Elementlarning oksidlanish darajasi 8-sinf Kimyo fani darsligi asosida 21-mavzu Qutbli kovalent va ionli birikmalarda kimyoviy bog'lanishda ishtirok etayotgan elektronlar elektrmanfiyligi katta atomga tomon siljigan yoki butunlay o'tib ketgan bo'ladi. Elektronlarni o'zidan siljitgan atomlarni elektron bergan atomlar, elektronlarni o'ziga tortgan atomlarni elektron olgan atomlar deb ataladi. Atomlarning bergan yoki olgan elektronlar soni shu atomning oksidlanish darajasi deb ataladi. Agar element: 1 ta elektron bersa +1, olsa -1, 2 ta elektron bersa +2, olsa -2, 3 ta elektron bersa +3, olsa -3 oksidlanish darajalarini hosil qiladi. Elementlarning oksidlanish darajasini yozishda esa oksidlanish darajasi qiymati + yoki - ishoralaridan keyin yoziladi. Masalan, Na+1, Al+3, S -2 va hokazo. Qutbsiz kovalent bog'lanishli moddalar ya'ni oddiy moddalarda elementning oksidlanish darajasi nolga teng, chunki bunda atomlar orasida hosil bo'lgan umumiy juft elektronlar hech qaysi atomga tomon siljimagan. Kimyoviy birikmalarni tashkil etuvchi atomlarning oksidlanish darajalari yig'indisi hamisha nolga teng bo'ladi. Oksidlanish darajalari Element Metallmaslardan ftor faqat - 1 oksidlanish darajasiga ega. Qolgan metallmaslar ham manfiy, ham musbat oksidlanish darajasini namoyon qila oladi. Oltingugurt atomi aluminiyga nisbatan elektrmanfiy, u tashqi qavatiga ikkita elektron olib -2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. Kislorod atomi esa ftorga elektron beradi va +2, qolgan birikmalarida -2 oksidlanish darajasini hosil qiladi. Asosiy guruhcha elementlarining yuqori oksidlanish darajasi, shu elementning guruh raqamiga teng: Na+, Mg +2, Al +3, Si +4, P +5, S +6, Cl +7. Qo'shimcha guruhcha elementlarining yuqori oksidlanish darajasi ham guruh raqamiga teng bo'ladi. Elementning quyi oksidlanish darajasi sakkizdan valent elektronlarining ayirmasiga teng. Masalan, oltingugurt VI guruh elementi bo'lib, valent elektroni oltita. Demak, oltingugurt quyi oksidlanish darajasi (8 - 6 = 2) - 2 ga teng. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.97 MB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.97 MB
Ko'rishlar soni
126 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: pptx