Flotatsiya usulida boyitish texnologiyalari Reja: Nodir metallar rudalarining flotatsiyasi Sulfidli rudalarning flotatsiyasi Misli rudalarning flotatsiyasi Rangli metallar oksidli va aralash rudalarining flotatsiyasi Misli oksidli va aralash rudalar Qo'rg'oshinli oksidli va aralash rudalar Nodir metallar rudalarining flotatsiyasi Nodir metallarga oltin, kumush, platina va platinoidlar kiradi. Bunday metallar rudalarini flotatsiya usulida boyitish o'ziga hos xususiyatlarga ega. Hozirgi vaqtda ko'pgina oltin saralash fabrikalarida sulfidli minerallari bo'lgan rudalar qayta ishlanmoqda. Bunday rudalarda oltin qisman sulfidlar bilan bog'langan holda, qisman esa erkin holda uchraydi. Ko'p hollarda bunday rudalar qaysar rudalar turiga kiradi. Zamonaviy oltin ajratish fabrikalarida bunday rudalar flotatsiya usulida boyitiladi. Shuni takidlash lozimki 90 % dan ortiq oltin ajratish korxonalari flotatsiya usulini ho'llaydi. Bunga sabab, sulfidli rudalardan oddiy sinillash usulini ho'llab oltinni ajratib bo'lmaydi. Oltinni ajratishda flotatsiya usulining xususiyati shundan iboratki, u boyitmaga faqat erkin xoldagi oltinni emas, balki sulfidlar bilan bog'langan oltinni xam ajratib beradi. Shuning uchun ko'pincha oltinning flotoboyitmaga ajralishi yuqori, flotatsiya chiqindilari esa kam miqdorda oltin saqlab, ularni chiqindilar maydoniga jo'natish mumkin. Ayrim hollarda flotatsiya usulida boyitish oltin saqlovchi boyitmada hamma oltinning yig'ilishiga imkoniyat bermaydi. Shunday bo'lsa ham bu holda flotatsiyani ho'llash maqsadga muvofiq, chunki u oltinning sinillash, gravitatsion boyitish, amalgamatsiya usullari bilan ajratib bo'lmaydigan qaysarroq qismini boyitmaga o'tkazishga imkon beradi. Olingan flotoboyitma maxsus ravishda qayta ishlanadi, bu esa rudaning butun massasini qayta ishlashdan arzonroq. Oltinni flotatsiya chiqindisidan sinillash orqali ajratib olinadi. Oltinli rudalarni flotatsiya usulida boyitishda bir vaqtning o'zida ham sulfidli minerallarning, ham erkin holdagi oltinning flotatsiyasi sodir bo'ladi. Oltinning o'zi esa o'ziga xos fizik-kimyov xossalarga ega bo'lib, ular uchun sulfidli va boshqa minerallarning flotatsiyasiga nisbatan boshqa sharoitlar talab qilinadi. Oltinli va boshqa oltinli minerallarning flotatsiyasida sulfgidril to'plovchilar: ksantogenatlar (butil, amil, etil ksantogenatlari) va aeroflotlar ishlatiladi. Oltinning yuzasida to'plovchi reagent biroz vaqt suv yoki havo bilan to'qnashgandan keyin o'rnashadi. Suvdagi kislorodning kontsentratsiyasi ortishi bilan to'plovchi qavatining zichligi ortadi. Flotatsion bo'tanada tsianid, natriy sulfidi, ishqor, natriy sulfati, mis kuporosi kabi reagentlar uchrab turadi. Ular oltinning flotatsiyasini ozmi-ko'pmi susaytiradi. Eng kuchli so'ndiruvchi - natriy sulfidi. Uning eritmadagi kontsentratsiyasi 0,1 gl bo'lganda ksantogenatning oltin yuzasidagi adsorbtsiyasi to'liq to'xtaydi. Bundan tashqari, natriy sulfidi oltinning yuzasi bilan kimyoviy ta'sirlashib, oltinning sulfidini hosila qiladi. Eritmaning rN i ortishi bilan ksantogenatning oltinga adsorbtsiyalanishi va flotatsiyalanishi kamayadi. Lekin pasayish darajasi ishlatilayotgan ishqorning turiga bog'liq. Ohak eng kuchli ta'sir etadi, soda va ayniqsa ishqor esa oltinning flotatsiyasini kamroq susaytiradi. Kislotali muhitda oltinning flotatsiyalanishi neytral muhitdagiga nisbatan kamroq. Bu eritmaning rN i kamayishi bilan ksantogenatning adsorbtsiyasi kamayadi. Odatda oltinning va ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.03 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
63.03 KB
Ko'rishlar soni
125 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: doc