EMulsiyalar, Tomchilarga Retsept Yozish Emulsiya bosh kelishik birlik sonda - Emulsum, qaratqich kelishik birlik sonda - Emulsi. Emulsiya suyuq dori shakli bo'lib bir-birida erimaydigan yoki kam eriydigan va aralashmaydigan 2 fazali suyuqlik sistemasidir. Birinchi fazasi suv, ikkinchisi esa unda erimaydigan moddadan (efir moylari, yog'lar, balzamlar) tashkil topgan. Tashqi ko'rinishi jihatidan emulsiyalar sutni eslatadi. Tayyorlanishiga qarab emulsiyalar 2 ga bo'linadi: 1. Moyli emulsiyalar - Emulsa oleosa 2. Mag'izli emulsiyalar - Emulsa seminalia Mag'izli emulsiyalar bodom urug'idan (semina Amygdali dulcis), oshqovoq urug'idan (semina Cucurbitae) va boshqalardan tayyorlanadi va nisbatan kam ishlatiladi. Mag'izli emulsiyalarni qisqartirilgan holda yozish. Rp.: dan so'ngra dori shaklining (эмульсия - Emulsi), mag'izning (seminum) va o'simlikning nomi (qaratqich kelishigi, birlikda), mag'izning og'irligi va emulsiyaning hajmi ko'rastiladi. So'ngra farmasevtga murojaat: Da. Signa, va qo'llash usuli yoritiladi. Misol: 20 g bodom urug'idan tayyorlangan 200 ml emulsiya yozib, 1 osh qoshiqdan har soatda ichish buyurilsin. Rp.: Emulsi semina Amygdali dulcis ex 20,0 - 200 ml D.S. 1 osh qoshiqdan har soatda ichilsin. Moyli emulsiyalar esa suyuq moylar - kanakunjut moyi (oleum Ricini), bodom moyi (oleum Amygdalarum), baliq moyi (oleum jecoris Aselli) va boshqalardan tayyorlanadi. Ularni tayyorlashda agregat barqarorlikni ta'minlovchi maxsus emulgatorlardan (moyni juda mayda zarrachalarga parchalash uchun) foydalaniladi. Emulgator sifatida arab yelimi (Gummi Arabicum), tragakant yelimi (gummi Tragacanthae), jelatoza (Gelatosa), tovuq tuxumi sarig'i (vitellum ovi) ishlatiladi. Yaxshi emulsiya hosil qilish uchun 2 qism suyuq moyga, 1 qism emulgator va 17 qism suv (2:1:17) qo'shiladi. Agar, reseptda yog' miqdori ko'rsatilmasa emulsiya 1:10 nisbatda tayyorlanadi. Ichishga mo'ljallangan emulsiyalar qoshiqlarda beriladi. Emulsiyalar turg'un bo'lmaganliklari uchun 12 marta qabul qilish uchun yoziladi. Moyli emulsiyalar reseptda kengaytirilgan va qisqartirilgan shaklda yoziladi. Reseptga misol. Tarkibida 20 ml treska balig'i moyini saqlovchi 200 ml emulsiya yozib berilsin. Kuniga 1 osh qoshiqdan 2 marta qabul qilish buyurilsin. Kengaytirilgan shakl: Rp.: Olei jecoris Aselli 20 ml Gelatosae 10,0 Aquae destillatae ad 200 ml M.f. emulsum D.S. kuniga 1 osh qoshiqdan 2 marta qabul qilinsin. SUSPENZIYA (SUSPENSIO) bosh kelishik birlik sonda - Suspensio, qaratqich kelishik birlik sonda - Suspensionis) Suspenziya - dozalanmagan suyuq dori shakli bo'lib, qattiq dori moddalarining suyuqlikdagi muallaq zarrachalardir. Ular in'eksiya, ichish va sirtga ishlatish uchun buyuriladi. Ishlatishdan oldin chayqatiladi. Sterillangan suspenziyalarni mushaklar orasiga yuborish mumkin. Suspenziyalar reseptda kengaytirilgan va qisqartirilgan shaklda yoziladi. Suspenziya tayyorlashda suyuqlik o'rnida suv ishlatilganda, shuningdek offisinal suspenziyalar uchun reseptlar qisqartirilgan shaklda yoziladi. Rp.: belgisidan so'ngra qarqtqich kelishigi birlik sonda, bosh harfda dori shaklining nomi (Suspensionis), so'ngra qaratqich kelishigida bosh harf bilan dori moddasining nomi, foizda ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
697.85 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
697.85 KB
Ko'rishlar soni
129 marta
Ko'chirishlar soni
20 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: pptx