Eramizdan avvalgi asrlarda kimyoviy hodisalar, kimyoviy element va metallar

Eramizdan avvalgi asrlarda kimyoviy hodisalar, kimyoviy element va metallar

O'quvchilarga / Kimyo
Eramizdan avvalgi asrlarda kimyoviy hodisalar, kimyoviy element va metallar - rasmi

Material tavsifi

Eramizdan avvalgi asrlarda kimyoviy hodisalar kimyoviy element va metallar to'g'risidagi ma'lumotlarni vujudga kelishi Reja: Qadimda Misrliklarda ximiyaning rivojlanishi. Xindlarning ximiya sanoatidagi qoldirgan amaliy ishlar. Uzoq Sharq xalqlarida ximiya. Juda qadimgi zamon madaniyatiga oid yodgorliklarni o'zidan keyin qoldirib ketgan xalqlar, birinchi navbatda, qadimgi Sharq xalqlari va O'rta dengiz soxillarida yashagan xalqlar: misrliklar, finkiyaliklar, yaxudiylar, eronliklar, vaviloniyaliklar, keyin esa arablar, greklar va rimliklar shular jumlasiga kiradi. Misrliklarda ximiya o'z zamoniga nisbatan olganda juda rivoj topdi. Olimlarning fikriga qaraganda, «ximiya» (chemia) degan so'zning o'zi ham Misrda paydo bo'lgan. Qadimgi grek yozuvchisi Plutarx «qora yer» (qora tuproq)da yashovchi Misr aholisi «xemlar» (chemi) deb ataganligini aytib o'tadi. Lekin bu so'zning kelib chiqishi boshqacha deb ham ko'rsatiladi; masalan, IV asrning alximik yozuvchisi Zosima ximiyani Xemes degan so'zdan kelib chiqqan deb hisoblaydi. Zosimaning fikricha, birinchi ximiya kitobining afsonaviy avtori, go'yo osmondan quvg'indi bo'lgan farishtadir deb atagan. Ayrim tadqiqotchilar ximiya so'zi «xima» degan grek so'zidan kelib chiqqan deb hisoblaydilar: metall quyma shunday deb atalar edi. Misrda ximiyaning nechog'lik yuksak rivojlanganini ko'rsatuvchi birinchi dalil, misrliklarning murdani moxirlik bilan mo'miyolaganliklaridadir, bu narsa olimlar xali ham tamom bilib olmagan sir bo'lib qolmoqda. Misrliklar juda kamolga etkazgan ikkinchi soha - bo'yoqlardir. Misrda buyumlar bo'yalgandan beri ming yillar (to'rt ming yildan ko'proq) o'tgan bo'lishiga qaramay, bo'yoqlari HOZIR ham o'zining tiniqligini saqlab turibdi. Misrliklar ishlatgan bo'yoqlarning ko'pi mineral bo'yoklar edi, lekin ular tabiiy organik bo'yoqlarni ham bilgan. Ularning ko'pginasi: purpur (qirmizi bo'yoq), indigo, alizarin - qadimgi madaniy dunyoda juda mashhur bo'lgan. Misrliklarda parfyumeriya, yani kosmetika moddalarini tayyorlash ham taraqqiy topgan edi. Masalan, ular qosh bo'yash uchun qora bo'yoqni turli xushbo'y yog' va moylarni, atir xidli suv va boshqalarni tayyorlay olganlar. Xiva shahrining 4500 yildan beri saqlanib kelayotgan qadimgi yodgorliklarida qulollar va shishasozlarning suratlari bor, arxeologik qazishlar natijasida esa eramizdan avvalgi 1700 yilga to'g'ri keladigan rang - barang shisha vazalar topildi. Misrliklar qulolchilik buyumlari ustiga sir berishni ham bilgan. Papiruslarni, yani yozuv qog'ozini tayyorlashni ular eramizdan 1600 yil ilgari bilar edi. Papiruslarni misrliklar boshqa mamlakatlarga ham chiqarar edi. Misrliklarning barcha fanlari, jumladan, endigina paydo bo'lib kelayotgan ximiya ham muqaddas hisoblanar edi. Ayrim kishilargina, yani braxmanlargina fan bilan shug'ullanardi. Fan hukmron sinfning siri hisoblanar va foydali hamda qimmatli xazina deb ehtiyot qilinar edi. Misrda o'tkazilgan qazish ishlarida to'g'ridan-to'g'ri ibodatxonalar bilan tutashadigan bir nechta ximiya laboratoriyasi topilgan. Lekin, shunday bulsada, har narsani bilishga intilgan bazi ajnabiylar misrliklarning ishonchiga sazovor bo'lib, Misr fani sirining bir qismni bilib olishga muvaffaq bo'ldilar. Grek donishmandlari - Solon, Pifagor, Demokrit, Gerodot va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.8 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.8 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga