Elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni

Elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni

O'quvchilarga / Kimyo
Elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni - rasmi

Material tavsifi

Elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 1-mavzu Reja: 2 3 Davriy qonun 1 Atom tuzilishi Elementlar davriy sistemasi Kimyoviy elementlar va ulardan hosil bo'luvchi oddiy hamda murakkab moddalarning xossalari shu elementlar atomlarining yadro zaryadlari bilan davriy bog'lanishda bo'ladi. Davriy qonun - tabiat qonuni va u tabiatda mavjud bo'lgan bog'liqliklarni aks ettiradi. Davriy sistemaning dastlabki variantida (1-mart 1869-y.) 63 ta element aks etgan bo'lsa, uning zamonaviy variantida 118 ta element aks ettirilgan. Davriy qonun asosida elementlar davriy sistemasi vujudga kelgan. Davriy sistemada elementlarning joylashish tartibi ularning fizik va kimyoviy xossalarining davriy o'zgarishi bilan tavsiflanadi. Davriylik deganda ma'lum intervaldan so'ng xossalarning takrorlanishi tushuniladi. Atom tuzilishi nuqtayi nazaridan kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni Davriy qonun kashf qilindi va davriy sistema tuzildi, lekin D.I.Mendeleyev elementlar xossalarining o'xshashligi va farqlarini, davriy o'zgarish sabablarining tub mohiyatini tushuntirib bera olmadi. XIX asrda atom kimyoviy reaksiyalarda o'zgarishga uchramaydigan zarra deb hisoblangan. XIX asr oxiri va ХХ asr boshlarida kimyo fanida erishilgan yutuqlar bu tasavvurni o'zgartirib yubordi. Kimyoviy elementning davriy sistemadagi o'rni uning atom tuzilishi va xossalariga bog'liq. Radioaktivlikni o'rganish (M.Skladovskaya-Kyuri, P.Kyuri, E.Rezerford) kimyoviy element atomi murakkab sistema ekanligini ko'rsatdi. Mari Skladovskaya Kyuri Atom musbat zaryadga ega bo'lgan yadrodan va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan iborat (elektron (e-) 9,1 ⋅ 10-31 kg massaga va 1,6 ⋅ 10-19 Kl manfiy elektr zaryadiga ega). Atomdagi elektronlar to'plami elektron qobiq deb ataladi. Proton-neytron nazariyasiga ko'ra, atom yadrosi proton va neytronlardan iborat (proton (p) 1 a.m.b. massaga va +1 zaryadga ega zarra; neytron (n) proton massasiga yaqin massaga ega elektroneytral zarra). Proton-neytron nazariyasiga ko'ra, atom yadrosi Atomlarning absolyut massasi (A) atom tarkibiga kiruvchi barcha zarralar massalari yig'indisiga teng: A = protonlar massasi + neytronlar massasi + elektronlar massasi Elementar zarralar ham atom va molekulalar singari materiya turlaridir. Atom tuzilishini o'rganish shuni ko'rsatdiki, davriy sistemada elementlar atomlarning elektron pog'onalari tuzilishiga mos ravishda ma'lum tartibda joylashadi. Kimyoviy elementlar va ulardan hosil bo'luvchi oddiy hamda murakkab moddalarning xossalari shu elementlar atomlarining yadro zaryadlari bilan davriy bog'lanishda bo'ladi. Har bir guruh bosh va qo'shimcha (yonaki) guruhchaga bo'linadi. Bosh guruhchalardagi elementlar atomlari tashqi elektron pog'onalaridagi elektronlar soni (He dan tashqari) guruh raqamiga teng. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.58 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.58 MB
Ko'rishlar soni 77 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga