Eritmalar va uning xossalari

Eritmalar va uning xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Eritmalar va uning xossalari - rasmi

Material tavsifi

Eritmalar va uning xossalari Reja: Eritmalar Osmos va osmotik bosim Eritmaning bug' bosimi Elektrolitlarning eritmalari Dissotsilanish darajasi Kuchsiz va kuchli elektrolitlar Eritma va gomogen sistema. Eritmalarning ahamiyati, eritma kontsentratsiyasi. Gazlarning eruvchanligi. Genri qonuni. Osmos hodisasi, osmotik bosim va eritma bug' bosimi. Raul qonuni. Elektrolitik dissotsilanish va dissotsilanish darajasi. Arrenius nazariyasi. Eritmalar Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq. yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi. Odatda eng ko'p tarqalgan Eritmalar bu suyuq eritmalar bo'lgani uchun ko'proq o'rganiladi. Eritmalarning tabiatda ahamiyati juda katta. Odam va hayvonlarning ovqatni hazm qilish jarayoni bu eritma hosil bo'lishidir. Juda ahamiyatli fiziologik suyuqliklar (kdh, so'lak va boshqalar) eritmalardir. Nihoyat, kimyoviy reaksiyalarga asoslangan barcha ishlab chiqarish jarayonlari har xil eritmalarni olishdan iborat Har qanday eritma erigan moddadan yoki erigan har xil moddalar aralashmasidan va erituvchidan yoki har xil erituvchilar aralashmasidan iborat bo'ladi. Bazan qaysisi erigan modda va qaysisi erituvchi ekanligini aniqlash qiyin. Odatda, eritmaga o'tganda o'zining toza holdagi agregat holatini saqlab qoluvchi moddaga erituvchi deyiladi (masalan, tuz suvda eriganda suv erituvchi). Agar ikkala modda ham bir xil agregat holatda bo'lsa (masalan, spirt bilan suv aralashmasi) u vaqtda ko'p miqdorda olingan modda erituvchi hisoblanadi. Nima sababdan moddalar bir-birida eriydi? Masalan, qattiq moddaning suyuq erituvchida erishi. qattiq moddani suyuq moddaga solganimizda uning ionlari yoki molekulalari bilan erituvchining molekulalari orasida qutbli yoki vodorod bog'lanishlar yuzaga keladi va qattiq moddani sirtidan molekulalar asta-sekin ajralib chiqa boshlaydi va erituvchida bir tekis tarqala boshlaydi, yani diffuziyalanadi. Qattiq modda sirtidan molekulalarni ajralib chiqishiga yana ularda doim bo'lib turadigan tebranma harakat ham sabab bo'ladi. Erish jarayoni avval tez, keyinchalik esa uni tezligi kamaya boradi. Uni sababi shuki bunda erish jarayoniga qarshi bo'lgan kristallanish ketadi; qattiq moddani erigan ionlari yoki molekulalari erishga ulgurmagan qismini sirtiga yaqinlashganda yana bog'lanib qoladi, yani erigan modda kristallana-boshlaydi. Malum vaqtga kelib erish va kristallanishning tezliklari o'zaro tenglashib qoladi. Yani qattiq modda erigan modda. Erish va kristallanish jarayonlari tezligi baravarlashgan eritmaga to'yingan eritma deyiladi. Agarda erishni tezligi kristallanishnikidan katta bo'lsa bunday eritmaga to'yinmagan eritma deyiladi. Bir xil erigan moddadan va bir xil erituvchidan kontsentratsiyasi har xil bo'lgan eritmalar tayyorlash mumkin. Eritmaning kontsentratsiyasi deganimizda malum bir sharoitda erituvchida erigan moddaning miqdorini tushunamiz. Umuman qattiq moddalarni erituvchilarda, masalan, suvda erishligi ularning kristall panjaralarini energiyasiga bog'liq. Odatda kristall panjarani energiyasi qancha ko'p bo'lsa, moddani erishi shuncha qiyin bo'ladi. Ko'pchilik hollarda harorat ko'tarilishi bilan qattiq moddani eruvchanligi oshadi. Chunki kristallardagi zarrachalarni tebranish harakati kuchayadi. Masalan, tuzlarda kristallarni tashkil qiluvchi ion-larning tebranish harakati oshib, ionlar oson uziladi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.25 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.25 KB
Ko'rishlar soni 121 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga