Flotoreagentlar Reja: Flotoreagentlarning tasniflanishi va ularning vazifalari Mineral yuza va havo pufakchalariga reagentlarni shimilib olish shakllari Reagentlarning havo pufakchalariga so'rilishi To'plovchi reagentlarlar Ko'pik hosil qiluvchi reagentlar So'ndiruvchi reagentlarlar Faollashtiruvchi reagentlarlar Muhitning moslovchilari Peptizatorlar Flotatsiyada minerallashgan pufakchalarni hosil bo'lishi Flotatsiyaga zarracha o'lchamining ta'siri Flotatsiya jarayonining kinetikasi Flotatsiyalash jarayonida ko'piklar Flotatsion ko'piklarning tuzilishi Ko'pikning turg'unligi Flotatsion ko'piklarni parchalash Flotatsiyaning boshqa turlari Flotoreagentlarning tasniflanishi va ularning vazifalari Flotoreagentlar - flotatsiya usuli bilan mineral zarrachalarni saralashda yuqori tanlovchanlikni, barqarorlikni, samaradorlikni va flotatsiya jarayonini tezlashtirishni taminlovchi moddalardir. Flotoreagentlarning tarkibi xilma-xil bo'lib, ularning vazifasi ham turlichadir. Flotoreagentlar vazifalariga qarab uch toifaga bo'linadi: To'plovchilar (sobirateli, kollektori) - malum mineral zarrachalar yuzalari bilan tanlab reaksiyaga kirishib (ta'sir etib), ularni suv yuqmasligini oshiruvchi organik moddalardir. Suv yuqmasligi (gidrofobnosti) oshgan mineral zarracha havo pufakchaga yopishib, dastgohning yuqori qismiga ko'tarilib chiqadi va ko'pik holda to'planadi. Ko'pik hosil qiluvchilar (penoobrazovateli) - suv- havo chegara sirtlarida to'planib, havo pufakchalarini mayda (dispers) holda ushlab turuvchi va bu mayda pufakchalarni birbiriga qo'shilib yiriklashiga to'sqinlik qiluvchi, sirt faol moddalardir. Ko'pik hosil qiluvchilar o'zlariga minerallarni yopishtirib olib bo'tana yuzasiga ko'tarilayotgan pufakchalarni mustahkamligini, barqarorligini oshirishga xizmat qiladi. Moslovchilar (regulyatori). Bu toifadagi reagentlar faqat ko'pikka o'tishi kerak bo'lgan mineral yuzalarini yig'uvchi reagentlar bilan reaksiyaga kirishiga tayyorlab beruvchi va jarayonni tanlovchanligini oshirishga xizmat qiluvchi moddalardir. Moslovchi reagentlar o'z navbatida faollashtiruvchi, (aktivatori) taziqlovchi (deprossori) va muhitni sozlovchi guruhlarga bo'linadilar. Mineral yuza va havo pufakchalariga reagentlarni shimilib olish shakllari Mineral yuza va havo pufakchalariga reagentlarni yopishib olishi so'rilish (sorbtsiya) hodisasi negizida yuz beradi. So'rilish jarayoni fizikaviy yoki kimyoviy bo'lishi mumkin. Fizikaviy va kimyoviy sorbtsiyalarni o'zaro umumiyligi va birbiridan farqi bo'lib, suvda erigan reagentlarni qattiq faza yuzasiga so'rilishi (adsorbtsiya) fizikaviy so'rilishdan kimyoviy so'rilishga yoki kimyoviy so'rilishdan fizikaviy so'rilishga o'tib turishi mumkin. Fizikaviy va kimyoviy so'rilishning umumiyligi shundan iboratki, jarayonlar o'z-o'zidan amalga oshadi va sistemaning erkin energiyasini kamayishi, yani jarayon malum miqdorda issiqlik ajralib chiqishi bilan boradi. Fizikaviy va kimyoviy so'rilishning bir-biridan farqi shundan iboratki, fizikaviy so'rilishda yutiluvchi modda bilan yutuvchi moddani (qattiq jism durlik panjarasini) ikkita alohida sistema deb qaraladi, chunki bunda elektron almashuv jarayoni bo'lmaydi. Yutiluvchi moddani qattiq jism durlik panjarasiga o'rnashib olishi molekulalararo tortishish kuchi hisobiga yuz beradi. Kimyoviy so'rilishda esa, energiyaga nisbatan yutiluvchi va yutuvchi moddalarni butun bir sistema deb qarash mumkin, chunki bunda elektron almashuv hodisasi yuz beradi. Qo'shimcha qilib, quyidagilarni aytish mumkin: Fizikaviy so'rilishda ajralib chiqqan issiqlik miqdori ozroq, mutanosib ravishda kuchsiz bog'lanish bo'ladi (qattiq faza yuzasiga so'rilgan reagentni suv bilan osongina yuvib tashlash mumkin). Qattiq faza yuzasida ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
359.69 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
359.69 KB
Ko'rishlar soni
93 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: doc