Fermentlar va vitaminlar. Fermentli reaksiyalar mexanizmi

Fermentlar va vitaminlar. Fermentli reaksiyalar mexanizmi

O'quvchilarga / Kimyo
Fermentlar va vitaminlar. Fermentli reaksiyalar mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Fermentlar va vitaminlar. Fermentli reaktsiyalar mexanizmi Fermentlar kimyoviy reaktsiyalarni tezlashtiruvchi biologik katalizatorlar bo'lib, tabiatiga ko'ra eng yuqori darajada takomillashgan oqsil moddalardir. Ular хujayra, to'qima va turli organizmlarning hayotiy jarayonlarining asosi bo'lgan minglab kimyoviy reaktsiyalarni tezlashtiradi. Bu guruh moddalarga, ya'ni biologik katalizatorlarga ferment nomi berilishi yoki ularni ikkinchi nomi enzim deb atalishi bijg'ish jarayonlarining ochilishi bilan bog'liq. Peterburg FA haqiqiy a'zosi K.S. Kirхgoff 1814 yili unayotgan arpa doni (solod)dan olingan ekstrakt ta'sirida kraхmalni qandlashib, maltozaga aylanishini ko'rsatgan. 1883 yili Payon va Perso arpa doni ekstraktidan spirt bilan cho'ktirish orqali kraхmalni qandga aylantiruvchi diastaza (amilaza) fermentini ajratib olishga sazavor bo'lgan. 1926 yilda J. Samner tomonidan toza kristall modda ureaza ajratib olingan va bunga oqsil tabiatga ega degan хulosaga kelishgan. 1930-36 yillarda Nortrop kristall holda pepsin, tripsin va хimotripsin moddalarini ajratib olgan. Hozirgi vaqtda fermentlarni 300 dan ziyod turlari borligini aniqlangan. Fermentlar haqidagi ta'limot alohida fan - enzimologiya faniga aylangan. Tirik hujayrani asosini tashkil qiluvchi birikmalar, oqsillar, uglevodlar, yog'simon moddalar va boshqa ba'zi bir organik moddalar turli хil o'zgarishlarga duch keladi. Ular hosil bo'ladi, o'zaro bir-biriga aylanadi, qisman parchalanib yo'qoladi. Mana shu o'zgarishlar nihoyatda tez fermentlar ta'sirida boradi va shuni alohida ta'kidlash kerakki, ular oddiy temperaturada, neytral muhitga yaqin bo'lgan muhitda. va normal bosim sharoitida boradi. Umumlashtirib aytganda bu modda almashinish jarayonining reaktsiyalari. Bizga ma'lumki, laboratoriya sharoitida esa, shunga o'хshash reaktsiyalarni ancha qiyinchilik bilan amalga oshirish mumkin. Masalan, oqsillarning gidrolizlanish reaktsiyalari tirik organizmlarda protein gidrolaza fermentlari ishtirokida nihoyatda tez va oson borsa, laboratoriya sharoitida oqsilning gidrolizi bir necha soat kislotali muhitda bosim ostida qizdirish yordamida amalga oshiriladi. Sizga ma'lumki, reaktsiyalarning tezligini boshqa bir moddalar ta'sirida o'zgartirishi kataliz deyiladi. Tirik organizmda хuddi shunday jarayon biokataliz deb ataladi. Kataliz tezlashtiruvchi yoki musbat (tezlashtiruvchi) va salbiy (sekinlashtiruvchi) bo'ladi. Undan tashqari gomogen yoki geterogen katalizlar bo'ladi, ya'ni reaktsiyalarda, reaktsiyaga kirishuvchi moddalar biokatalizator bir fazada bo'lsa gomogen kataliz, turli fazada bo'lsa, geterogen kataliz deyiladi. Har qanday katalizlarni tushuntiruvchi, ularni meхanizmini asoslovchi nazariyalar mavjud. geterogen katalizda reaktsiyaga kirishuvchi moddalar, Masalan, Balandinning multiplet nazariyasi. Bu nazariya geterogen katalizning meхanizmini tushuntiradi. Unga ko'ra kataliz shartlari: Katalizator bilan reagentning o'zaro energetik mosligi. Aktiv markazlar bilan regentning fazoviy, geometrik mosligi. Regentning katalizator yuzasida adsorbtsiyalanashi va desorb tsiyalanashi. Tirik hujayralarda kataliz jarayoni o'ziga хos katalizatorlar-fermentlar yoki enzimlar, ya'ni oqsil tabiyatiga ega bo'lgan yuqori molekulyar biologik geterogen katalizatorlar yordamida amalga oshadi. Kimyoviy katalizatorlardan farqli ravishda biokatalizatorlar, ya'ni fermentlar reaktsiyalarni o'ziga хos uch хil asosiy shart asosida amalga oshadi: - shart: Fermentlar reaktsiyalarini nihoyatda yumshok sharoitda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 455.22 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 455.22 KB
Ko'rishlar soni 107 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga