8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 14-mavzu Elementlarning davriy sistemadagi o'rni va atom tuzilishiga qarab tavsiflash. Davriy qonunning ahamiyati Reja: Elementlarning davriy sistemadagi o'rni Atom tuzilishiga qarab tavsiflash Davriy qonunning ahamiyati Kimyoviy elementlarning juda ko'p xossalarini ularning davriy sistemadagi o'rniga qarab aytib berish mumkin. Masalan, tartib raqami 38 bo'lgan element stronsiy - Sr. Stronsiy 5- kata davrning juft qatorida, ikkinchi guruhning bosh guruhchasida joylashgan. Stronsiy atomi yadrosida 38 ta proton mavjud. Atom yadrosida yana (88 - 38 = 50) 50 ta neytron ham bo'ladi. Elektroneytral atomida 38 ta elektron yadro atrofida harakatlanadi. Bosh guruhchalarda elementning tartib raqami ortgan sari, ya'ni yuqoridan pastga tushgan sari elementlar atomlari ion zaryadi o'zgarmasa-da, tashqi qavat yadrodan uzoqlashadi, atom radiusi esa ortib boradi. Davriy qonun asosida D.I. Mendeleyev juda ko'p elementlarning atom massalarini to'g'riladi. I guruh bosh guruhchasida (Li, Na, K, Rb, Cs) atomining radiusi ortib borishi bilan tashqi qavatdagi elektronni shunchalik oson ajratadi. Lekin shu bilan birga tashqi qavatga elektron biriktirib olish xususiyati zaiflashadi. Hali kashf qilinmagan elementlarga kimyoviy elementlar davriy sistemasida joy qoldirdi, ulardan ayrimlarining xossalarini, atom massalarini va qayerdan izlash kerakligini aytib bera oldi. Kimyoning fan sifatida shakllanishiga davriy qonunning ijobiy ta'siri juda katta bo'ldi: 1)Kimyoviy elementlarni kashf qilishda ularni qaysi minerallardan izlash kerakligini aniq reja asosida tashkil etish yuzaga keldi. 2) Atomlarning ichki tuzilishlarini bilishga va atom energiyasidan foydalanishga yo'l ochildi. 3) XX asrdagi kimyo va fizika fanlaridagi kashfiyotlar uchun bosh omil bo'ldi. 4) Radioaktivlik hodisasi, radioaktiv izotoplardan texnikada, tibbiyotda, qishloq xo'jaligida keng foydalanishga imkon yaratildi. Keyinchalik D.I. Mendeleyevning aytganlari deyarli to'g'ri chiqdi. Masalan, ekabor (skandiy), ekaaluminiy (galliy) va ekasilitsiy (germaniy) elementlari oldindan bashorat qilingan edi. galliy 1875- yilda fransuz olimi Lekok de Buabodran galliyni, skandinav olimi Nilson 1879- yilda skandiyni va nemis olimi K. Vinkler 1886- yilda germaniy elementini kashf etdi va davriy sistemaning bo'sh kataklari to'ldirildi. Lekok de Buabodran Galliy, skandiy, germaniy elementlarining kashf qilinishi davriy qonunning eng katta yutuqlaridan bo'lib, D.I. Mendeleyevning o'zi kashf qilgan davriy qonun asosida qilgan bashoratlarining to'g'ri ekanligini isbotlab berdi. yer-xotin V. Noddak va I. Noddaklar tomonidan reniyning kashf qilinishiga D.I. Mendeleyev davriy sistemada marganesning ostida ikkita bo'sh katak qoldirganligi sabab bo'ldi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.69 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.69 MB
Ko'rishlar soni
117 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: pptx