Fizik kimyoning vujudga kelishi va rivojlanishi rivojlanishi. Bu fanning biotexnologiyasi, chorvachilikdagi ro'li va ahamiyati Reja: 1. Kimyoviy hodisalarni tushuntirish 2. Ideal gazlar holat tenglamasi 3. Fizik kimyo anorganik, organik va analitik kimyo Fizik kimyo - kimyoviy hodisalarni tushuntirish va ularning qonunlarini fizikaning umumiy prinsiplari asosida aniqlab berish bilan shug'ullanadigan fan sohasi. Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kataliz, sirt hodisalari, eritmalar, kvant kimyosi haqidagi ta'limotlar, molekulalar, ionlar, radikallarning tuzilishi va xossalari to'g'risidagi ta'limotlar Fizik kimyoning asosiy bo'limlari hisoblanadi. Fizik kimyo deyarli mustaqil bo'lim sifatvda elektrokimyo, fotokimyo, kristallokimyo, radiatsion kimyo, fizik kimyoviy analiz kabi bo'limlarni ham o'z ichiga oladi. 1840-yilda G.I.Gess Fizik kimyoning asosiy krnunlaridan biri - kimyoviy o'zgarishlarda issiqlik yig'indisining doimiyligini kashf kildi. 19-asr o'rtalarida P Bertlo va daniyalik termokimyogar X.Tomsen reaksiya issiqliklari haqidagi tasavvurlari bilan Fizik kimyoga katta hissa qo'shdilar. Nemis olimi V. Ostvald 1887-yil Leypsig universitetida ilk bor Fizik kimyo kafedrasini tashkil qildi. Fizik kimyo 19-asr oxirlarida mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Fizik kimyoning 19-asrning 2yarmi va 20-asr boshlarida rivojlanishining o'ziga xos tomoni makroskopik, ya'ni bevosita tekshirilayotgan sistema va jarayonlarni o'rganishdan iborat bo'ldi. Ideal gazlar holat tenglamasi uzilkesil aniklab berildi (B. Klapeyron, S.I.Mendeleyev). Termodinamika qrnunlari kimyoviy va fazalar muvozanatlariga tatbiq etildi (J.Gibbs, Ya.VantGoff, V.Nernst, A.Le Shatelye, N.S.Kurnakov, G.Tamman), makroskop ik kinetika asoslari (K.Guldberg, P.Vaage, N.I.Beketov, Ya.VantGoff) ishlab chiqildi, reaksiyaning aktivlanish energiyasi haqidagi tasavvur kiritildi (S. Arrenius). M.Faradey asos solgan kataliz haqidagi tasavvur yanada rivojlantirildi. Adsorbsiyaning asosiy krnunlari ta'riflab berildi (J.Gibbs). Suyultirilgan eritmalarning termodinamik nazariyasi olg'a suriddi (F.Raul', Ya.VantGoff, S.P.Konovalov). Elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi yaratildi (S.Arrenius). Galvanik elementlar uchun elektrod potensiallari tushunchasi kiritildi (V. Nernst). Fizik kimyoningshutaraqqiyot bosqichida qo'lga kiritilgan tadqiqot natijalari sanoatga tatbiq etildi (ammiak sintezi, tuz qazib olish, ba'zi metallurgiya jarayonlari, haydash, rektifikatsiya va boshqalar). 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida tibbiyot fanlari sohasidagi yirik kashfiyotlar - rentgen nurlari, elektron, radioaktivlik hodisasining ochilishi, spektroskopiyaning rivojlanishi Fizik kimyoning yangi bosqichi uchun zamin bo'ldi. Elektronlarning atom va molekulalarda harakatlanishi qonunlarining (kvant mexanika krnunlari) ochilishi kvant kimyosining paydo bo'lishiga olib keldi, bu o'z navbatida, kimyoviy bog'lanish, valentlik, kimyoviy birikmalarning tuzilishini yangicha talqin qilib berishga imkoniyat tug'dirdi. Fizik kimyo turli fizikaviy eksperimental tadqiqot usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalarning molekulyar mexanizmini mufassal tushuntirib berdi. Fizik kimyo anorganik, organik va analitik kimyo sohasidagi tadqiqotlar uchun xam, kimyoviy texnologiyaij ishlab chiqarish uchun ham nazariy asos bo'dsi. 20-asrning 50- 70-yillarida Fizik kimyoning ko'pgina sohalari tez rivojlandi va molekulalar, ionlar, radikallarning turli fizikkimyoviy jarayonlardagi tabiatini muftassal o'rganadigan yangi yo'nalishlar vujudga keldi. Dissotsiatsiya, ionizatsiya va fotoionizatsiya energiyasi tadqiq qilindi. Elektr razryadlaridagi reaksiyalar, ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
480.28 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
480.28 KB
Ko'rishlar soni
95 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: pptx