Eritmalar haqida ta'limot Reja: 1. Erish jarayoni. Mendeleevning gidratlar nazariyasi 2. Suyultirilgan noelektrolit eritmalar. Osmotik bosim vaVant - Goff qonuni 3. Erituvchi va eritma ustidagi bosimning haroratga bog'liqligi. Raul qonuni 4 Izotonik koeffitsiyent. Elektroliz. Faradeyning 1 va 2 qonunlari 5 Bufer eritmalar Tayanch iboralar: dielektriklar; yarim o'tkazgichlar; elektroliz; elektr o'tkazuvchanlik; elektr yurituvchi kuch; ionlarning harakatlanish tezligi; solishtirma va ekvivalent elekt o'tkazuvchanlik; ionlarning harakatchanligi; Kolraush qonuni; elektr o'tkazuvchanlik koeffisiyenti; suvning ion ko'paytmasi; pH-vodorod ko'rsatgich; konduktometrik titrlash. 1. Erish jarayoni. Mendeleevning gidratlar nazariyasi Qadimgi kimyogarlar «Kimyo - tabiiy jismlarni qanday eritishni o'rgatadigan san'atdir»-deb yozgan edilar. Kimyo faniga berilgan bu ta'rif juda tor ma'noda bo'lsa ham, moddalarning kimyoviy o'zgarishida erish jarayonining juda katta ahamiyati borligini ko'rsatadi. Ulug‛ rus olimi M.V. Lomonosovning 1745 yilda nashr qilingan va fizik kimyoga doir dastlabki ilmiy ishi - dissertatsiyasi «Kimyoviy erituvchilarning ta'siriga doir»,-deb atalib, erish jarayoniga bag‛ishlangan edi. Erish jarayoni, sodda qilib aytganda, bir modda zarrachalarining ikkinchi modda zarrachalari orasida bir tekis taqsimlanishidan iborat, bunda eritmalar hosil bo'ladi. Tarkibida ikki yoki bir necha modda bor bir jinsli tizimlar eritmalar deyiladi. Erish jarayoni bir modda molekulalari va ionlarining boshqa modda molekulalari yoki ionlari orasida oddiy taqsimlanishidangina iborat bo'lib qolmay, balki ayni moddalar orasida turli hil fizik va kimyoviy o'zaro ta'sirlar ham bo'lishi mumkin. Eritmada qaysi moddaning miqdori ko'p bo'lsa yoki qaysi modda o'z agregat holatini o'zgartirmagan bo'lsa shu modda erituvchi, qolgani esa erigan modda deyiladi. Eritmalar erigan modda zarrachalarining kattakichikligiga qarab chin eritmalar, kolloid eritmalar va dag‛al dispers tizimlarga bo'linadi. Chin eritmada erigan modda zarrachalarining o'lchami 1 nanometr (10-6mm) dan kichik, kolloid eritmada 1 dan 100 nanometrgacha, dag‛al dispers tizimlarda esa 100 nanometrdan katta bo'ladi. Eritmalar agregat holatiga ko'ra, uch guruhga bo'linadi: 1) gazlar aralashmasi (masalan, havo); 2) suyuq eritmalar; 3) qattiq eritmalar (masalan, mis bilan nikel qotishmasi, bu qotishmadan chaqa pul yasaladi). Xalq xo'jaligida, ayniqsa qishloq xo'jaligida asosan, suyuq eritmalar bilan ish ko'rilganligi sababli biz suyuq eritmalarni batafsil ko'rib chiqish bilan cheklanamiz. Suyuq eritmalarga gazlarning suyuqlikdagi, suyuqliklarning suyuqlikdagi va qattiq moddalarning suyuqlikdagi eritmalari kiradi. Eritmaning eng muhim tavsifnomasi uning kontsentratsiyasidir. Eritmaning muayyan miqdoridagi erigan modda miqdori eritmaning kontsentratsivasi deyiladi. Erigan moddaning miqdori eritmaning massasiga yoki hajmiga nisbatan olinishiga qarab og‛irlik yoki hajmiy kontsentratsiya bo'ladi. Eritmaning og‛irlik kontsentratsiyasi, odatda, protsentlarda ifodalanadi yoki eritmaning zichligi bilan beriladi. Masalan, 100 grammida 10 g Tuz va 90 g suv bor eritma 10 protsentli eritma deyiladi. Erigan moddaning massasi mollarda yoki 1 l eritmadagi gramm ekvivalentlarda berilganligiga qarab hajmiy kontsentratsiya molyarlik yoki normallik ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
123.73 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
123.73 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: docx