Fenollar va aromatik spirtlar. Olinishi va xossalari

Fenollar va aromatik spirtlar. Olinishi va xossalari

O'quvchilarga / Kimyo
Fenollar va aromatik spirtlar. Olinishi va xossalari - rasmi

Material tavsifi

Fenollar va aromatik spirtlar. Olinishi va xossalari 10-sinf Kimyo fani darsligi asosida 23-mavzu Ochiq zanjirli uglevodorodlar kabi aromatik uglevodorodlarni ham gidroqsilli hosilalari bor. Bu birikmalarda gidroqsil guruhlar yon zanjirdagi uglerod atomlariga yoki benzol halqasidagi uglerod atomlariga birikkan bo'lishi mumkin. Tarkibida OH guruh bor bo'lgan aromatik halqali birikmalarni ikki guruhga ajratish mumkin. 1.Gidroqsil guruhi benzol halqasidagi uglerodga bevosita birikkan birikmalarni fenollar deyiladi. 2.Gidroqsil guruh benzol halqasining yon zanjiridagi uglerodga birikishidan hosil bo'lgan birikmalarga aromatik spirtlar deyiladi. Fenollar Tarkibidagi OH soniga qarab bir atomli, va ko'p atomli fenollar bo'lishi mumkin. OH guruhning benzol yonaki zanjiridagi uglerod atomiga bog'lanishi natijasida hosil bo'lgan moddalarni aromatik spirtlar deyiladi. Masalan, benzyl spirt, 2 - fenil etanol. Olinishi. 1. Sanoatda fenol xlorbenzolni katalizator ishtirokida o'yuvchi natriyni eritmasi ta'sirida gidrolizlab olinadi. C6H5Cl + NaOH C6H5OH + NaCl Fizik xossalari. Fenol o'tkir hidli suvda yomon eriydigan, rangsiz kristall modda. (C6H5O)3Fe Fenol kristallari Fenol eritmasi Fenol temir (II) xlorid bilan binafsharang moddani hosil qiladi, shuning uchun bu reaksiya fenolga sifat reaksiyasi hisoblanadi. Kimyoviy xossalari. Fenolda gidroqsil guruh benzol yadrosi bilan bevosita bog'langanligi uchun undagi elektron zichligi benzoldagi kabi teng taqsimlanmaganligi sababli fenollar benzolga qaraganda reaksiyaga oson kirishadi. 1. Fenollar spirtlar kabi natriy metalli bilan ta'sirlashganda, fenolyatlarni hosil qiladi va vodorodni ajratib chiqaradi. 2C6H5OH + 2Na 2C6H5ONa + H2 2. Spirtlardan farqli ravishda fenollar ishqorlar bilan ham reaksiyaga kirishadi. Bu fenolni kuchsiz kislotali xususiyatga ega ekanligini ko'rsatadi: C6H5OH + NaOH C6H5ONa + H2O 3. Fenollar bromli suv bilan ta'sirlashib 2,4,6-tribrom fenol (oq rangli cho'kma) hosil bo'ladi. Fenollar 4. Fenollar yetarli miqdorda nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib 2,4,6-trinitrofenol (pikrin kislotasi) hosil bo'ladi. Pikrin kislotasi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.05 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.05 MB
Ko'rishlar soni 114 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga