Fazalar qoidasi Reja: Fazalar qoidasini keltirib chiqarish. Bir komponentli sistemalar. Ikki komponentli sistemalarning kristallanishi diagrammalarining turlari. Uch komponentli sistemalar. Termodinamik sistemaga kiruvchi moddalar bitta yoki bir nechta fazalar hosil qilib, har xil agregat holatlarda bo'lishi mumkin. Bir nechta fazadan tashkil topgan sistema geterogen faza va bunday sistemada vujudga kelgan muvozanat geterogen yoki fazaviy muvozanat deyiladi. Geterogen sistemadagi fazaviy muvozanat malum shartlar bilan xarakterlanadi, yani sistemaning hamma fazalarida temperaturaning bir xilligi bilan, bosimning tengligi bilan va fazalardagi har bir komponentning kimyoviy potentsiali bir xilligi bilan. TI=TII=…TF pI= pII=…pF I= II=…F Faza (F)-geterogen sistemaning ajratish sirti bilan chegaralangan va tashqi ta'sir bo'lmaganda o'zining har bir nuqtasida bir xil kimyoviy, fizik va termodinamik xossalarga ega bo'lgan qismidir. Har bir faza gomogen bo'ladi, lekin uzluksiz bo'lmaydi, yani alohida kristallardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Sistemadagi fazalar soniga ko'ra bir fazali, ikki fazali, uch fazali va ko'p fazali sistemalar farqlanadi. Sistema bir yoki bir nechta komponentdan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Komponent deb, sistemaning tarkibiy qismi bo'lgan, sistemadan ajratib olish mumkin bo'lgan va mustaqil mavjud bo'la oladigan individual kimyoviy moddaga aytiladi. Komponentlar soni (K) deb termodinamik sistemaning barcha fazalarini hosil qilish va istalgan fazaning tarkibini matematik ifodalash uchun zarur bo'lgan individual kimyoviy moddalarning eng kichik soniga aytiladi. Komponent ta'rifidan va komponentlar sonidan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: Har bir komponent boshqa komponentlarda mustaqil ravishda o'zgara oladi va mavjud bo'la oladi. Komponentlar sonini aniqlashda sistemaning barcha tarkibiy qismi hisobga olinmaydi. Masalan, osh tuzining suvli eritmasida bir nechta turdagi zarrachalar (H2O, NaCl, H+, Na+, Cl-, OH-) bo'lishiga qarmasdan ikkita komponent - H2O, NaCl mavjud. Agar sistemani tashkil qiluvchi moddalar o'zaro ta'sirlashmasa, komponentlar soni K sistemadagi moddalar soni R ga teng. Kimyoviy reaktsyalarda K ning qiymati R dan bog'lar soni g ga kichik. g kattalik reaksiyaning mustaqil tenglamalari soniga teng. Masalan, CaCO3 = CaO + CO2 sistemada g=1, K=3-1=2. Komponentlar soniga ko'ra birkomponentli, ikkikomponentli va h.k. sistemalar mavjud. Sistemaning holati erkinlik darajalari (variantligi) soni bilan xarakterlanadi. Erkinlik darajalari soni (C) - bu sistemaning holatini belgilovchi termodinamik parametrlar soni bo'lib, ularni sistemadagi fazalar sonini o'zgartirmagan holda ixtiyoriy (bir-biridan mustaqil ravishda) o'zgartirish mumkin. Bunday parametrlarga tashqi omillar (temperatura, bosim) va ichki omillar (komponentlar kontsentratsiyasi) kiradi. Erkinlik darjalari soni bo'yicha sistemalar invariant (C=0), monovariant (C=1), bivariant (C=2) va h.k.larga bo'linadi. Masalan doimiy bosimda tuzning to'yingan eritmasi bitta erkinlik darajasiga ega. Har bir istalgan temperaturaga to'yingan eritmaning qatiy belgilangan kontsentratsiyasi muvofiq keladi. Tashqi parametrlar o'zgartirilganda sistemadagi muvozanat buziladi, bunda komponentlar kontsentratsiyasi o'zgaradi yoki eski fazalar ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.74 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.74 KB
Ko'rishlar soni
124 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:34 ]
Arxiv ichida: doc