Flotatsion mashinalar Reja: Flotatsion mashinalarga qo'yiladigan talablar Bo'tanani aeratsiyalash jarayoni Flotatsion mashinalar tasnifi Mexanik flotatsiya mashinalari Pnevmatik flotatsion mashinalar Pnevmomexanik flotatsion mashinalar Flotatsiyada ho'llaniladigan yordamchi dastgohlar Flotomashinalarning hajmini hisoblash Flotatsion mashinalarga qo'yiladigan talablar Flotatsion mashinalar deb, flotatsiya jarayoni o'tkaziladigan dastgohlarga aytiladi. Ularda havo pufakchalari hosil bo'ladi, pufakchalarga suvyuqmas minerallar yopishib, bo'tananing yuqori qismida ko'pik holda to'planadi va flotomashinadan chiqariladi. Flotatsiya jarayonida boyitma va chiqindi deb ataluvchi mahsulotlar olinadi. Flotomashinalarga quyidagi talablar qo'yiladi: Katta tezlik va tanlovchanlik bilan flotatsiyalanuvchi gidrofob mineralni minerallashgan ko'pik holda ajratib olish; Unumdorligi yuqori, elektr-energiyani kam sarflash; Eksplutatsiyaga qulay va ishonchli bo'lish; Yuqori dispers pufakchalarni hosil qilish va kamera hajmida ularni teng tarqalishini ta'minlash; Flotomashinani konstruksiyasi talab qilingan flotatsiya tizimini o'tkazishga imkon berishi kerak. Bundan tashqari, flotakameraning pastki qismida pufakcha bilan zarrachalarni maksimal to'qnashishiga imkon yaratish uchun bo'tanini shiddatli aralashtirish, o'rta qismida minerallashgan pufakchalarni erkin harakatini va ulardan zarrachalarni to'qilib ketmasligini taminlovchi sokin oqim hosil qilish hamda kameraning yuqori qismida (ko'pik osti mintaqasida) bo'tana minimal harakatda bo'lishi kerak. Ko'pik malum vaqt bo'tana yuzasida sokin tursa boyitmani qo'shimcha miqdorda boyishini ta'minlaydi, chunki ko'pikdan gidrofil zarrachalar sirg'anib tushib, bo'tanaga o'tadi. Bo'tanani aeratsiyalash jarayoni Bo'tanani aeratsiyalash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: havo pufakchalarini hosil qilish, qisman pufakchalarning o'zaro qo'shilishi (koalestsensiya) va ularni bo'tanada harakatlanishi. Pufakchalarni hosil qilish uchun havo oqimiga (struya) mexanik ta'sir qilish, havoni kichik teshikchalardan o'tkazish, suvda erigan gazlarni ajratib chiqarish (vakuumda) va suvni elektrolizlash usullari ho'llaniladi. Muhitga mexanik ta'sir qilib havoni parchalash, suvda harakatlanayotgan havo oqimining sirtida quyun hosil bo'lib, oqimni alohida pufakchalarga bo'linib ketishiga sabab bo'ladi. Bo'linish tezligi va hosil bo'lgan pufakchalar o'lchamining kichikligi, oqimning suvga nisbatan tezligiga va chegara sirt tarangligi qiymatining kichikligiga mutanosib bo'ladi. Flotamashinalarda impellerni kuchli aylanishi natijasida oqimdagi turbulent quyun harakatini shiddati oshib ketadi. Bu esa nafaqat havo oqimini uzilishiga, hatto suv oqimini uzilishiga sabab bo'luvchi bir nechta yo'nalishdagi har xil kuchlar paydo bo'lishga olib keladi. Hosil bo'lgan yirik pufakchalar parchalanib, kichik o'lchamli pufakchalar, paydo bo'ladi. Kichik o'lchamli pufakchalar hosil bo'lishiga ko'pik hosil qiluvchi reagentlar ham yordam beradi. Bo'tanaga havo oqimini berish har xil konstruksiyali impellerlar yordamida bajariladi. Mexanik turdagi flotamashinalarda hosil qilingan pufakchalar diametri 0,40,8 mm atrofida bo'ladi. Eritmadan ajralgan gazlar hisobiga pufakchalar hosil qilish, bo'tanada bosimni kamayishi hisobiga yuz beradi. Malumki, gazlarning eritmada (suvda) eruvchanligi gaz bosimiga bog'liq. Bo'tanada bosimni kamayishi gazni eruvchanligini kamaytiradi va unda erigan ortiqcha gazlar ajralib chiqa boshlaydi. Bo'tanadagi bosimni kamaytirish quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: bo'tana, quyun harakat qilayotganda quyun o'qida bosim kamayadi va gazlar suv bug'i ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
594.89 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
594.89 KB
Ko'rishlar soni
80 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: doc