Eritmalar haqida ma'lumot

Eritmalar haqida ma'lumot

O'quvchilarga / Kimyo
Eritmalar haqida ma'lumot - rasmi

Material tavsifi

Eritmalar haqida ma'lumot RYeJA: Erish jarayoni. Suyultirilgan eritmalar. Osmotik bosim va Vand-Goff qonuni. Erituvchi va eritma ustidagi bosimning temperaturaga qarab o'zgarishi. Raulg' qonuni. Elektrolitlarning eritmalari. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi. Erish jarayoni. D.I. Mendeleevning gidratlar nazariyasi. Qadimgi alximiklar Ximiya - tabiiy jismlarni qanday eritishni o'rgatadigan san'atdir, - deb yozgan edilar. Ximiya faniga berilgan bu ta'rif juda tor manoda bo'lsa ham, moddalarning ximiyaviy o'zgarishida erish jarayonini juda katta ahamiyati borligini ko'rsatadi. Tarkibida ikki yoki bir necha modda bor jinsli sistemalar eritmalar deyiladi. Erish jarayoni bir modda mlekulalari yoki ionlari orasida oddiy taqsimlanishidangina iborat bo'lib qolmay, balki ayni moddalar orasida turli xil fizik va ximik o'zaro ta'sirlar ham bo'lishi mumkin. Eritmada qaysi moddaning miqdori ko'p bo'lsa yoki qaysi modda o'z agregat holatini o'zgartirmagan bo'lsa shu modda erituvchi, qolgani esa erigan modda deyiladi. Eritmalar erigan modda zarrachalarining katta kichikligiga qarab chin eritmalar, kolloid eritmalar vaz dag'al dispers sistemalarga bo'linadi. Chin eritmada erigan modda zarrachalarining o'lchami 1 nonametr (10-6mm)dan kichik, kolloid eritmada 1 dan 100 nanometrgacha, dag'al dispers sistemalarda esa 100 nanometrdan katta bo'ladi. Eritmalar agregat holatiga ko'ra uch guruhga bo'linadi: gazlar aralashmasi (masalan, havo); suyuq eritmalar; qattiq eritmalar (masalan, mis bilan nikel qotishmasi, bu qotishmadan chaqa pul yasaladi). Xalq xo'jaligida, ayniqsa, qishloq xo'jaligida asosan, suyuq eritmalar bilani ish ko'rilganligi sababli biz suyuq eritmalarni batafsil ko'rib iqish bilan cheklanamiz. Suyuq eritmalarga gazlarning suyuqlikdagi, suyuqliklarning suyuqlikdagi vaz qattiq moddalaning suyuqlikdagi eritmalari kiradi. Eritmanging eng muhim xaraktg'eristg'ikasi uning kontsentratsiyasidir. Eritmaning muayyan miqdordagi erigan modda miqdori eritmaning kontsentratsiya deyiladi. Erigan moddaning miqdori eritmaning massasiga yoki xajmiga nisbatan olinishiga qarab og'irlik yoki xajmiy kontsentratsiya bo'ladi. Eritmaning og'irlik kontsentratsiyasi, odatda, prtsesslarda ifodalanadi yoki eritmaning zichligi bilan beriladi. Masalan, 100 grammida 10 g tuz vaz 90 g suv bor eritma 10% eritma deyiladi. Erigan moddaning massasi mollarda yoki 1 l eritmadagi gramm ekvivalentlarda berilganligiga qarab xajmiy kontsntratsiya molyarlik yoki normallik bilan ifodalanadi. Agar 1 l eritmada n mol erigan modda bo'lsa, xajmiy kontsentratsiya S = nv ga teng. Hajmiy kontsentratsiyasiga titr ham kiradi. 1 sm3 eritmadagi erigan modaning grammlar soni bilan ifodalanadigan vaz erigan modda molekulalarining qutblanganligi katta ta'sir etadi. Qutblanganlik shunday iboratki, ayrim moddalar molekulasida elektr zaryadli notekis taqsimlanganligi sababli molekulaning bmr qismida musbat zaryadlar, ikkinchi qismtida esa manfiy zaryadlar ko'payib qoladi. Molekulaning qutblanganlik darajasini tushuntirish uchun dipol degan tushuncha kiritiladi. Kattalik jihatidan teng, lekin ishorasi qarama-qarshi bo'lgan va bir-biridan malum l masofada turgan ikki elektr zaryad (e+ va e- dan iborat sistema) dipol deyiladi. Zaryadlar o'lchamining ular orasidagi masofaga ko'paytmasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.92 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.92 KB
Ko'rishlar soni 104 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga