Elementlar valent imkoniyatlari va ularning oksidlanish darajasi

Elementlar valent imkoniyatlari va ularning oksidlanish darajasi

O'quvchilarga / Kimyo
Elementlar valent imkoniyatlari va ularning oksidlanish darajasi - rasmi

Material tavsifi

Elementlar valent imkoniyatlari va ularning oksidlanish darajasi 9-sinf Kimyo fani darsligi asosida 5-mavzu Reja: 2 3 Elementning valentligi 1 Oksidlanish darajasi Oddiy moddalardagi atomlar Bir element atomi faqat qat'iy belgilangan sondagi boshqa element atomlari bilan birikishi mumkin. Valentlik - bu ma'lum element atomining qat'iy belgilangan sondagi boshqa element atomlari bilan birika olish imkoniyati. Elementning valentligi shu element atomini boshqa element atomi bilan bog'lab turuvchi umumiy elektron jufti soni bilan aniqlanadi. Elementning valentligi Valentlik nol, manfiy yoki musbat qiymatlarga ega bo'lmaydi. Valentlik tushunchasini faqat kovalent bog'li birikmalarga nisbatan qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. Hozirgi vaqtda birikmalardagi atom holatini tavsiflash uchun oksidlanish darajasi deb ataluvchi tushunchadan foydalanilmoqda. Oksidlanish darajasi - atom ionga aylangan holda (ya'ni umumiy elektron jufti kuchli elektrmanfiy atom tomonga to'la yoki qisman siljigan holda) molekuladagi atomda hosil bo'luvchi shartli zaryad Oksidlanish darajasi har doim ham valentlikka son jihatidan teng bo'lavermaydi. Bir xil atomlardan hosil bo'lgan molekulalardagi atomlarning oksidlanish darajasi nolga teng. Vodorod metall gidridlarida -1, qolgan barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasiga ega. Kislorod ko'pchilik birikmalarda -2, ftorli birikmalarda +2, peroksidlarda (E-O-O-E) -1 oksidlanish darajasiga ega. Ftor barcha birikmalarida -1 oksidlanish darajasiga ega. Ishqoriy metallar barcha birikmalarida +1 oksidlanish darajasiga ega. II guruh bosh guruhcha elementlari barcha birikmalarida +2 oksidlanish darajasiga ega. Bir birikmadagi barcha elementlar oksidlanish darajalarining algebraik yig'indisi nolga tengligi uchun shu birikmadagi oksidlanish darajasi ma'lum bo'lgan elementlar yordamida shu birikmadagi boshqa elementlarning oksidlanish darajasini aniqlash mumkin. Elementning eng yuqori oksidlanish darajasi uning davriy sistemada joylashgan guruh raqamiga teng. Metallmaslarning vodorod bilan birikmalarida oksidlanish darajalari -4 dan (IV guruh elementlari) -1 gacha (VII guruh elementlari) o'zgaradi. Bu metallmas atomi vodorod atomlaridan tortib oladigan elektronlar soni bilan aniqlanadi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.84 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.84 MB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga