FOSFATLI MINERALLAR Fosfatli minerallar. Fosfatlar tarqalishi bo'yicha cho'kindi jinslar orasida nisbatan keyingi o'rinlarni egallaydi. Ularning orasida fosforitlar muhim hisoblanadi. Fosforit. Strukturasi donali, oolitli va teksturasi qatlamli yoki oqma Apatit guruhidagi minerallardan tarkib topgan, deyarli har doim organik moddalar, Ca, Mg va Fe karbonatlari, gilli minerallar, qum-alevrit o'lchamidagi bo'lakli donalar, pirit, temir gidrooksidlari, kvars, autogen opal, xalsedon, glaukonit uchraydi. Fosforitlarning rangi odatda qoramtir, kulrang, jigarrang, yashilsimon-kulrang. Toza fosforitlar oq rangga ega. Fosforitlar tarkibidagi qo'shimchalarga bog'liq holda tashqi tomondan turli cho'kindi jinslarga - qumtoshlar, gillar, ohaktoshlar va b. o'xshashi mumkin. Ularni ishonchli diagnostika qilish uchun fosforga maxsus reaksiya o'tkazish lozim. Fosforitlar asosan fosforli o'g'itlar (fosforit uni, superfosfat, pretsipitat, tomasshlak, ammofos va b.) ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Apatit - Ca5(PO4)3(OH,F,Cl). Apatao - grekcha aldayman degan ma'noni anglatadi. Odam va ba'zi hayvonlarning tishlari apatitning mikroskopik kristallaridan tarkib topgan. Rangi - rangsiz, oq, zumradsimon yashil, ko'k, qo'ng'ir, binafsha. Yaltiroqligi - shishasimon. Qattiqligi - 5, mo'rt. Sinishi nato'g'ri, kamdan-kam chig'anoqsimon. Ulanishi mukammal emas. Solishtirma og'irligi 3,18-3,21. Kelib chiqishi. Odatda yirik kristallari nordon va ishqorli pegmatitlarda aniqlangan. Undan tashqari u gidrotermal tomirli konlarda kassiterit, flyuorit va boshqa minerallar bilan yo'ldosh sifatida uchraydi. ...

Joylangan
11 May 2024 | 07:33:23
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.48 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:35
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 May 2024 [ 07:33 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
6.48 MB
Ko'rishlar soni
101 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:35 ]
Arxiv ichida: pptx