Eng muhim kislotalarning ishlatilishi

Eng muhim kislotalarning ishlatilishi

O'quvchilarga / Kimyo
Eng muhim kislotalarning ishlatilishi - rasmi

Material tavsifi

Eng muhim kislotalarning ishlatilishi Dars turi: yangi bilim, tushuncha hosil qiluvchi. Darsning maqsadi: Ta'limiy: o'quvchilarga eng muhim kislotalaming ishlatilishi haqida nazariy bilimlar berish. Tarbiyaviy: o'quvchilarga darsni xalq xo'jaligi, qishloq xo'jaligi va turmush bilan bog'lab kimyo faniga bo'lgan qiziqishini orttirish. Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning amaliy va nazariy kimyoga oid bilimlarini rivojlantirish. Darsda o'quvchilar egallashi lozim bo'lgan BKMlar : sulfat, xlorid, nitrat kislotalaming ishlatilish sohalari(bilim); kislotalaming xossalari, ishlab chiqarish va ishlatilish sohalarini ayta olish(ko'nikma); sulfat, xlorid, nitrat kislotalaming xalq xo'jaligida va kundalik turmushda ishlatilish sohalari haqida rasmli illyustratsiyalar tayyorlay olish(malaka). Dars usuli: interfaol, guruhlarda ishlash. Zukkolar bahsi, Klaster, Taqdimot, Illyustratsiya, Xotira mashqi . Dars uchun kerakli reaktivlar: xlorid kislota, nitrat kislota, sulfat kislota. Darsning jihozi: Kodoskop, ekran, slayd, tarqatmalar, kislotalaming ishlatilishi aks etgan ko'rgazmalar, texnika xavfsizligi plakati. Darsning borishi: I. tashkiliy qism.(l,5 daqiqa) Salomlashib, davomat aniqlanadi. Uyga vazifa so'raladi. O'quvchi: 7-amaliy mashg'ulot. Mis(II)-oksid va temir(II)-oksid bilan sulfat kislota orasidagi reaksiyani o'tkazganliklarini aytadi. Uyga vazifa testlarni bajarib kelish va xulosa yozish edi. O'qituvchi: Aziz o'quvchilar, har doimgidek darsimizni guruhlarga bo'linib, turli xil o'yinlar, boshqotirmalar, savol-javoblar, taqdimot, Xotira mashqi orqali olib boramiz. Har bir guruh o'ziga nom tanlab, sardor tayinlashadi . 1-guruh: Kimyogarlar 2-guruh: Tadqiqotchilar 3-guruh: Mo'jizakorlar II. O'tilgan mavzuni so'rab baholash(5 daqiqa). O'qituvchi: Darsimizni Zukkolar bahsi bilan boshlaymiz. O'tilgan mavzular yuzasida berilgan formulalarning nomlarini topmog'ingiz lozim. Sharti: kislotalar formulalarining nomini aniqlash 1-guruhga: 2-guruhga: 3-guruhga: Guruhlar natijalari e'lon qilinadi. Rag'batlantiriladi. O'qituvchi: Endi yangi mavzuni yozamiz. II. Mavzu: Eng muhim kislotalaming ishlatilishi (20 daqiqa). Reja: I. Sulfat kislota ishlatilishi. II. Xlorid kislota ishlatilishi. II. Nitrat kislota ishlatilishi. 1-guruh topshirig'i: Sulfat kislotaning xalq xo'jaligidagi ishlatilishi haqida ma'lumot bering? 2-guruh topshirig'i: Xlorid kislotaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati. 3-guruh topshirig'i: Nitrat kislotaning xalq xo'jaligidagi ishlatilishi. 1-guruh taqdimoti: 1-o'quvchi: Sulfat kislota moysimon suyuqlik, rangsiz, suvdan deyarli ikki marta og'ir, suvda yaxshi eriydi (sulfat kislotani ko'rsatadi). 2-o'quvchi: Sulfat kislota havo va har xil gazlarni quritishda, shuningdek, turli moddalar tarkibidagi suvni tortib olishda qo'llaniladi (sulfat kislotaning yog'ochga ta'siri). 3-o'quvchi: Konsentrlangan sulfat kislota teriga tushsa, terini kuydiradi. Shuning uchun, sulfat kislota bilan ishlaganda ehtiyot bo'lish zarur. Teriga va kiyimga tushishidan saqlanishi lozim (sulfat kislotaning qog'ozni kuydirishni ko'rsatadi). 4-o'quvchi: Sulfat kislotani suv bilan aralashtirganda juda ehtiyot bo'lish kerak, undan ko'p issiqlik ajralib chiqadi, uning eritmasini tayyorlaganda kislotani idish devori bo'ylab, tomizilgan holda sekinlik bilan suvga quyiladi. Aks holda kislota ustiga, suv quyilganda ular to'liq aralashib ulgurmasdan eritma qaynab ketadi va qaynoq aralashma shisha idishni yorib yuborishi va kiyimga, teriga, ko'zga sachrashi mumkin (texnika xavfsizligi plakatidan kislotani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.66 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.66 KB
Ko'rishlar soni 106 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga