Etilen Reja: Etilen va uning olinishi Etilenni analizi Etilenning kimyoviy xossalari Etilen va uning olinishi. Etilen alximiklarga qadim zamonlrdan ma'lum bо'lgan. XVII asrning oxirlarida bir guruh kimyogarlar uning xossalarini о'rgangan, Dalton esa tuzilishini isbotlagan. Etilen monomer sifatida 1930-1940 yillarda keng qо'llanila boshlandi. Buning sababi shundaki, izolyatsiyalovchi material sifatida qо'llanilib kelingan polivinilxlorid asosan Germaniyada ishlab chiqarilib, ma'lum sabablarga kо'ra eksport qilish tо'xtatilgan edi. Shuning uchun etilendan yuqori bosimda polietilen olina boshlandi va uning dielektrik va izolyatsiyalovchi xossalari о'rganildi. Hozirgi vaqtda esa uning boshqa kо'plab muhim xususiyatlari ham ma'lum. Etilen olishning juda kо'plab usullari mavjud. Etilen juda yuqori haroratda (200 0S da) uglerod va vodoroddan ham hosil bо'ladi. Undan tashqarii u neft, tabiiy gaz va atsetilendan ham olinishi mumkin. Neftni va neft mahsulotlarini yuqori haroratda qayta ishlashda hosil bо'lgan gazlar tarkibida ancha miqdorda etilen bо'ladi. Ayniqsa neftni gaz fazali krekingda neft va suv bug'i aralashmasi 550-600 0S da katalizator, jumladan temir oksiddan о'tkaziladi, hosil bо'lgan uglevodorod gazlari tarkibida 27% gacha etilen bо'ladi. Shuningdek 880 0S da tabiiy gazning piroliz jarayonida ham 30% gacha etilen olinadi. Etilen bu usullardan tashqarii etan va propan aralashmasini degidrogenlash yо'li Bilan, etanni 600-650 0S da suv bug'i ishtirokida havo kislorodi yordamida oksidlab ham olinadi. Jarayonda katadizator sifatida temir oksidi (70%) va xrom oksidi (30%) dan tayyorlangan katalizator qо'llaniladi. Etilen yuqori unum Bilan etan va propandan yoki ularning aralashmasidan «avtotermik kreking» usulida olinadi. Bu usulning mohiyati shundaki, boshlang'ich uglevodorodlar inert gaz Bilan suyultirilgan holatda shunday miqdordagi havo Bilan aralashtiriladi, ularni yoqilganda ajralib chiqadigan issiqlik kreking jarayonini amalga oshiradi. Etilen atsetilenni qisman gidrogenlash yо'li bilan ham sanoatda ishlab chiqariladi. Jarayon atmosfera bosimida yoki bir oz yuqori bosimda olib boriladi. Yuunda boshlang'ich moda - atsetilen katalizatorni zaharlovchi moddalardan о'ta darajada toza bо'lishi kerak. Dastlab atsetilen xlorli suv bilan, keyin esa ishqorning suyultirilgan eritmasi bilan yuvuvchi qurilmalarda yuviladi va quritiladi. Ishlatiladigan vodorod ham katalizator zaharlaridan toza bо'lishi kerak. Reaktorda tо'rsimon tо'siqlarda katalizator-kremniy oksidi sirtiga palladiy joylashtiriladi. Atsetilen va vodorod aralashmasi 200 0S gacha qizdiriladi, reaksiya davomida esa 180-230 0S oraliqda ushlab turiladi. Reaktordan chiqqan mahsulot 80% bug' va 20% gazdan iborat bо'ladi. Gaz holatdagi mahsulot esa 50-60% etilen, 3% etan, 3% azot, 0,8% atsetilen va 30% vodoroddan iborat bо'ladi. Mahsulot sovitiladi va suvdan ajratib olinadi. Atsetilendan olingan etilen polimerlanish reaksiyasi uchun ishlatilmaydi, lekin stirol olish uchun foydalaniladi. Etan-propan fraksiyasidan etilen ishlab chiqarishda, bu gazlar aralashmasiga oz miqdorda suv bug'i g'о'shiladi va 750-800 0S da qisqa vaqt ushlab turiladi. Tezda sovitilgandan keyin ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
563.66 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
563.66 KB
Ko'rishlar soni
97 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:34 ]
Arxiv ichida: doc