Fermentlarni mikrobiologik sintez yo'li bilan ajratib olish

Fermentlarni mikrobiologik sintez yo'li bilan ajratib olish

O'quvchilarga / Kimyo
Fermentlarni mikrobiologik sintez yo'li bilan ajratib olish - rasmi

Material tavsifi

Fermentlarni mikrobiologik sintez yo'li bilan ajratib olish Reja: 1. Fermentlarning umumiy tavsifi 2. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan fermentlar 3. Ferment produsentlarini o'stirish 1. Fermentlarning umumiy tavsifi Organizmda kechadigan hamma hayotiy jarayonlarning moddiy asosini minglab fermentlar yoki enzimlar tomonidan katalizlanadigan kimyoviy reaksiyalar tashkil qiladi. Fermentlar hozirgi kunda fanning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan makromolekulalar sifatida ma'lum bo'lib bormoqda. Toza holda ajratib olingan fermentlardan foydalangan holda murakkab birikmalarning, jumladan organizmning tarkibida uchraydigan ba'zi oqsillar va nuklein kislotalarning strukturalarini aniqlashga erishildi. Fermentlarning amaliy ahamiyati ham kattadir. Vino ishlab chiqarish, non pishirish, pishloq, spirt, choy, aminokislotalar, vita'minlar, antibiotiklarni sanoat miqyosida ishlab chiqarish fermentativ jarayonlardan samarali foydalanishga asoslangan. Tibbiyot va qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan-dorivor moddalar, o'simliklarning o'sish stimulyatorlari va boshqa fiziologik faol moddalarning ta'sir etishi u yoki bu fermentlarning faollashuvi yoki ingibirlanishi bilan bog'liqdir. Fermentlar katalizlaydigan reaksiyalarini e'tiborga olgan holda 6 ta sinfga bo'linadi: 1. Oksireduktazalar. Bu sinfga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini katalizlovchi fermentlar kiradi. Ularga yaqqol misol sifatida degidrogenazalar-vodorod atomini ko'chiruvchi fermentlarni keltirib o'tish mumkin. 2. Transferazalar. Bu sinf vakillari alohida funksional guruhlarni molekulalararo ko'chirish reaksiyalarini katalizlaydi. Masalan, metil guruhni-metiltransferaza, amino guruhni-aminotransferaza, karboqsil guruhni-karboksitransferazalar ko'chirish reaksiyalarini katalizlaydi. 3. Gidrolazalar. Bu sinfga mansub fermentlar molukulalar ichidagi bog'larni suv ishtirokida gidrolizlaydi. Ular jumlasiga fermentlarning katta guruhi, jumladan oshqozon-ichak traktining fermentlari: esteraza, fosfataza, peptidaza va boshqalar kiradi. 4. Liazalar. Bu sinf vakillari nogidrolitik yo'l bilan qo'sh bog' hosil bo'lish reaksiyalarini katalizlaydi. Bularga yaqqol misol sifatida dekarboqsilaza va boshqalarni keltirish mumkin. 5. Izomerazalar. Bu fermentlar substratlarni o'zaro almashinuvini katalizlaydi. Masalan L-izomeri D-izomerga, glyukozani fruktozaga aylanishini katalizlaydi. 6. Ligazalar yoki sintetazalar. Bu fermentlar xilma xil sintezlanish reaksiyalarini katalizlaydi va bu reaksiyani makroergik birikmalar energiyasi evaziga amalga oshiradi. 2. Sanoat miqyosida ishlab chiqariladigan fermentlar Dastlab sanoat miqyosida mikrob fermentlaridan foydalanish 90 yildan oldinroq yo'lga qo'yilgan edi. Amaliyotda foydalaniladigan ko'p fermentlar gidrolazalar sinfiga mansub, chunki ularni sanoat biotexnologiyasi yo'li bilan ajratib olish yo'lga qo'yilgan. Umumiy ishlab chiqariladigan va amaliyotda foydalaniladigan fermentlarning 99 % ulushi 16 ta preparat hisobiga to'g'ri keladi. Ulardan ba'zilarini ko'rib chiqamiz. Amilolitik fermentlar jumlasiga alfa-amilaza, beta-amilaza, glikoamilazalar kiradi. Ularning ta'siri kraxmal va glikogenni gidrolizida namoyon bo'ladi. Kraxmal oldin ancha oddiy polisaharidlar-dekstrinlargacha, keyin esa maltoza va glyukozagacha parchalanadi. Alfa-amilaza alfa-1,4-glyukan bog'lanishni gidrolizlasa, beta-amilaza molekulaning oxiridan birin-ketin maltoza molekulalarini uzib oladi. Glyukoamilaza esa molekulaning oxiridan glyukoza molekularini uzib olib parchalaydi. Bu fermentlar spirt va non ishlab chiqarish sanoatida keng foydalaniladi. Proteolitik fermentlar ham gidrolazalarga kirib, peptidgidrolazalarning kenja sinfini hosil qiladi. Ularning ta'siri oqsil va peptidlardagi peptid bog'larini gidrolizini katalizlashda namoyon bo'ladi. Ularning o'ziga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 107.79 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 107.79 KB
Ko'rishlar soni 94 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga