Eritmalar termodinamikasi Reja: Umumiy tushunchalar. Partsial molyar kattaliklar. Ideal eritmalar. Raul qonuni va undan chetlanishlar. Ebulioskopik va krisokopik qonunlari. Elektrokimyoviy jarayonlar termodinamikasi. Eritmalar deb, ikki yoki undan ortiq komponentlardan tashkil topgan termodinamik barqaror gomogen sistemalarga aytiladi. Eritmalar gazsimon, suyuq va qattiq eritmalarga bo'linadi. Amalda ko'proq suyuq eritmalar uchraydi. Eritma erituvchi va erigan moddadan iborat, lekin termodinamik nuqtai nazardan eritmaning barcha tarkibiy qismlar bir xil bo'ladi. Erituvchi deb, odatda eritmadagi miqdori ko'proq moddaga aytiladi. Eritmaning muhim ko'rsatkichlariga uning tarkibi va komponentlar tarkibi kiradi. Suyuq eritmalar tabiati va xossalari jihatidan xilma-xil bo'lganligi uchun ularni miqdoriy jihatdan tavsiflash qiyin. Eritmalar haqidagi tushunchalarni rivojlanishi natijasida ikki xil nazariya vujudga kelgan. Fizik nazariya (S.Arrenius, V.Ostvald, Ya.Vant-Goff) ga ko'ra erish jarayoni erigan modda zarrachalarini erituvchi hajmida bir tekis tarqalishidan iborat. Erituvchi indifferent muhit vazifasini o'taydi. Kimyoviy nazariya (D.Mendeleev, I.Kablukov, N.Kurnakov) ga muvofiq eritma erituvchi, erigan modda zarrachalari va ularning o'zaro vodorod bog'lar yoki elektrostatik tortishuv kuchlari orqali bog'lanishidan tashkil topgan beqaror kimyoviy birikmalardan iborat sistemadir. Zamonaviy eritmalar nazariyasi yuqoridagi ikki nazariyani birlashtirib, erish jarayonini har xil qutblangan zarrachalarning o'zaro ta'sirlashuvi sifatida qaraydi. Molekulalarning qutbliligi elektr zaryadini notekis tarqalishidan kelib chiqadi. Molekulaning qutbliligi dipol elektr momenti bilan xarakterlanadi. Erituvchilar va erigan moddalar qutbli yoki qutbsiz bo'lishi mumkin. Spirtlar, kislotalar, efirlar, ketonlar va boshqalar qutbli erituvchilardir. Suv nisbatan katta dipol momentiga ega =0,61010-29 Klm) bo'lganligi uchun qutbli moddalarni yaxshi eritadi. Qutbsiz moddalar qutbli erituvchilar yomon, qutbsiz erituvchilarda yaxshi erishi aniqlangan. Qattiq moddalarni suyuqliklarda erish mexanizmi asosan uch bosqichdan iborat: 1) erituvchining qutbli molekulalarini erigan modda zarrachalari atrofida orientatsiyasi va ion-dipol bog'ining hosil bo'lishi; 2) eriyotgan moddadagi bog'larning uzilishi, yani kristall panjaraning buzilishi; 3) ionlarning eritmada solvatlanishi. 1- va 2-bosqichlarda energiya sarflanadi, 3-bosqichda esa energiya ajralib chiqadi. Erish issiqligi mazkur energiyalarning nisbatiga bog'liq. Erish jarayoni ekzotermik yoki endotermik bo'lishi mumkin. Komponentlardan eritma hosil bo'lishi bosim va temperatura ta'sirida ochiq sistemada o'z-o'zidan boradigan jarayon hisoblanadi. Bunday jarayon davomida Gibbs energiyasi kamayadi. Ideal eritma hosil bo'lishida Gibbs energiyasining o'zgarishi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: (1) xA-erituvchining molyar ulushi, xB-erigan moddaning molyar ulushi. xA va xB ning qiymatlari birdan kichik bo'lganligi uchun lnxA va lnxB, Ga ning qiymatlari manfiy bo'ladi. Ga ning qiymati o'z-o'zidan eritma hosil bo'lish ehtimolini ko'rsatadi. Misol. Ingalyatsion narkoz uchun 1 mol azot (I)-oksidi, 2 mol kislorod va 0,4 mol siklopropan 298 K da va 1,033105 Pa bosimda aralashtirilganda Ga ni hisoblang. Bunda eritma hosil bo'ladimi? yechish: har bir komponentning molyar ulushi aniqlanadi: 1 tenglamaga muvofiq Ga =3,48,31298[13,4ln(13,4)+23,4ln(23,4)+0,43,4ln(0,43,4)]=-7,78 kJ Demak, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.04 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
58.04 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: doc