Foiz konsentratsiyali eritmalariga oid masalalar yechish Reja: Kirish: Ta'lim to'g'risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari. II. Asosiy qism: II. 1. Konsentratsiya haqida umumiy ma'lumot. II. 2. Foiz konsentratsiya II. 3. Foiz konsentratsiyaga oid masalalar ishlash. II. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Ta'lim O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e'lon qilinadi. Ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta'limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o'rta, shuningdek o'rta maxsus, kasb hunar ta'limining majburiyligi o'rta maxsus, kasb hunar ta'limining yo'nalishini: akadmik litseyda yoki kasb hunar kollejida o'qishning tanlashning ixtiyoriyligi; ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi: davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi: ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv: ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish: Ta'lim sohasida davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi. Nodavlat ta'lim muassasalari ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkridatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muofiq to'xtab qo'yishga haqli. Nodavlat ta'lim muassasalariga qabul davlat o'quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bolalarning ota- onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o'rta maxsus, kasb hunar ta'limi olishlari uchun javobgardirlar. Barcha eritmalar erigan modda va erituvchidan tashkil topgan bo'ladi, bunday muhitga moddalar molekula yoki ionlar holida bir tekis tarqaladi.eritmalar tarkibining doimiymasligi ularning mehanik aralashmalarga yaqinlashtiradi, ammo o'zining bir jinsliligi bilan ulardan farq qiladi. Erigan moddalar fazasi bilan muvozanatda bo'lgan eritma to'yingan hisoblanadi. Bular kam tarqalganligi sababli u qadar amaliy ahamiyatga ega emas. Amaliyotda to'yinmagan eritmalar, ya'ni tarkibida erigan modda konsentratsiyasi kamroq bo'lgan eritmalar ko'p ishlatiladi. Eritmalarning asosiy miqdoriy tavsifnomasi sifatida ularning konsentratsiyalardan foyadalaniladi. Masalan, osh tuzning 10% li eritmasi, kalsiy xloridning 5% li eritmasi, sulfat kislotaning 20 % li eritmasi, natriy gidroksidning 0,1 normal, kaliy gidroksidning 1 molyar eritmalari, degan tavsiflari ko'p uchrydi. Bularning hammasida bitta assosiy tushuncha - eritma konsentratsiyasi to'g'risida so'z boradi. Eritma yoki erituvchining ma'lum hajmida erigan moddaning miqdori eritmaning konsentratsiyasi deyiladi, yoki eritmaning biror hajm yoki massa birligida erigan modda miqdorini ko'rsatuvchi kattalik eritmaning konsentratsiyasi deyiladi va C - harfi bilan belgilanadi. Eritmada erigan modda konsentratsiyasi yuqori bo'lganda konsentrlangan, kam bo'lganda suyultirilgan eritma deb yuritiladi. Konsentratsiyani ifodalashning bir necha miqdoriy usullari ma'lum. 1. Foiz konsentratsiya (erigan moddaning massa ulushi (ω))- bu eritmaning 100 birlik massasida erigan moddaning massalar soni yoki grammlar soni bilan belgilanadi. 2. Molyar konsentratsiya - 1 litr eritmada erigan moddalarning mollar soni ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
80.42 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
80.42 KB
Ko'rishlar soni
140 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: docx