Elementlar kimyosi

Elementlar kimyosi

O'quvchilarga / Kimyo
Elementlar kimyosi - rasmi

Material tavsifi

Elementlar kimyosi Reja: Metallarning tabiatda uchrashi Metallarning olinish usullari Metallarning fizik xossalari Metallarning kimyoviy xossalari Metallarning korroziyasi va undan himoyalanish Metallarning ishlatilishi Yaqin vaqtlargacha 114 ta element (shulardan 90 tasi tabiatda uchrasa, qolgani sun'iy yo'l billan topilgan) fanga ma'lum bo'lgan bo'lsa, bugungi kelib yana to'rt element kashf etildi. 1995 yil IYuPAK Xalqaro tashkiloti tomonidan 104 dan 109-tartib raqamigacha bo'lgan kimyoviy elementlarga tegishli belgi berilgan va nomlangan. Hozirgi kunda quyidagi to'rtta yangi element ochildi va davriy jadvalga kiritildi. Yangi ochilgan elementlar Qizig'i shundaki, kichik massaga ega elementlar tabiatda keng tarqalgan: koinotda vodorod H va geliy He, tirik organizmlarda - vodorod H, kislorod O, azot N va uglerod C, yer po'stlog'ida esa - kislorod O, kremniy Si, alyuminiy Alva temir Fe. Elementlarni va ularning xossalarini o'rganish ularning D.I. Mendeleev davriy jadvalida joylashgan o'rnini aniqlashdan boshlanadi. Ma'lumki, davriy jadvalda joylashgan o'rni va elektron konfiguratsiyasidagi oxirgi energetik pog'nadagi elektronga ko'ra ularni s, p, d va f elementlarga ajratamiz. Elementlarning bunday sinflanishi ular haqidagi bilimlarni o'zlashtirishni sistemalashtiradi va yengillashtiradi. s elementlar tashqi pog'onadagi s - pog'onachasi to'lib boruvchi elementlardir. Ularga IA va IIA guruhi va H hamda He kiradi. p elementlar tashqi pogonadagi p - pogonachasi to'lib boruvchi elementlardir. Ularga IIA - VIIA guruhlarining barcha elementlari, ya'ni, 1 va 7-davrlardan tashqari hamma davrlarning oxirgi 6 ta elementlari kiradi. d elementlar tashqaridan bitta oldingi pog onaning d - pog onachasi to'lib boruvchi va oxirgi pog onasida 1 yoki 2 ta elektron (Pd da bu son nolga teng) bo'lgan elementlardir. Ularga I B - VII B guruhlardagi, ya'ni, qo'shimcha qatori bolgan, katta davrlarda s va p- elementlar oraliqda joylashgan elementlar kiradi. Shuning uchun ularni (oraliq) o'tuvchi elementlar deyiladi. f - elementlar tashqaridan ikkita oldingi (tashqaridan uchinchi) pog'onaning f pogonachasi to'lib boruvchi elementlardir. Ularning tashqi pog'onasida 2 ta elektron qoladi. Bu elementlar lantanoidlar va aktinoidlardir. Elementlar metallar va metallmaslarga bo'linadi. Metallarning 12 tasi s elementlar, 10 tasi p - элементлар, 28 tasi f qolganlari d - elementladir. Texnikada metallar ikki guruhga ajratiladi. Qora metallar- temir (marganets va xrom qo'shimcha sifatida) va uning qotishmalari (po'lat va cho'yan). Rangli metallar - boshqa barcha metallar va ularning qotishmalari. Metallar mexanik xossalariga ko'ra quyidagicha sinflanadi: Yengil metallar - Li, Na, K, Rb, Al, Mg, Ti, Cs, Be, Ca Og ir metallar - Cu, Pb, Ni, Zn, Sn, Sb, Hg Ag Nodir metallar - Au, Ag, Pt, Pd, Ir, Ru, Os Таrqoq metallar - Ga, In, Tl, Ge, Re Noyob metallar - Co, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 156.95 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 156.95 KB
Ko'rishlar soni 81 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga