Eritmalar konsentratsiyalarini ifodalash usullari

Eritmalar konsentratsiyalarini ifodalash usullari

O'quvchilarga / Kimyo
Eritmalar konsentratsiyalarini ifodalash usullari - rasmi

Material tavsifi

Eritmalar konsentratsiyalarini ifodalash usullari Reja: 1.Eritmalar haqida tushuncha. 2.Eritmalarning konsentratsiyasini ifodalash usullari. 3.Elektrolitlar eritmalarida boradigan almashinish reaksiyalari. Ikki yoki ibir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb .ataladi. Odatda eng ko'p tarqalgan Eritmalar bu suyuq eritmalar bo'lgani uchun ko'proq shundaylarga to'xtaliniladi. Eritmalarning tabiatda ahamiyati juda katta. Odam va hayvonlarning ovqatni hazm qilish jarayoni bu eritma hosil bo'lishidir. Juda ahamiyatli fiziologik suyuqliklar (so'lak va boshqalar) eritmalardir. Nihoyat, kimyoviy reaksiyalarga asoslangan barcha ishlab n chiqarish jarayonlari har xil eritmalarni olishdan iborat. Har qanday eritma erigan moddadan yoki erigan har xil moddalar aralashmasidan va erituvchidan yoki har xil erituvchilar aralashmasidan iborat bo'ladi. Ba'zan qaysisi erigan modda va qaysisi erituvchi ekanligini aniqlash qiyin. Odatda, eritmaga o'tganda o'zining toza holdagi agregat holatini saqlab qoluvchi moddaga erituvchi deyiladi (masalan, tuz suvda eriganda suv erituvchi). Agar ikkala modda ham bir xil agregat holatda bo'lsa (masalan, spirt bilan suv aralashmasfi) u vaqtda ko'p miqdorda olingan modda erituvchi hisoblanadi. Erish jarayoni avval tez, keyinchalik esa uni tezligi kamaya boradi. Uning sababi shuki, bunda erish jarayoniga qarshi bo'lgan kristallanish ketadi; qattiq moddani erigan ionlari yoki molekulalari erishga ulgurmagan qismini sirtiga yaqinlashganda yana bog'lanib qoladi, ya'ni erjlgan modda kristallana boshlaydi. Ma'lum vaqtga kelib erish va kristallanishning tezliklari c'zaro tenglashib kojiadi. Ya'ni qattiq moddao erigan modda. Erish va kristallanish jarayonlari tezligi baravarlashgan eritmaga to'yingan eritma deyiladi. Agarda erishni tezligi kristallanishnikidan katta bo'lsa bunday eriimaga to'yinmagan eritma deyiladi. Eritmalarning konsentratsiyalarini ifodalash usullari. Eritmalarning konsentratsiyalarini, ko'pincha quyidagicha ifodalanadi: 1. Protsent konsentratsiya-100 gr eritmada erigan moddaning grammlar soni. Masalan, o'yuvchi natriyning 10 % li eritmasi deganda 100 gramida 10 gr NaOH hamda 90 g suv bor eritma tushuniladi. Ko'pincha eritmaning konsentratsiyasi uning zichlik qiymatiga qarab bilinadi, chunki ayni temperaturada eritmaning muayyan zichligiga eritma tarkibidagi muayyan miqdor modda to'g'ri keladi. Masalan, zichligi 1,2 gsm3 bo'lgan sulfat kislotada (1,2 · 103 kgm3) 15ºC temperaturada 27,27 % H2SO4 ya'ni 100g eritmada 27,27 g H2SO4 bo'ladi. zichlik bilan bog'liq bo'lgan hamma hisoblashlarda quyidagi bog'liqlikka asoslanish lozim. m = V · d bunda, m-eritmaning massasi; V-eritmaning hajmi; d-eritmaning zichligi. 2. Molyar konsentratsiya, boshqacha aytganda molyarlik-1 eritmada erigan moddaning gr-molekulalar (mollar) soni. Molyar konsentratsiya M harfi bilan belgilanadi. 1 litrida 1 mol erigan modda bor eritma bir molyar yoki to'g'ridan-to'g'ri molyar (1M) eritma deyiladi; agar 1 litrida 2 mol erigan modda bo'lsa, ikki molyar (2M), 1 litrida 0,1 mol erigan modda bo'lsa, detsimolyar (0,1M) eritma deyiladi va h.k. 3. Molyal konsentratsiya, boshqacha aytganda molyallik-100g erituvchida erigan moddaning gr-molekulalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 234.06 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 234.06 KB
Ko'rishlar soni 137 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga