz deb ataladi. Elektrolizning turlari Suyuqlanma elektrolizi: Suyuqlanmada boraligan elektroliz natijasida anodlda shu modda tarkibiga kirgan anion oksidlanadi, katodda esa shu modda tarkibidagi kation qaytariladi. Masalan, NaCl tuzi suyuqlanmasi elektrolizida: Na+ ioni katodda qaytariladi Cl¯ ioni anodda oksidlanadi Eritmaning elektrolizi: Eritma elektrolizi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarida elektrolit molekulalari bilan birgalikda suv (erituvchi) molekulalari ham ishtirok etadi. Eritmada boradigan elsktroliz sxemasini tuzayotganda quyidagi qoidalarni bilish zarur: Katod jarayonlari: Agar eritmada oksidlanish potentsiali vodorodning oksidlanish potentsialidan kichik bo'lgan kationlar (aktivlik qatorida Li dan A1+ gacha) bo'lsa, katodda avval, ular o'rniga suv molekulalari qaytarilib: metall ionlari eritmada o'zgarmasdan qoladi. Agar eritmada standart oksidlanish potensiali vodorodnikidan kichik, lekin A1 nikidan katta bo'lgan kationlar (A1+3 dan PЬ+2 gacha) bo'lsa, u holda katolda bir vaqtning o'zida ham vodorod ionlari, xam metall kationlari qaytariladi. Agar eritmada standart oksidlanish potentsiali vodorodnikidan yuqori bo'lgan kation bo'lsa, katodda avval shu kation qaytariladi (aktivlik qatorida bu kationlar H+ - dan keyin turadi. Anod jarayonlari uchun: Agar eritmada kislorodsiz kislotalarning anionlari; Cl- , Br- J-, lar bilan birga H2O - molekulalari mavjud bo'lsa, anoda avval kislorodsiz kislota anionlari oksndlanadi. Agar eritmada kislorodli kislota anionlari: SO42-, SO32-, PO43-, NO3- bo'lsa, bu anionlarning oksidlanish potensiallari suv molekulasining oksidlanish potensialidan katta bo'lgani uchun anodda avval (dastlab) H2O molekulalari oksidlanadi. Katod Anod Li-Al -- H2 Al-Pb-- Me va H2 Cu-Au-- Me Cl- , Br- J-, -- Cl2, Br2, J2 SO42-, SO32-, PO43-, NO3- -- O2 Elektrodlar ikki xil bo'ladi: 1) Erimaydigan - ularga grafit, platina, oltin kiradi (erimaydigan elektrodlar ximiyaviy prosessda ishtirok etmaydi, ular faqat elektron utkazgich vazifasini utaydi.); 2) Eriydigan elektrodlar jumlasiga yuqorida ko'rsatilgan metallardan boshqa xamma metall elektrodlar kiradi. Bu elektrodlar elektrolizda anod sifatida qo'llanilganida eritmaga o'z ionlarini berib, erib ketadi. Eruvchan anod elektroddan foydalanib, toza metallar olinadi. Bunda elektroliz prosessi tozalanayotgan metall to'zining eritmasida olib borilishi kerak. Sanoatda tuzlarning eritmalarini elektroliz qilib, Cu, Zn, Cd, Ni, So, Mn va boshqa metallar olinadi. Bu metod yordamida bir metall boshqa metall bilan koplanadi. Bu metod galvanostegiya deyiladi Elektrolizning ahamiyati Elektrolizdan foydalanib, ko'pchilik metallar (Na, K, Ca, A1, Ag, Cu, Au, Ni) olinadi. Boshqa usullar bilan olingan metallar yuqori tozalikda (99,99%) olish uchun elektroliz usuli bilan elektrorafinatsiya qilinadi. Bu asosan eruvchan anod usuli bilan amalga oshiriladi. Cho'yan, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 741.65 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:32 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 741.65 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga