Flavonoidlar

Flavonoidlar

O'quvchilarga / Kimyo
Flavonoidlar - rasmi

Material tavsifi

Flаvоnоidlаr Reja Flаvоnоidlаr klаssifikаtsiyasi. Flаvаnоidlаrning tаbiаtdа uchrаshi. Flаvаnоidlаrni tахlil qilish usullаri. Flаvаnоidlаrning biоlоgik rоli. Flavonoidlar deb, benzo - y - piron - (xromon) yoki benzopiran (xroman) hosilasidan tashkil topgan tabiiy birikmalarning katta guruhiga aytiladi. Benzo-γ-piron (xromon) Flavonoidlarni benzo -  - piron - (xromon) yoki benzopiran (xroman) ning 2-uglerodidagi bitta vodorod atomi fenil guruhga almashgan hosilalari deb qarash mumkin. Flavon (2-fenilxromon) Benzopiran (xroman) Flavan (2-fenilxroman) Prоyektsiоn fоrmulalar Flavonoidlarning klassifikatsiyasi Izoflavonlar Flavonollar Antotsianidinlar Leykoantotsianidinlar Katexinlar Flavonlar Flavanonlar Flavanonollar Xalkonlar Auronlar Flavonlar Flavonollar Flavanonlar Flavanonollar Izoflavonlar Antotsianidinlar Lеykoantotsianidinlar (3,4-flavandiollar) Katеxinlar Xalkonlar Auronlar Flavonoidlarning fizik va kimyoviy xossalari O'simliklardan ajratib olingan sof holdagi flavonoidlar (glikozidlar va aglikonlar) rangsiz yoki zarg'aldoq va sariq rangli kristall moddadir. Flavonoidlarning glikozidlari spirtda yaxshi, sovuq suvda yomon eriydi, efir, xloroform va boshqa organik erituvchilarda erimaydi, aglikonlari esa spirt, efir va atsеtonda yaxshi erib, suv sovigandan so'ng qaytadan cho'kadi. Antotsianlar va ularning aglikonlari - antotsianidinlar rangi eritma (yoki hujayra shirasining) pH sharoitiga bog'liq. Odatda bu guruh birikmalar kislotali sharoitda qizil, pushti, zarg'aldoq, ishqoriy sharoitda esa binafsha, ko'k va zangori rangda bo'ladi. UB va ko'k-binafsha nurlar ta'sirida flavonoidlar turli rang bilan tovlanadi. Bu tovlanish ularning molеkulasidagi B halqasining oksidlanish darajasiga va molеkulaga joylashgan funksional guruhlarning soni va o'rnashgan joyiga bog'liqdir. Flavonoidlar UB nur ta'sirida jigarrang va to'q jigarrang (masalan, rutin va boshqa flavonoidlar), to'q qizil (taksifolin), sariq (kvеrtsеtin, auronlar va ko'pchilik flavonoidlar), yashil-sariq (aurеuzidin va boshqa auroinlar), to'q yashil va zarg'aldoq (ksantonlar) va boshqa ranglar bilan tovlanadi. Ko'pchilik flavonoidlar optik aktiv bo'lib, qutblangan nur tеkisligini o'ngga yoki chapga og'diradi. Flavonoidlarning glikozidlari suyultirilgan kislotalar ta'sirida gidrolizlanadi. O-glikozidlari C-glikozidlariga qaraganda ancha oson gidrolizlanadi. C-glikozidlarni ancha qattiq sharoitda ham gidrolizlash qiyin. Flavonoidlarni tahlil qilish reaksiyalari Ammiak va ishqor eritmalari bilan o'zaro ta'sirlashganda flavonlar, flavononlar, flavonollar, flavononollar sariq rang hosil qiladi. Qizdirilganda bu rang apelsin yoki qizil rangga o'tadi. Xalkonlar va auronlarda esa qizil rangga bo'yaladi. Toza katexinlar rang bermaydi, lekin tarkibida oksidlanish mahsulotlari bo'lsa sariq rangga bo'yalib ketadi. Bu reaksiya bilan flavonon va xalkonlar tahlil qilinadi, chunki ishqorlar ta'sirida flavononlar xalkonlarga aylanadi. Dimrot reaktivi (bor kislotasining sirka angidriddagi to'yingan eritmasi) o'simlik ekstraktiga 100-110 C da ta'sir ettirilsa, eritmaning sariq, to'q sariq ranglarga bo'yalishi 5-oksiflavonollar va ularning metil efirlari borligini bildiradi. Bor kislotasini 3-5% li suvdagi eritmasi xona haroratida o'simlik ekstraktiga ta'sir ettirilsa, hamma flavonoidlar va dioksi guruhi bo'lgan boshqa polifenollar oqish yoki sarg'ish cho'kma hosil qiladi. Bor kislotasini asetondagi eritmasi xona haroratida o'simlik ekstraktiga ta'sir ettirilsa, eritma sariq rangga bo'yalishi 5-oksiflavonlar borligini ifodalaydi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 335.42 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 23:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Kimyo
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 335.42 KB
Ko'rishlar soni 145 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga