Eritmalar. Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlash. Qayta kristallash usuli bilan moddalarni tozalash

Eritmalar. Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlash. Qayta kristallash usuli bilan moddalarni tozalash

O'quvchilarga / Kimyo
Eritmalar. Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlash. Qayta kristallash usuli bilan moddalarni tozalash - rasmi

Material tavsifi

Eritmalar. Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlash. Qayta kristallash usuli bilan moddalarni tozalash Reja: Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlash Moddalarni qayta kristallga tushirish usuli bilan tozalash Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlash Ikki yoki undan ortiq moddalardan tarkib topgan gomogen sistema eritma deyiladi. Bunda bir erigan modda boshqa bir moddada - erituvchida bir tekis tarqalgan bo'ladi. Moddalar erigan vaqtda issiqlik chiqadi (musbat issiqlik effekti) yoki issiqlik yutiladi (manfiy issiqlik effekti) va hajm o'zgaradi. Erish vaqtida erigan moddaning zarrachalari erituvchining molekulalari bilan birikib noaniq tarkibli va ma lum darajada beqaror ya ni so'l'vatlar hosil qiladi. Agar eruvchi suv bo'lsa bu birikmalar gidratlar deyiladi. Erigan moddalarning va erituvchining molekulalari qancha polyar bo'lsa, so'lvatlar shuncha oson hosil bo'ladi va shuncha barqaror bo'ladi. Ba zan suv molekulalari erigan moddaning zarrachalari bilan shunchalik puxta bo'g langan bo'ladiki, eritmadan bu modda kristall holida ajratib olinganda uning tarkibiga suv kirib qoladi. Tarkibida suv bo'ladigan kristallar deb, ular tarkibiga kiradigan suv va kristalizatsiya suvi deb ataladi. Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlashga oid tajibalar Kerakli jihozlar:Texnokimyoviy tarozi va uning toshlari, barometr, termometr, qisqichli va halqali shtativ, garelka, o'lchov slindrlari, byuretka, eksikator, chinni xovancha, probirkalar, shoxdan qilingan qoshiq, pinset. Reaktiv va materiallar: 1. Yod, o'yuvchi natriy NaOH, ammoniy nitrat NH4NO3, kaliy nitrat KNO3, natriy nitrat NaNO3, natriy giposulfit Na3S2O3-5H2O, natriy sulfat Na2SO410H2O, natriy atsetat CH3COONa-3H2O, natriy xlorid NaCl, suvsiz mis sulfat CuSO4, benzol C6H6, etil spirt C2H5OH, glitserin C3H8O3, filtr qog oz, paxta, cho'p, fenol. Erish issiqligi ikkita probirkadan birining 13 qismiga suv qo'ying va temperaturasini o'lchang. Birinchi probirkada 2-3g ammoniy nitrat soling, termometr bilan ehtiyot bo'lib aralashtiring va eng past temperaturasini belgilab oling. Ikkinchi probirkaga o'yuvchi natriyning bir necha bo'lagini tashlang va chayqatishdan keyin eng yuqori temperaturasini belgilab oling. Bu moddalarning erishida qanday issiqlik effekti kuzatiladi? 2- . Erish vaqtida hajmning o'zgarishi. Probirkaga (13 qismiga) suv qo'ying va shuncha hajmda spirt qo'shing (ehtiyot bo'ling). Suyuqlikning probirkadagi sathini rezina halqa bilan belgilab qo'ying. Probirkani probka bilan berkiting va ichidagilarni yaxshilab aralashtiring. Eritma sovigandan so'ng sathining pasayishini kuzating. Kuzatilgan hodisaning sababini izohlang. 3- . Eritmada molekulyar holat: a) Yod kristallaridan 2-3 donasini probirkada qizdiring. Yod binafsha rangli bug ga aylanadi. Bug' holidagi moddaning darajasi qanday? b) ikki probirkaga yod kristallaridan 1-2 donasidan soling. Birinchi probirkaga ozroq benzol, ikkinchi probirkaga ozroq spirt solib chayqating, erigandan so'ng birinchi probirkada binafsha rangli, ikkinchi probirkada qo'ng'ir rangli eritma hosil bo'ladi. Eritmalarning har xil rangli bo'lishiga sabab shuki polyar bo'lmagan benzol molekulalari yod molekulalari bilan birikmaydi, polyar bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.79 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.79 KB
Ko'rishlar soni 79 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga