Energetika va mashinasozlikda elektro kimyoviy jarayonlar

Energetika va mashinasozlikda elektro kimyoviy jarayonlar

O'quvchilarga / Kimyo
Energetika va mashinasozlikda elektro kimyoviy jarayonlar - rasmi

Material tavsifi

Energetika va mashinasozlikda elektro kimyoviy jarayonlar Reja: Kimyoviy tok manbalari. Elektro kimyoviy geperatorlar Elektro kimyoviy holatlar Metal va metal kotishmalarni elektrokimyoviy ishlashi Golvono -qoplam hosil qilish. Galvanik elementlar Kimyoviy reaksiya natijasida elektr energiyani hosil qiladigan, ya'ni kimyoviy energiyani elektr energiyaga aylantiradigan asboblar galvanik elementlar deyiladi. Galvanik element tuzish uchun bir-biriga tegib turgan ikki elektrolit eritmasiga ikki xil metal tushirilib, ularning uchlari tashqi zanjir orqali bir-biriga ulanadi. Ikkala elektrod birgina metalldan yasalgan bo'lishi ham mumkin; u holda bir elektrodni suyultirilgan eritmaga ikkinchisini konsentrlangan eritmaga tushirib, konsentrasion galvanik element hosil qilinadi. Mis va rux plastinkalari sulfat kislotaga tushitib,misni rux bilan tutashtirganda elektr to'ki hosil bo'ladi,elektr to'kining bu manbai Volta elementi deb ataladi.Volta elementining elektr yurituvchi kuchi dastlabki paytda 1 Voltga yetadi.So'ngra bu elementning elektr yurituvchi kuchi tezda pasayib ketadi. Galvanik elementga Yakobi-Daniel taklif qilgan element misol boladi.Bu element mis sulfat va rux sulfat eritmalariga tushirilgan mis va rux plastinkalaridan iborat. Galvanik elementlarda elektr tokining hosil bo'lish nazariyasining mohiyati quyidagilardan iborat. Agar biror metal parchasi suvga botirilsa, metal ionlari suvning polyar molekulalariga tortilishi sababli eritmaga o'ta boshlaydi. Buning natijasida musbat ionlarning bir qismini yo'qotgan metal ortiqcha elektronlarga ega bo'lib qoladi va manfiy zaryadlanadi, eritma esa musbat zaryadlanadi. Metallarda hosil bo'lgan manfiy zaryad metalldan eritmaga o'tgan musbat ionlarni torta boshlaydi;sistemada muvozanat holati yuzaga keladi; vaqt birligi ichida metalldan necha ion eritmaga o'tgan bo'lsa,huddi o‗shancha ion eritmadan metallga o‗tadi. Metalldan eritmaga o'tgan ionlar eritmaning butun hajmiga baravar taqsimlanmay, metallga tortiladi va metal sirti yaqinida joylashib, qo'sh elektr qavat hosil qiladi. Buning natijasida metal bilan eritma orasida potensiallar ayirmasi vujudga keladi. U metallning muvozanat potensiali deyiladi.Muvozanat potensialining qiymati metallning tabiatiga va elektrod tushirilgan eritmaning ionlar konsentratsiyasiga bog‗liq bo'ladi.Eritmada ionlar konsentratsiyasi yuqori bo'lsa,kationlar metalldan eritmaga o'tishi qiyinlashadi.Shu sababli ionlar konsentratsiyasi oshganda,metal bilan eritma orasidagi avvalgi muvozanat holati buzilib, uning o‗rniga boshqa muvozanat yuzaga keladi, metalldan eritmaga o'tayotgan kationlar soni kamayadi,lekin muvozanat dinamik xarakterga ega bo'lgani uchun vaqt birligi ichida metalldan eritmaga o'tayotgan kationlar soni eritmadan metallga o'tayotgan kationlar soniga teng bo'lib qoladi,natijada metallning manfiy potensiali kamayadi. Elektrod eritmadan olinganda qo'sh elektr qavat hosil qilgan kationlar yana qaytadan metallning kristall panjarasiga o'tadi va eritma elektr jihatidan neytral bo'lib qoladi. Musbat va manfiy elektrodlar orasidagi ayirma shundaki musbat elektrod erishgan manfiy muvozanat potensial manfiy elektrod erishgan manfiy potensialga qaraganda kichikroq bo'ladi.Shu sababli bu ikki metallni bir-biri bilan o'tkazgich orqali manfiy elektroddan musbat elektrodga o'tadi. Elektrod potensiallarni kelib chiqishida to'g'risidagi bu tasavvurlar hamma hollar uchun qo'llanila olmaydi.Ba'zi metallarning,masalan platina yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 450.33 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 450.33 KB
Ko'rishlar soni 102 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga