Elektroliz haqida umumiy ma'lumot

Elektroliz haqida umumiy ma'lumot

O'quvchilarga / Kimyo
Elektroliz haqida umumiy ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Elektroliz Anodga kelgan anionlar elektronlarni beradi va neytral atomga yoki malekulalarga aylanadi. Katodga kelgan kationlar elektronlar olib, neytral atomga yoki malekulalarga aylanadi. Elektronlarni berish - oksidlanish, qabul qilish jarayoni qaytarilish deb ataladi. Shuning uchun eritmadan yoki suyuqlanmadan elektr to'ki o'tadi. Anodda anionlarning (Am-, OH-) yoki suv malekulasining oksidlanish jarayoni boradi. Katodda kationlarning (Men+, H+) yoki suv malekulasining qaytarilish jarayoni sodir bo'ladi. THE END Elektroliz Reja Kirish 1. Elektroliz to'g'risida umumiy ma'lumot Asosiy qism 1. Elektrolitlar suvdagi eritmalarining elektrolizi 2. Faradey qonunlari 3. Qutblanish 4. Ajralish potentsiali va ajralish kuchlanishi 5. Akkumulyatorlar 6. Elektroliz jarayoni va uning qo'llanilishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Elektroliz to'g'risida umumiy ma'lumot Elektr energiyasi ta'sirida sodir bo'ladigan oksidlanish - qaytarilish jarayonlari elektroliz deb ataladi. Aslida «Elektroliz» deganda elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali elektr oqimi o'tganida sodir bo'ladigan barcha jarayonlarni tushuniladi. Masalan, suyuqlantirilgan magniy xlorid orqali elektr oqimi o'tganida magniy kationlari elektr maydon ta'sirida manfiy elektrod tomon harakat qiladi. Bu elektrodga yetishi bilanoq tashqi zanjirdan kelayotgan elektronlarga duch kelib, qaytariladi: Mg2+ + 2e-  Mg. Xlor anionlari elektr maydoni ta'sirida musbat elektrod tomon harakatlanadi: o'z elektronlarini musbat elektrodga berib oksidlanadi. Xlor ionlarining oksidlanishi asosan, elektrkimyoviy bosqichni, ya'ni birlamchi jarayonni tashkil etadi. Uni 2Cl- - 2e  2Cl shaklida ifodalash mumkin. Bu jarayon natijasida hosil bo'lgan ikkita xlor atomlarining o'zaro birikib, xlor molekulasiga aylanishi esa ikkilamchi jarayondir: 2Cl  Cl2 Ikkala elektrodda sodir bo'lgan jarayonlarning tenglamalarini bir - biriga qo'shish bilan, suyuqlantirilgan MgCl2 elektrolizidagi oksidlanish - qaytarilish reaksiyasining yig'indi tenglamasiga ega bo'linadi: Mg2+ + Cl-  Mg + Cl2. Qaysi elektrodda qaytarilish sodir bo'lsa, uni xuddi galvanik elementlardagi kabi katod deb, qaysisida oksidlanish ro'y bersa, uni anod deb ataladi. Galvanik elementlardagiga teskari o'laroq, elektrolizdagi katod manfiy, anod musbat zaryadga ega bo'ladi. Buning sababi shundaki, elektrolizda boradigan jarayonlar galvanik element ishlashida sodir bo'ladigan jarayonlarga qarama - qarshidir. Elektrolitlarning suvdagi eritmalarida sodir bo'ladigan katod jarayonlarni ko'zdan kechirishda birinchi navbatda vodorod ionlarining qaytarilish potentsialini nazarda tutish kerak. Bu potentsialning qiymati vodorod ionlar konsentratsiyasiga, binobarin, eritmadagi pH ga bog'liq: E = 0,059lg [H+] yoki E = - 0,059 pH Neytral muhit uchun pH = 7; binobarin: E = - 0,059 · 7 = - 0,41в. Demak, agar elektrolit kationini tashkil qiluvchi metallning normal potentsiali - 0,41v dan ko'ra musbatroq bo'lsa, neytral eritmaning elektrolizida katodda ayni metall ajralib chiqadi. Bunday metallar kuchlanishlar qatorida vodorodga yaqin turadi (masalan qalay). Agar elektrolitni tashkil qilgan metallning elektrod potentsiali - 0,41v ga qaraganda ancha manfiy bo'lsa, katodda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 367.94 KB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 367.94 KB
Ko'rishlar soni 178 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga