Eritmalar. Eritmada erigan moddaning massa ulushi, foiz, molar konsentratsiyasi 7-sinf Kimyo darsligi asosida 31-mavzu Reja: 2 3 4 Eritmalar 1 Eritmada erigan moddaning massa ulushi Tuproqning suvli eritmasini tayyorlash Eritmalarning inson hayotidagi ahamiyati Eritma - erituvchi, erigan modda va ularning o'zaro ta'sirlashuv mahsulotlaridan iborat bir jinsli tuzilmadir. Eritmada modda molekula yoki atom o'lchamlarida bo'lgani uchun erituvchi molekulalari orasida taqsimlangan va tarqalgan bo'ladi. Bu eritma tiniq, filtrdan o'tganda hech narsa qolmaydi. Bunday eritmalar haqiqiy eritmalar deb ataladi. Eritmalar suyuq, qattiq, gazsimon bo'ladi. Suyuq eritmalarga: tuz, qand, spirtning suvdagi eritmasi; qattiq eritmalarga: metallarning qotishmalari, tilla buyumlar, duralumin; gazsimon eritmalarga: havo yoki gazlarning boshqa aralashmalari misol bo'ladi. tuz qand Eritmalar hosil bo'lishida issiqlik yutilishi yoki chiqishi kuzatiladi. Eritmalar elektr tokini o'tkazishi yoki yaxshi o'tkazmasligi mumkin. Eritmalar mexanik aralashmalarning ham, kimyoviy birikmalarning ham xossalariga ega bo'ladi. Eritmaning massasi, hajmi va zichligi asosidagi bog'lanish quyidagi formulaga mos keladi. m = V ⋅ ρ. Bunda m - eritma massasi, V - eritmaning hajmi, ρ - eritmaning zichligi. Eritmalar inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Eritmalarning eng katta sinfi, albatta, suvli eritmalardir. Tirik organizmlar hujayrasining asosiy komponenti suvli eritmalar bo'lib, ular tiriklikni ta'minlovchi hayotiy jarayonlar borishi uchun muhit yoki bevosita ishtirokchi sifatida ahamiyatga ega. Turli moddalarning suvli eritmalari inson hayotini turli qulayliklar bilan ta'minlashda keng ishlatiladi, masalan, kislota va asoslar eritmalari oddiy energetik akkumulatorlarda qo'llanilib, harakat vositalari, avtomobillarni elektr energiyasi bilan ta'minlash imkonini beradi. Suv tibbiyotda turli dorivor eritmalar tayyorlashda qo'llaniladi. Oddiy minerallashtirilgan suv har xil dorivor tuzlar eritmasi bo'lib, bir qancha kasalliklarni davolash, oldini olish uchun iste'mol qilinadi. Turli xil spirtlardan tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari, dorivor preparatlar, turli mexanizmlarni sovitishda ishlatiladigan antifrizlar turmushda keng foydalaniladi. Tuproq ko'pincha kislotali muhitga ega bo'lib, qishloq xo'jalik ishlarida kislotali tuproq ohak yordamida neytrallanadi, ba'zida esa ortiqcha olingan ohak tuproqning ishqorlashishiga olib keladi. Bir kun turgandan so'ng probirka tubidagi cho'kmani qo'zg'atib yubormagan holda tinib qolgan eritmadan pipetka yordamida 5 ml olinadi va boshqa probirkaga quyiladi. Tuproq eritmasini filtrlash yo'li bilan olish. Filtr qog'oz tayyorlang, tayyorlangan filtrni shtativ halqasiga o'rnatilgan stakanga qo'ying. Sekin astalik bilan tuproqning suvli eritmasini qo'ying. Tuproqni suvda erimaydigan qismi filtrda qoladi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.53 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.53 MB
Ko'rishlar soni
100 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: pptx