Fizik kimyo

Fizik kimyo

O'quvchilarga / Kimyo
Fizik kimyo - rasmi

Material tavsifi

Fizik kimyo Reja: Sirt taranglik Molekulalarning qutblanishi Molyar refraksiya Kalorimetriya. Sirt taranglik Suyuqlikning tushayotgan tomchisi eng kam sirtga ega bo'lgan shaklda (shar) bo'ladi. Suyuqlik sirti qobig' kabi bo'lib, u suyuqlikni siqishga harakat qiladi. Suyuqlik sirtida bunday qobig'ning (parda) hosil bo'lishi quyidagicha tushuntiriladi. Aytaylik suyuqlik ichida molekula A bor (1 - rasm). Uning atrofida sfera chizamiz. Uning radiusi molekulani atrofidagi boshqa molekulalari bilan o'zaro tortishish kuchi sezilarli bo'lgan masofaga teng. Bu o'zaro teng kuchlar barcha yo'nalishda simmetrik ta'sir qilganliklari uchun, ularni teng kuchi no'lga teng bo'ladi. Boshqa holatda B molekula bor. Suyuqlik molekulalari tomonidan ta'sir qilayotgan tortish kuchi zarrachaga suyuqlikdan tashqarida ta'sir qiladigan kuchlarga teng emas, natijada bu molekulani tortish tengkuchi suyuqlik tomonga yo'naladi, - molekula suyuqlik ichiga kirishga harakat qiladi. Suyuqlikning sirt qatlamidagi barcha molekulalar shu holatda bo'ladi, natijada suyuqlikda uning sirt qatlamiga normal yo'nalgan ichki bosim hosil bo'ladi. Suyuqlik sirtida molekulalararo kuchlar bilan muvozanatlanmagan molekulalarni bo'lishi sirt qatlamda kamayishga intilayotgan erkin sirt energiyani hosil qiladi. Suyuqlik sirtida sirt taranglikka ega parchda hosil bo'ladi. Suyuqlik sirtini oshirish uchun, yani uning sirt taranligini engish uchun, malum miqdorda ish sarflash kerak. Suyuqlik sirtini 1 sm2 ga oshirish uchun talab qilinadigan ish, sirt energiyasi o'lchovi hisoblanadi va u sirt taranglik koeffitsiyenti yoki sirt tarangligi deyiladi. Sirt taranglikni nafaqat sirt birligiga to'g'ri keluvchi ish deb, balki sirtni chegaralovchi chiziqning uzunlik birligiga to'g'ri keluvchi kuch deb ham qarash mumkin. Qaysi ta'rifdan foydalanishga bog'liq holda sirt taranglikni 1 m2 ga Joullarda yoki 1 m ga Nyutonlarda ifodalash mumkin. Ularni son qiymatlari mos keladi. Agar suyuqlik kapillyar devorlarini namlab ko'tarilsa, bu ko'tarilish sirt taranglik natijasida sodir bo'ladi. Bunda suyuqlik devorlarni namlab sirt tarangligini oshiradi, u esa sirtni kamaytirishga intiladi. Sirti kamayishi suyuqlikni ko'tarilishi evaziga sodir bo'ladi. Erigan moddalar suyuqliklarni sirt tarangligini o'zgartiradi. Bazi moddalar kamaytiradi - ular sirt - aktiv yoki kapillyar - aktiv, - bazilari esa oshiradi - ular sirt - noaktiv moddalar deyiladi. Sirt - aktiv va sirt - noaktiv moddalarning eritma sirtidagi va ichidagi kontsentratsiyalari turlicha bo'ladi. Sirt aktiv moddalar kontsentratsiyasi sirt qatlamda baland bo'ladi, sirt noaktivlar esa eritma ichida ko'p bo'ladi. Eritmani sirt qatlami bilan ichki qismida moddalar kontsentratsiyasini turlicha bo'lish jarayoni adsorbtsiya deyiladi. Suvni sirt tarangligini sezilarli kamaytiruvchi sirt aktiv moddalarga ko'pgina oraniq birikmalar kiradi; spirtlar, aldegidlar, ketonlar, kislotalar. Yog' kislotalarini gomologik qatorida uglerod zanjiri uzunligi oshishi bilan mos ravishda sirt aktivligi oshib boradi, aniqroq aytganda zanjir bir SN2 ga oshganda sirt aktivlik 3,2 marta oshadi. MOLYeKULALARNING QUTBLANIShI MOLYeKULALARNING QUTBLANISh QONUNLARI Molekula ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.52 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.52 KB
Ko'rishlar soni 91 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga