Elektron-paramagnit rezonans (EPR) Elektron-paramagnit rezonansining rivojlanish tarixiga nazar solsak, bu fizikaviy usulga bog'liq nazariy ishlar 1940 yildan avval ham olib borilgani malum bo'ladi, ammo bu nazariyalarni amaliyotda tasdiqlash uchun kerakli asboblar bo'lmagani uni shu davrda rivojlanishiga imkoniyat yaratmadi. 1944 yilga kelib paramagnit yutishlarni o'lchaydigan yangi usullar ishlab chiqildi, bu kashfiyotning muallifi Qozon Davlat universitetining professori Ye.K.Zavoyskiy hisoblanib, u 1957 yilda bu kashfiyoti uchun Davlat mukofotiga sazovor bo'lgan. EPR sohasidagidagi kashfiyotdan so'ng bir necha chet el va rus olimlari tomonidan bu spektroskopiya sohasida kerakli tadqiqotlar olib borildi, hamda spektrometrning yangi nusxalarini ishlab chiqarish ishlari takomillashtirildi. 1960-yillarning o'rtalariga kelib EPR spektrometrlarining konstruksiyalari bilan bog'liq ishlar nihoyasiga etkazilib ularni ommaviy ravishda ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. EPR spektroskopiyaning rivojidagi eng avvalgi ishlar paramagnit xususiyatga ega bo'lgan kompleks birikmalarni o'rganishga, keyinchalik esa ko'p tadqiqot ishlari ozod radikallarning hosil bo'lish jarayonlariga bag'ishlandi. 1970-yillarning boshlariga kelib EPR spektrlarning atlaslari bosib chiqarildi, bu esa o'z navbatida murakkab EPR spektrlarni tahlil qilishga katta yordam berdi. Hozirgi vaqtda radiospektroskopiyaning bu uslubi boshqa fizikaviy usullar bilan bir qatorda keng miqyosda ishlatib kelinmoqda, uning mohiyatini bilish uchun bu usulning nazariyalari, parametrlari va imkoniyatlari bilan tanishib chiqamiz. Ko'pgina barqaror molekulalarda atomlar orasida kimyoviy bog'ning hosil bo'lishida qarama-qarshi spinga ega bo'lgan elektronlar jufti qatnashadi. Bunday hollarda elektron spinlar yig'indisi hamda elektron magnit moment nolga teng, shuning uchun bunday elektronlar bilan magnit maydoni orasida ta'sirlanish bo'lmaydi. Shuning bilan bir qatorda ayrim atom va molekulalar bitta yoki bir necha juftlanmagan spinli elektronlarga ega bo'lib, ular uchun tegishli elektron spin rezonansi (ESR) mavjud bo'ladi va bunday moddalar paramagnit xususiyatga ega bo'lgani uchun bu spektroskopiya usulini elektron paramagnit rezonansi deb aytiladi. Tashqi magnit maydon qo'yilganda shu maydon yo'nalishi bilan ustma-ust tushuvchi yo'nalishda moddaning magnitlanishi va tashqi magnit maydoni bo'lmaganida uning tartiblangan magnit strukturasini yo'qolishi esa paramagnit hodisasi deyiladi. EPR ning ahamiyati shundaki, miqdori juda ham oz bo'lgan barcha moddalardagi juftlanmagan elektronlar mavjudligini aniqlash mumkin, bunda moddada hech qanday tashqi o'zgarish yoki uning parchalanib ketish hollari ro'y bermaydi. Juftlanmagan elektronlar xoxlagan kimyoviy va biologik sistemalarda muhim ahamiyatga ega bo'lib, ular yuqori energiyaga ega, bu xususiyat ularning faolligiga sababchi bo'ladi. Juftlanmagan elektron tutgan moddalarni ikkita rypyxga bo'lish mumkin. Birinchi guruh; moddalarda juftlanmagan elektron butun molekula bilan yoki uning ko'p qismi bilan bog'langan bo'lishi mumkin. Bunga eng avvalo ozod radikallarni kiritish mumkin. Bularda juftlanmagan elektronlarning tarqalishini (delokallanishini) o'rganish reaksiya mexanizmini aniqlashga va turli xil biologik tabiiy to'qimalar nur ta'sirida zararlanib har xil ozod radikal hosil qilishini bilishga yordam beradi. Ozod radikallarning ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.2 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: doc