REJA: Eritmalar haqida umumiy tushuncha. Kolloid eritmalar. Eritmalar kontsentratsiyasini ifodalash usullari. to'yingan eritma va eruvchanlik. Eritmalarning xossalari. Osmotik bosim- qonunlari Eritmalarning bug' bosimi. Eritmalar. Dispers sistemalar. Eritmalarning xossalari. Osmos hodisasi. Vant-goft va raul qonunlari Eritmalar haqida umumiy tushuncha. Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi. O'z agregat holatini eritmaga o'tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi. Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddaning protsent miqdori 0 dan 100% gacha bo'ladi. Masalan: N3 SO4 C2 H5 OH lar suvda chegarasiz eriydi. Lekin juda ko'pchilik moddalarni temperaturada ma'lum chegaraga qadar eriydi. Masalan: uy temperaturasida osh tuzi suvda yeriganida uning miqdori 26, 48% dan ortmaydi. Eritmalarning fizik xossalari t, qaynash erigan modda miqdori ortuvi bilan o'zgaradi. Eritmalarning ximiyaviy xossalari eruvchi modda miqdori ortishi bilan kam o'zgaradi. Eritmalar ionli va jonsiz tabiat uchun muhim ahamiyatga ega, ayniqsa fan va texnika katta rol oynaydi. Hayvon va o'simlik organizmidagi fiziologik protsesslar, sanoatda olinadigan ishqorlar asosan eritmalarda sodir bo'ladi. Kolloid eritmalar. Kristallik tuzilishga ega bo'lgan moddalar kristalloidlar deb, amorf massa hosil qiladigan moddalar kolloidlar deb ataladi. Kolloid grekcha «kolla» so'zidan olingan bo'lib yelim demakdir. Kristalloidlar osh tuzi, shakar va boshqalar misol bo'la oladi. Kolloidlarga esa yelim, jelatina, tuxum oqi va boshqalar misol bo'la oladi. Keyingi vaqtda kolloidlar deb optik mikroskop bilan ko'rinmaydigan zarrachalarga aytilmoqda. Zarrachalar razmeri 1 panometrdan 400 ponometrgacha bo'lgan moddalar holatiga (1 ponometr = 10-2 metr = 10-7 santimetr) moddelarning kolloid holati deb aytiladi. Bir modda ikkinchi modda ichida ma'lum darajada mayda zarrachalar holida taqsimlangan har qanday sistema dispers sistema deb ataladi (dispers grekcha «disperg» so'zidan olingan bo'lib tarqatmoqda). Maydalangan modda sistemaning dispers fazosi deb, uni urab olgan modda esa dispertsion muhit deb ataladi. Masalan: gilning suvdagi suspenziyasida gil zarrachalari dispers fazoni, suv esa disperzitsion muhitni tashkil etadi. Dispers sistemalar har xil bo'ladi, chunki ularning fa'zolari moddalarning uch agregat holatining istagan holatida bo'lishi mumkin. Dispertsion muhit gaz bo'lgan dispers sistemalar aerozollar deb ataladi. Bulut, chang va tutunlar aerozollarga misol bo'ladi. Kolloid eritmalar yoki zollar deb ultramikroskop yordamida paykaladigan zarrada kichik bo'lgan dispers sistemalarga aytiladi. Kolloid eritmalar ba'zi moddalarni, masalan, oqsil, jelatina va shunga o'xshash moddalarni suvga uzoq vaqt tegib turishi natijasida hosil qilinadi. Ba'zi moddalarning kolloid eritmalarini hosil qilish uchun, ular suyuqlikka qo'shib ezg'ilanadi. Ximiyaviy reaksiyalar natijasida ham kolloid eritmalar hosil bo'ladi. Masalan: arsinat kislota eritmasiga ma'lum vaqt vodorod sulfat yuborib turilsa. 2H3 AsO3 + 3H2S = As2S3 + 6H2O mishyak (II) - sulfitning oltindan sariq tiniq zoli (kolloid eritmasi) hosil bo'ladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
247.25 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
247.25 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: ppt