Flavanoidlar. Tasnifi. Xossalari. Tibbiyotda ishlatilishi. Flamin, rutin, kversetin olish texnologiyalari

Flavanoidlar. Tasnifi. Xossalari. Tibbiyotda ishlatilishi. Flamin, rutin, kversetin olish texnologiyalari

O'quvchilarga / Kimyo
Flavanoidlar. Tasnifi. Xossalari. Tibbiyotda ishlatilishi. Flamin, rutin, kversetin olish texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Flavanoidlar. Tasnifi. Xossalari. Tibbiyotda ishlatilishi. Flamin, rutin, kversetin olish texnologiyalari Reja: 1. Flavonoidlar tasnifi. 2. Flavonoidlar xossalari 3. Flavonoidlar miqdoriy va sifat analizi. 4. Flavonoidlar ishlatilishi. 5. Flamin olish texnologiyasi 6. Rutin olish texnologiyasi 7. Kversetin olish texnologiyasi Flavanoidlar tasnifi Flavonoidlar deb, benzo - - piron - (xromon) unumi va asosida S6-S3-S6 uglerod atomlaridan tashkil topgan fenil propan skeleti bo'lgan tabiiy birikmalarning katta guruhiga aytiladi. O'simliklardan ajratib olingan birinchi flavonoid sariq bo'lgani uchun xam bu guruh birikmalarga flavonoidlar (lotincha flavum - sariq degan so'zdan olingan) deb nom berilgan. Tasnifi. Flavonoidlar flavon molekulasidagi V halqaning oksidlanish darajasiga qarab quyidagi guruhlarga bo'linadi: 1. Flavonlar - flavonoidlarning yuqori oksidlangan birikmasi flavon unumlari bo'lib, ularning V halqasidagi 2- va 3-uglerod atomlari o'rtasida qo'shbo bo'ladi. Flavonlar rangsiz yoki sariq rangli birikmalardir. 2.Flavonollar -3- oksiflavon (flavon- molekulasidagi 3-uglerod atomida gidroqsil -ON guruhi bo'ladi) unumlari. Bu birikmalar ranggi sariq bo'ladi. 3. Flavanonlar - flavanon (V halqadagi 2- va 3-uglerod atomlari o'rtasida qo'sh bo bo'lmaydi) unumlari. Rangsiz birikma. 4. Flavanonollar - 3 oksi flavanon (flavanon molekulasining 3-uglerod atomida -ON guruhi bo'ladi) unumlari. Bu birikmalar xam rangsiz. 5. Antotsianidinlar. - qaytarilgan benzo--piron-flavan (2-fenil xroman) unumlari bo'lib, V halqadagi 3- va 4- uglerod atomlari o'rtasida qo'sh bo bor. Bu birikmalar gullar va mevalarning turli rangga bo'yalishining sababchisi hisoblanib, odatda o'simliklarda oksoniy yoki karboniy tuzlari (xam ishqorlar, xam kislotalar bilan tuz hosil qiladi) xolida bo'ladi. 6. Leykoantotsianidinlar (3,4-flavandiollar) - katexinlarga yaqin, rangsiz birikma. Ular antotsianidinlarning qaytarilgan formasi bo'lib, kislotalar bilan qizdirilsa, rangli antotsianidinlarga aylanadi. Bu birikmalar o'simliklarda sof holda uchraydi. 7. Katexinlar. - qaytarilgan benza Y- piran - flavanning unumlari bo'lib, V halqada doimo gidroksid -ON- guruhi saqlanadi. Katexinlar rangsiz birikmadir. 8. xalqonlar - xalqon unumlari, sariq yoki zaraldo rangli birikmalar. xalqonlarda piron halqasi bo'lmasdan, ularni flavanonlarning izomeri deb qarash mumkin. 9. Auronlar - auron unumlari, sariq yoki zaraldo rangli birikmalar, V halqasi 5 a'zoli bo'ladi. Ba'zi flavonoidlar molekulasidagi S halqasi (fenil radikali) 2-uglerod atomiga emas, balki 3-uglerod atomiga birlashgan bo'ladi. Bunday birikmalar izoflavonlar deb yuritiladi. Fizik va kimyoviy xossalari O'simliklardan ajratib olingan sof xoldagi flavonoidlar (glikozidlar va aglikonlar) rangsiz yoki zaraldoq va sariq rangli kristall moddadir. Flavonoidlarning glikozidlari spirtda yaxshi, sovuq suvda yomon eriydi, efir, xlorofm va boshqa organik erituvchilarda erimaydi, aglikonlari esa spirt, efir va atsetonda yaxshi erib, suv sovigandan so'ng qaytadan cho'kadi. Antotsianlar va ularning aglikonlari - antotsianidinlar rangi eritma (yoki hujayra shirasining) rN sharoitiga boliq. Odatda bu guruh birikmalar kislotali sharoitda qizil, pushti, zaraldoq, ishqoriy sharoitda esa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.03 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.03 KB
Ko'rishlar soni 97 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga