MAVZU: Eritmalar. Noelektrolitlar Reja: Eritmalar haqida ma'lumot Erish jarajoning mexanizmi Qattiq va gaz moddalarining eruvchanligi Osmos hodisasi. Vant-Goff qonuni Eritmalarning bug' bosimi Raul qonunlari Noelektrolit eritmalar Ikki yoki bir necha komponentdan iborat qattiq yoki suyuq gomogen sistema eritma deb ataladi. O'z agregat holatini eritmaga o'tkazadigan modda erituvchi hisoblanadi. har qanday eritma erituvchi va eruvchi moddalardan iborat bo'ladi. Moddalar chegarasiz eriganida eritmada erigan moddaning foiz miqdori 0 % dan 100 % gacha bo'ladi. Bunday hollarda eruvchi va erituvchi orasidagi ayirma yuqoladi. Bulardan istaganimizni erituvchi deb qabul qilishimiz mumkin. Lekin juda ko'pchilik moddalar ayni temperaturada ma'lum chegaraga qadar eriydi. Masalan, uy temperaturasida osh tuzining suvdagi eritmasi NaCL ning miqdori hech qachon 26.48% dan ortmaydi. Eritmalarning fizikaviy xossalari (masalan, qaynash temperaturasi) erigan modda miqdori ortuvi bilan o'zgaradi. Ko'pincha, eritma hosil bo'lganda xajm va energetikaviy o'zgarishlar yuz beradi. Ko'pchilik moddalar eritmalarning kimyoviy xossalari eritmada eruvchi modda miqdori ortishi bilan kam o'zgaradi. Dispers sistemalar. Bir modda ichida ikkinchi bir modda zarrachalarining bir tekisda tarqalishiga dispers sistema deyiladi.dispers sistema dispers faza va dispersion muhitdan tashkil topgan. Dispers sistemalar 3xil bo'ladi: 1.O'ta nozik dispers sistemalar 2.Nozik dispers sistemalar. 3.Dag'al dispers sistemalar. Ikkita bir-birida erimaydigan suyuq moddalar o'zaro maydalangan dispers holatdagi aralashma -emulsiya hosil qilishi mumkin (bunday sistemaga mayda yog' tomchilarining suvda tekis tarqalgan holati - sutni misol keltirish mumkin). Bunday dispers sistemalardagi zarrachalarning diametri 100 nm katta bo'lishi mumkin. Maydalangan qattiq modda suyuqlikda tarqalgan sistemalar suspenziyalar deyiladi. Masalan: bo'rning qattiq kukuni suvda chayqatilsa suspenziya bo'ladi. Agar dispers sistemadagi zarrachalar 100 nm dan kamroq bo'lsa, ularni mayin dispers sistemalar deb ataladi. Umuman olganda diametri 1-100 nm oralig'idagi mayin dispers sistemalar turg'un bo'lib, o'lchami 100 nm dan kattaroq bo'lgan dag'al dispers sistemalar qisqa vaqtda o'z gomogenligini yo'qotishi mumkin. Dispers sistemalarda agregat holatlari uch xil (gaz, suyuq yoki qattiq) bo'lib, ular o'zaro aralashganda to'qqiz xil sistemalar tashkil qiladi. Dispers muhit va dispers fazaning qaysi agregat holatidan qat'i nazar dispers sistemalarni uchta guruhga chin eritmalar, kolloid va dag'al dispers sistemalarga bo'linadi. -chin eritmalarda dispers faza molekulyar yoki ion holdagi zarrachalardan iborat; o'lchamlari (kattaliklari) bir-biriga yaqin; ular uzoq vaqt davomida turg'un, dispers muhit va dispers faza bir-biridan ajralishi (tashqi muhit ta'siri bo'lmagan holatda) kuzatilmaydi; dispers faza zarrachalarining diametri 1 nm dan katta bo'lmaydi; zarrachalarni hatto ultramikroskop yordami bilan ham ko'rib bo'lmaydi; zarrachalar cho'kmaydi va barcha filtrlardan o'tib ketaveradi; -kolloid sistemalarda dispers faza zarrachalari yuzlab, ba'zan molekula yoki ionlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin; sistema bir jinsli bo'lsa ham dispers faza zarrachalari bilan dispers ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
474.75 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
474.75 KB
Ko'rishlar soni
88 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: ppt