Energiyaning anaerob hosil bo'lishi. Glikoliz va uning ahamiyati. Glyukozaning anaerob parchalanishining energetik balansi. Glyukoneogenez Reja: 1. Energiyaning anaerob hosil bo'lishi. 2. Glikoliz va uning biologik ahamiyati. 3. Glikolizning energetik balansi va biologik vazifalari. 4. Glyukoneogenez. 1. Energiyaning anaerob hosil bo'lishi. Hujayrada energiyaning hosil bo'lishi faqat oksidlanishli fosforlanish, ya'ni aerob yo'l bilan emas, balki oziq moddalarning molekulyar kislorodsiz parchalanishidan ham hosil bo'ladi. Energiyaning bunday kislorodsiz yoki anaerob hosil bo'lishiga achish deb ataladi. Anaerob yo'l energiya ishlab chiqarishda eng qadimgi va past (quyi pog'onadagi) shakl hisoblanadi; hujayra iqtisodiyoti uchun samarali emas, chunki bu yerda ko'p material sarf qilinib, juda kam energiya olinadi. U sodda organizmlarda Yer atmosferasida kislorod bo'lmagan vaqtlarda shakllangan. Bu yo'l asosan mikroorganizmlar va achitqilar uchun xos, yuqori rivojlangan organizmlar bu yo'ldan faqat kislorod yetishmagan ba'zi holatlarda, masalan, muskul qisqarishida energiya bilan ta'min qilish uchun foydalaniladi. Bundan tashqari normal hujayra rak kasalligida ayniganda undagi aerob oksidlanish qobiliyati yo'qolib, hujayra hayoti uchun kerakli energiyani achish reaksiyasidan oladi. Bu xil hujayra o'zining tashkiliy jihati va vazifasi bo'yicha haqiqiy hujayradan quyi pog'onaga o'tadi deb hisoblanadi. Hamma yuksak tuzilgan o'simliklar va hayvonlarda, shu jumladan odamda ham achish saqlanib qolgan bo'lib, ikki tomonlama vazifani bajaradi. U hosil bo'lgan oraliq mahsulotlarning aerob oksidlanishi bilan yakunlanadigan energetik resurslar parchalanishining boshlang'ich bosqichi hamda energiya ishlab chiqarishning qo'shimcha usuli hisoblanadi. Hujayrada anaerob usulda energiya hosil bo'lishining asosiy manbai geksozalar, avvalo D-glyukoza bo'lib xizmat qiladi (ayrim mikroorganizmlar pentozalar, aminokislotalar, yog' kislotalarini ham achitish xossasiga ega). Uglevodlar parchalanishining bir-biridan va oxirgi mahsulotlari bilan farq qiluvchi bir nechta yo'llari mavjud: GLYUKOZA Sut kislota etanol (spirtli achish) propion kislota moy kislota (sut-kislotali (propion kislotali (moy kislotali achish yoki achish) bijg'ish) glikoliz) 2. Glikoliz va uning biologik ahamiyati. Glyukoza hujayraning asosiy yoqilg'isidir, u glikogen shaklida zahira modda sifatida saqlanadi, muskullar harakatida juda tez o'zlashtiriladi. Glyukozaning glikogen yoki glyukozadan boshlanib, ikki molekula pirouzum kislota va ATF molekulalarining hosil bo'lishi bilan tugaydigan anaerob parchalanishi glikoliz deb ataladi. Glikoliz (yunoncha glykys - shirin va lyzis - parchalanish so'zlaridan olingan.) hujayra metabolizmi jarayonlari orasida eng yaxshi o'rganilganidir. Glikoliz aksari organizmlarda markaziy metabolik yo'llardan biridir. 1930 yilning o'rtalarigacha muskul va jigarda uglevodlar almashinuvi faqat glyukozadan boshlanadi deb hisoblanar edi. Ammo Ya.O.Parnasning mashhur ishlari tufayli muskullarda bu jarayon, asosan glikogenning fosfat kislota biriktirib parchalashi - fosforolizdan boshlanishi kashf etilgandan so'ng fanga glikogenoliz atamasi kiritildi. Glikoliz jarayonida glyukozaning 6 uglerodli molekulasi 11 ta ferment ishtirokida 2 ta uch uglerodli piruvat molekulalarigacha parchalanadi. Dastlabki 5 bosqich glikolizning tayyorlanish davrini tashkil etadi, bu ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
241.47 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
241.47 KB
Ko'rishlar soni
105 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: doc