Element - organik birikmalar

Element - organik birikmalar

O'quvchilarga / Kimyo
Element - organik birikmalar - rasmi

Material tavsifi

Element - organik birikmalar Molekulasida uglerod atomi bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'lan-gan metall yoki metallmas atomlari bor birikmalar element organik birikmalar deyiladi. Birinchi bo'lib element - organik birikmalarni 1849 yilda ingliz olimi E. Frankland kashf etdi, u etil yodidga rux ta'sir ettirib dietil ruxni sintez qildi va uglerod atomlari metallar bilan bevosita bog'lanishi mumkinligini ko'rsatdi: Element-organik birikmalar metall-organik birikmalar va metallmas organik birikmalarga bo'linadi. Ular tuzilishiga ko'ra ikki guruhga bo'linadi: 1) Sof element organik birikmalar. Bunday birikmalar- da element atomlari faqat uglevodorod radikali bilan bevo- sita bog'lanadi: metil natriy dimetil tetrametil trimetil rux silan fosfin Aralash element organik birikmalar. Bularda element atomlari uglevodorod radikali bilan birga boshqa element bilan birikkan bo'ladi. Misol: Magniy metil xlordimetilfosfin yodid Metall - organik birikmalar D. I. Mendeleev davriy sistemasidagi elementlarni ko'pi metallar bo'lgani uchun, element organik birikmalarining asosiy qismini metall-organik birikmalar tashkil etadi. Davriy sistemaning I gruppa metali bo'lgan Li, Na, Cu, II gruppa metali Zn, Mg, Hg, II gruppadan Al ning, IV gruppa metallaridan Sn, Pb ning, hamda oraliq metallarning (G'e, Cr2, Co, Ni, Pd, Pt) organik birikmalari ko'plab olingan bo'lib, quyida katta amaliy ahamiyatga ega bo'lgan metallar-ning organik birikmalari bilan tanishamiz. Magniy organik birikmalar. Magniy - organik birikma-lar galoid alkillarning suvsizlantirilgan (absolyut) efir-dagi eritmasiga magniy metali ta'sir ettirib olinadi: Bu reaksiyani birinchi bo'lib 1861 yilda fransuz kimyogari F. Grinyar ochgan, shu sababli uni Grinyar reaksiyasi deb ata-lib, hosil qilingan magniy organik birikmani Grinyar re-aktivi deb ataladi. Grinyar reaktivi eritmasida aralash va sof magniy orga-nik birikmalar muvozanat holatda bo'lib, bu muvozanat reak-tsiyaning tabiatiga qarab u yoki bu tomonga siljigan bo'ladi: Odatda Grinyar reaktivi bilan olib boriladigan reaksiya-larda Grinyar reaktivi aralash R-MgX ko'rinishda yoziladi, chunki bu shakl reaktivda ko'p miqtsorda bo'ladi. Grinyar reaktivi ko'pgina moddalarni sintez qilishda foydalaniladi. Odatda hosil qilingan magniy organik bi-rikma efirdan ajratib o'tirilmaydi, chunki uning reaksiyaga kirishish xususiyatiga efirning ta'siri bo'lmaydi. Tarkibida harakatchan vodorod bo'lgan moddalar (spirtlar, suv, aminlar va hokazo) magniy organik birikmalar bilan o'rin almashinish reaksiyasiga kirishadi va reaksiya natija-sida alkanlar hosil bo'ladi: Agar reaksiyada CH3MgJ dan foydalanilsa metan gazi hosil bo'ladi. Reaksiya natijasida ajralib chiqqan metanning haj-mini o'lchab, tekshirilayotgan modda tarkibidaga faol vodo-rodni miqtsoriy jihatdan aniqlash mumkin (Chugaev - Tsere-vitinov usuli) Magniy organik birikmalari (Grinyar reaktivi) qutb-langan qo'sh va uch bog'li birikmalar bilan oson birikish re-aksiyasiga kirishadi: karbon kislotaning magniyli tuzi Grinyar reaktivining etilen oksidi, uglerod (GU)-oksi-di, nitril, aldegid va ketonlar bilan reaksiyalari organik sintezda keng ishlatiladi. Bu reaktiv yordamida turli tuzi-lishga ega bo'lgan karbon kislotalar, birlamchi, ikkilamchi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 554.44 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 554.44 KB
Ko'rishlar soni 111 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga