Fermentlar, ularning tuzilishi va xossalari, ta'sir etish mexanizmi

Fermentlar, ularning tuzilishi va xossalari, ta'sir etish mexanizmi

O'quvchilarga / Kimyo
Fermentlar, ularning tuzilishi va xossalari, ta'sir etish mexanizmi - rasmi

Material tavsifi

Fermentlar, ularning tuzilishi va xossalari, ta'sir etish mexanizmi Ma'ruza maqsadi Fermentlar - oqsil tabiatli, organizm modda amashinuvida ishtirok etuvchi biokatalizator-lardir. Fermentlar oqsilarga xos barcha xususiyatlarga ega bo'ladi va ularning katalitik funksiyasi asosida konformatsiyasini o'zgartira olish qobiliyati yotadi. Fermentlar tuzilishi, tasnifi, nomenkaturasi va aktivligining o'lchov birliklarini o'rganish bugungi ma'ruzaning asosini tashkil etadi. Kоrib chiqiladigan savollar Fermentlar haqida umumiy tushunchalar. Fermentlarning tuzilishi Fermentlarning tasnifi va nomenklaturasi Fermentativ reaksiyalar kinetikasi. Turli omillarning ferment aktivligiga ta'siri. Ferment aktivligini o'lchov birliklari Fermentlarning umumiy xarakteristikasi Fermentlar - bu oqsil tabiatli biologik katalizatorlar bo'lib, tirik organizmlarda fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning kechishini ta'minlab beradi. Ferment so'zi lotincha «Fеrmеntium» - achitqi so'zidan, u bilan birga ishlatiladigan enzym esa yunoncha еп - ichki, va zуте - achitqi (hamirturush) ma'nosini beradi. Shuning uchun fermentlar to'g'risidagi fan enzimologiya deb yuritiladi. Fermentlarning tuzilishi Huddi oqsillardek fermentlar ham oddiy va murakkabga bo'linadi. Oddiy yoki monomer (bir komponentli) fermentlar faqat oqsilli qismdan iborat bo'ladi. (Pepsin, tripsin, amilaza). Murakkab fermentlar uchamchi va to'rtlamchi tuzilishdagi (bir necha protomerlardan tuzilgan) oqsil bo'lish bilan birgalikda oqsilli qism (apoferment) dan tashqari oqsilsiz qism (kofaktor) ham tutadi. Fermentlar tuzilishi Apoferment fermentning maxsuslik xususiyatiga javobgar. Коfaktor oqsilning uchlamchi qurilishini barqarorlashtiradi, ferment-substrat komplementarlikni ta'minlaydi, hamda reaksiyalarda substrat (donor-akseptor) sifatida ishlatilishi mumkin. Oddiy va murakkab fermentlarning uchlamchi va to'rtlamchi tuzilishi tarkibida ma'lum vazifalarni bajaruvchi faol va allosterik markazlar hosil bo'ladi: Бошқарувчи суббирлик Коfaktorlar sifatida noorganik (metall ionlari, temir-oltingugurtli klasterlar va b.) yoki organik (flavin, gem va b.) moddalar qatnashishi mumkin. Оrganik kofaktorlar, ferment bilan mustahkam bog'langan bo'lsa prostetik guruh deb nomlanadi. Organik tabiatli kofaktorlar fermentdan oson ajraladigan bo'lsa, kofermentlar deb ataladi. Metall ionli kofaktorlar Metall ionlari quyidagi funksiyalarni bajaradi: А) substrat molekulasini stabilizatori; В) fermentning faol markazi stabilizatori; С) oqsil tabiatli fermentning konformatsiyasini stabillashtiradi. Geksokinaza ishtirokida glukozo-6-fosfat hosil bo'lishida Mg2+ ionlari substratning stabiliza-tori, ATF molekulasining faol markazga biriki-shi va mos oriyentatsiyasini, fosfodiefir bog'-larini kuchsizlantirib, ularning oson uzilishini va glukozaga tashilishini ta'minlab beradi Mg2+-ATF - kompleksi Коferment Коferment - bu fermentning to'g'ridan-to'g'ri substrat bilan ta'sirashadigan faol qismi hisoblanadi. Koferment oqsil qism bilan kovalent yoki nokovalent bog'lar bilan bog'langan bo'ladi Kofermentlarning kimyoviy tabiati va funksiyalari Vitamin hosilalari (В1, В2, В6, В12, С, Н va b.); Gem, sitoxromlar, katalazalar, peroksidazalar, guanilatsiklazalar, NO-sintazalar tarkibida fermentlarning prostetik guruhi sifatida; nukleotidlar - fosfat kislota qoldig'i donori va akseptori sifatida; Ubixinon, yoki koferment Q, elektron tashish zanjirida proton va elektron tashilishida; Fosfoadenozilfosfosulfat, sulfat qoldig'i tashilishida S-аdenozilmetionin (SAM) - metil guruh donori; glutation, oksidlanish-qaytarilish reaksiyaarida qatnashadi. Ferment faol markazi hosil bo'lishi Fermentlarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.68 MB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.68 MB
Ko'rishlar soni 157 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga